O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


ijtimoiy, “oykos” - uy, uy xo`jaligi, “nomos”



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/60
tarix16.03.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#88223
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60
d380ad7beebecac402bf5ec519e0cd12 INSTITUTSIONAL NAZARIYALAR

ijtimoiy, “oykos” - uy, uy xo`jaligi, “nomos” – qonun degan ma`noni 
anglatadi. YA`ni uy yoki ijtimoiy xo`jalik qonunlari ma`nosini beradi. 
Uning rivojlanishi quyidagi uch bosqichni o`z ichiga oladi: 
Klassik siyosiy iqtisod nomini olgan yo`nalishining 1-bosqichi 17-
asrning 2-yarmidan 18-asrning oxirlarigacha davom etgan (V.Petti, V. 
Buagilber, F.Ken`e, A.T`yurgo).
18-asr oxiri, 19-asr o`rtalarigacha davom etgan (A.Smit, 
D.Rikardo). 
19-asr o`rtalaridan oxirigacha davom etgan (J.B.Sey, T.Maltus, 
J.S.Mill va boshqalar 
1575-1621-yillarda yashab, ijod qilgan frantsuz iqtisodchisi 
Antuan Mokret`en birinchi marta 1615 yilda ―Siyosiy iqtisod traktati‖ 
nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqiyosda 
iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik 
iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma`noda moddiy 


151 
hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi 
qonunlar to`g`risidagi fandir, deb yozgan edilar.
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha 
g`oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining 
manbai nima, u qaerda va qanday qilib ko`payadi, degan savollarga 
javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi 
merkantilizm deb ataladi.
Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, 
oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda – muomala 
jarayonida paydo bo`ladi, ko`payadi, savdoda band bo`lgan mehnat 
unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib 
keldilar. Bu oqimning asosiy vakillari U.Safford (Angliya), G.Skaruffi 
(Italiya) va B. Divanzettilar hisoblanadi. 
Merkantilistlardan farqli ravishda (ular iqtisodiyotning faqat 
muomala sohasinigina tahlil etganlar), klassik maktab namoyandalari 
feodalizm 
o`rniga 
kelgan 
nisbatan 
progressiv 
kapitalistik 
munosabatlarning ichki iqtisodiy aloqalarini o`rgandilar va o`z 
taraqqiyotlarini asosan ishlab chiqarish sohasiga ko`chirdilar.
Klassik iqtisodiy maktab deganda V.pettidan boshlanadigan 
iqtisodiy tadqiqotlar tan olinadi, bu ta`limot ishlab chiqarishdagi bozor 
munosabatlarining ichki aloqadorligini o`rganadi va tahlil etadi. V.Petti 
klassik maktabning otasi va statistikaning kashfiyotchisidir.
Angliyada V.Petti, Frantsiyada P.Buagilber shu maktabning 
boshlovchilari bo`lsa, Frantsiyada shu maktabning yana bir yo`nalishi 
bo`lgan fiziokratlar vujudga keldi (F.Ken`e, A.T`yurgo) va u A.Smit, 
D.Rikardolar bilan yakunlanadi. Umumiy holda, klassik maktab 17-asr 
oxiri - 18- asr boshlarida V.Petti (Angliya) va P.Bualgilber (Frantsiya) 
asarlarida yaratildi.
V.petti 17-asrdagi Angliya Burjuaziya inqiloblaridan keyin 
kchaygan ingliz tadbirkorlar mafkurachisi sifatida tanildi. U iadbirkorlar 
mulkini, ya`ni xususiy mulkni ( xususiy mulk ayrim kishilar va 
guruhlarga tegishli bo`lib, yollanma mehnatdan foydalanib daromad 
topishga qaratilgan mulk) [30, c. 324] ―muqaddas‖ va ―daxlsiz‖ deb 
bildi va uni turlicha yo`llar bilan himoya qildi.


152 
Ish haqini cheklash tarafdori sifatida ishchilarga fizik jihatdan 
minimum haq to`lash, shu bilan birga, yangi sinfning boyishiga yordam 
berishi ni qo`lladi. U mehnatning kapital tomonidan ekspluatatsiyasini 
yoqlab chiqdi.
SHuningdek, Angliyaning mustamlakachilik siyosatini ham 
qonuniy deb hisoblagan. V.Petti kapitalga soliq solishga qarshi edi, 
chunki bu ishlab chiqarishni cheklashi mumkin edi. SHu bilan birga, u 
mehnatkashlarning daromadlaridan soliq olish tarafdori edi. U iqtisodiy 
muammolarga bag`ishlangan ―Soliqlar va yig`imlar to`g`risida risola‖ 
(1662), ―So`z donishmandlarga‖ (1665), ―Irlandiyaning siyosiy 
anatomiyasi‖ (1672), ―Siyosiy arifmetika‖ (1683) va boshqa shu kabi 
asarlarni yozdi. 
V.Petti 17-asrdagi eng taniqli shaxslar qatoridan o`rin oladi. U 
iqtisodiyotni o`rganishga yangi usulni qo`lladi, ko`rinib turgan 
voqealarni sharhlashdan ularning mohiyatini tahlil etishga o`tdi. V.Petti 
tadqiqot predmeti sifatida ishlab chiqarish sohasi muammolarini tahlil 
etdi.
Uning fikricha, boylik paydo bo`lishi va ko`payishi faqat moddiy 
ne`matlar yaratish sohasida ro`y beradi, bu jarayon savdo va savdo 
kapitalining hech qanday ishtirokisiz bo`ladi. olimning tadqiqot usulida 
empirizm elementlari (unsurlari) bo`lishiga qaramasdan (bu masalan, er 
bahosini talqin etishda ko`rinadi). Davlatning iqtisodiy faoliyatga 
aralashuvini qisman yoqlaydi (mamlakatdagi savdogarlar sonini 
qisqartirishni taklif etadi), u asosan erkin iqtisodiyot printsiplarini 
qo`llaydi va merkantilistlardan farqli ravishda pul muomilasi va savdoni 
erkinlashtirish tarafdori bo`lgan. 
U iqtisodiy jarayonlarga xos ichki qonuniy aloqalar va ularning 
sababiy munosabatlarini ko`rsatishga intildi. Uni faqat tabiatda ko`rinarli 
asosga ega bo`lgan sabablargina qiziqtirar edi. Petti iqtisodiyotga, 
tabiatshunoslikda qo`llaniladigan usulni kiritib, shu bilan birga iqtisodiy 
tahlilning statistik usulidan ham keng foydalanadi. 
V. Pettining dastlabki asarlarida merkantilistlarning ta`siri ancha 
kuchli bo`lgan, ammo keyingi ―Pul to`g`risida bir-necha og`iz so`z‖ 
(1682 yil) kitobida u merkantizimdan butunlay voz kechdi. Boshida u 


153 
faol (aktiv) savdo siyosatini, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini 
qo`lladi, aamo u bu fikrga keyinchalik qarshi chiqib, davlat ishlab 
chiqarishni rivojlantirishga yordam berishi kerak degan fikrga kelgan.
U boylik va qashshoqlikka baho berib, bu ha 
yotning 
abadiy 
va o`zgarmas, shafqatsiz qonunidir, degan xulosaga keldi. ―Ba`zi 
odamlarning boshqasidan ko`proq qashshoqligi doim bo`lgan va doim 
bo`ladi‖ degan edi u. Ammo Petti ortiqcha zeb-ziynatga berilishdan 
tiyilish zarur deb bilgan.
Merkantilizm nuqtai-nazaridan amaliy, aniq masalalarni echish 
borasida u o`z asarida bo`layotgan voqealarni ta`riflashga ko`proq o`rin 
bergan. SHu boisdan iqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish davomida 
hodisalarning ichki mohiyatiga kirib bordi, ularni izohlashga urindi, 
iqtisodiyotda tabiiy fan metodlarini qo`lladi, ayniqsa matematikani keng 
tadbiq etdi.
U o`zining tadqiqotlarida ayrim odamlarning fikri, hohishi va 
ehtirosiga oid barcha narsalarni chetda qoldirib, iqtisodiy hodisalarning 
salbiy bog`liqligini ko`rsatib intildi. SHu yo`l bilan u iqtisodiyotda ilmiy 
mavhum metodni qo`llashda dastlabki qadamni qo`ydi.
SHunday qilib V.Petti iqtisodiy tahlilda statistik metod, yangi 
metodologiyani qo`llay boshladi. SHunisi diqqatga sazovorki, V.Petti 
iqtisodiy masalalarni yoritganda tabiiy fanlar, ayniqsa tibbiyot, 
anatomiya (chunki V.Pettining o`zi vrach bo`lgan) matnlari va 
o`xshatmalaridan ustalik bilan foydalangan.
U masalani echish uchun to`g`ri yo`lni topish, ―Siyosiy 
jonivorning‖ sog`lig`ini ta`minlash uchun faqat uning anatomiyasini 
o`rganish orqali hal etish mumkinligini isbotlab berdi.
U merkantilistlar kabi iqtisodiy tekshirishlarni muomala sohasidagi 
voqealarni umumlashtirish bilan cheklash mumkin emas, degan 
xulosaga keldi. U xo`jalikning asosini ishlab chiqarish jarayonini hal 
etadi, jamiyat boyliklari moddiy ne`matlar yaratish davomida yuzaga 
keladi, deydi. 
Savdogarlikni unumsiz kasblar qatoriga qo`shadi. Pettining 
fikricha, ular hech qanday maxsulot tayyorlamaydilar va faqat qishloq 
xo`jaligi va sanoat maxsulotlarini xuddi insondagi vena va arteriyalarga 


154 
o`xshab 
jamiyat 
tanasidagi 
qon 
to`yintiruvchi 
sharbatlarni 
taqsimlagandek taqsimlaydilar. 
V.Pettining pulga bo`lgan munosabatlarini ko`rib chiqadigan 
bo`lsak, u qimmatbaho metal va toshlarni boshqa tovarlarga solishtirib, 
ular aynimaydi va o`zgarmaydi, har erda va har qachon boylik sifatida 
saqlanadi degan. SHu sababli, shu turdagi tovarlarni ishlab chiqarish va 
savdo qilish kerak, chunki bu boshqa ishlab chiqarish va savdodan 
qulayroqdir.
SHu bilan birga olim har qanday yo`l bilan oltin va kumush, ya`ni 
pul to`lashga qarshi edi. 1682 yilda yozilgan ―Pul to`g`risida bir-necha 
og`iz so`z‖ kitobi 32 ta savol va javob tariqasida Angliyada pul 
chaqasini qaytadan zarb etish masalasiga bag`ishlangan. Unda Petti 
merkantilizmdan butunlay voz kechadi va pulni umumiy ekvivalent 
vazifasini bajaruvchi maxsus tovar deb hisoblaydi. Pulning qiymati ham 
boshqa tovar kabi sarflangan mehnat miqdori bilan aniqlanadi, almashuv 
qiymati esa qimmatbaho metalni qazib olishga ketgan mehnat sarflari 
bilan belgilanadi. 
Eng muhim masala, bu mamlakatdagi pulning miqdori, ya`ni 
oborotdagi pul masalasi edi. Muomaladagi pulning miqdori tovar-to`lov 
oborotlari yoki oxir-oqibatda realizatsiya qilinayotgan tovarlar, ularning 
bahosi (to`g`ri proportsional) va pulning muomala chastotasi (teskari 
proportsional) bilan aniqlanadi. O`sha davrda qimmatli metallardan 
qilinadigan chaqa pullar bank tomonidan chiqariladigan qog`oz pullar 
bilan (ma`lum chegarada) almashtirilishi mumkin degan to`g`ri xulosa 
chiqarildi. Uning fikricha, pul inson organizmidagi yog`ga o`xshaydi, 
chunki yog`ning ortig`i ham, kami ham ziyondir, ya`ni uning me`yorda 
bo`lgani yaxshi (uning vrachligini eslang).
V.Petti davlatning iqtisodiyotga aralashuviga ham e`tibor berdi, bu 
aralashuv rivojlanishga yordam berishi kerak, lekin boshqa paytda 
davlat iqtisodiyotdan uzoqroq bo`lishi kerak. Uning fikricha, vrach 
kasalni 
davolaganda 
iloji 
boricha 
sun`iy 
dorilardan 
kamroq 
foydalangani, ko`proq ob`ektiv omillarni ishlatgani ma`qul (davlat 
aralashuvi zarur holda va me`yorda bo`lgani yaxshi). 


155 
V.Petti o`zining tabiiy baho to`g`risidagi ta`limotida qiymatning 
mehnat nazariyasiga asos soldi. Bu klassik maktabning asosiy nishonasi 
(belgisi) sifatida qaraladi. U vaqt va tasodifiy omillar ta`sirida o`zgarib 
turuvchi bozor bahosi (―siyosiy baho‖)ga tabiiy bahoni (qiymat deb 
bilgan) qarama-qarshi qo`ydi. Tabiiy baho ichki bozor bahosiga teng 
bo`lishi kerak. CHunki u mehnat miqdori bilan o`lchalanadi.
U non bahosi bilan kumushni solishtiradi va ularning bahosi 
sarflangan mehnat miqdori bilan tenglashtiriladi. Bu misolda, ya`ni non 
kumushga almashtirilganda, almashuv proportsiyasi asosida shu 
maxsulotlarni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat yotadi, demak 
qiymat mehnat bilan aniqlanadi. Undan tashqari, tovarning qiymati 
kumushni 
qazib 
olishdagi 
mehnat 
unumdorligiga 
to`g`ri 
proportsionaldir, sarf-xarajat usuli qo`llaniladi.
SHunday qilib, V.Petti iqtisodiyot tarixida qiymatning mehnat 
nazariyasi ta`rifladi. Bu olimning katta ilmiy xizmatidir. Ammo, Petti 
qiymatni almashuv qiymati bilan qorishtirib yuboradi va almashuv 
qiymatini almashuv jarayonida qanday shaklda bo`lsa, shunday, ya`ni 
pul shaklida ifoda qiladi. U qiymatning bevosita manbasi sifatida faqat 
konkret mehnatning aniq bir ko`rinishini, oltin va kumush qazishdagi 
mehnat (ya`ni pul materiali)ni ko`rgan xolos. 
Uning fikriga ko`ra, tarmoqlardagi ishlab chiqarilgan mehnat 
maxsulotlarining qiymati shu maxsulotlarni nodir metallarga almashuvi 
natijasida aniqlanadi. Olimning merkantilistik qarashlari bu erda ham 
saqlangan (kamchiligi). U mavhum mehnat bilan mkonkret mehnatni 
farqlamaydi. Unda qiymat bilan iste`mol qiymati tushunchalari o`rtasida 
aniq farq ko`rinmaydi, ayrim holda ular qorishtirib yuboriladi. Konkret 
mehnat iste`mol qiymatini yaratsa mavhum mehnat umumiy qiymatni 
yaratadi.
Pettining ―mehnat boylikning otasi, er esa uning onasidir‖ degan 
fikri butun dunyo iqtisodchilari tomonidan tan olinadi [35, c. 284]. 
Petti merkantilistlardan farqli ravishda boylik bu pul haqida 
qimmatbaho metall va toifalardangina iborat emas, balki mamlakatdagi 
erlar, uylar, kemalar, tovarlar, hatto uy jihozlarini ham boylik deb 
hisoblaydi. 
Mamlakat 
boyligini 
oshirish 
uchun 
odamlarni 


156 
qamoqxonalarga tashlash emas, pullik jarimalar kiritish kerak deydi. 
Yirik o`g`rilarni esa ―qulikka‖ sotib, ishlatish zarur. SHu bilan birga 
Petti tomonidan pulning jamiyatdagi roli to`g`ri talqin etilmagan 
(savdogarlarni qisqartirish taklif etiladi). 
Qiymat nazariyasi bilan daromadlar, ish haqi va renta to`g`risidagi 
nazariyalar bevosita bir-biriga bog`liq. V.Petti boshqa (D.Rikardo, 
T.Maltus) klassik maktab vakillari kabi, ishchi kuchini emas, balki 
mehnatni tovar deb hisobladi (aslida ishchi kuchi ham tovardir).
V.Petti mehnatni tahlil etishga kirishadi. Har bir konkret mehnat 
aniq narsani, iste`mol qiymatni yaratadi. Qiymat ikki qismdan iborat:
1) iste`mol qiymati;
2) almashuv qiymati – maxsulot almashsa yoki sotilsa yuzaga 
chiqadi.
Masalan, dehqon mehnatida shunday umumiylik borki, unga ko`ra 
barcha mehnatlarni bir-biri bilan solishtirish mumkin, narsalar-tovarlarni 
almashuv qiymati bilan, ish vaqtini sarflash, mumuman ishchilarning 
unumli energiya sarflashi bilan aniqlash mumkin.
Bundan mavhum mehnat tushunchasi kelib chiqadi va buni 
birinchilardan bo`lib V.Petti tushuna boshladi. U Mehnatning tabiiy 
bahosini ish haqi deb biladi va uning miqdorini aniqlashni o`zining 
vazifasi qilib qo`yadi. O`sha davrda Angliyada ish haqi qonun bilan 
tartibga solingan, uning eng yuqori pog`onasi ishchilarning hayoti uchun 
zarur bo`lgan jismoniy minimum mablag`lardan iborat edi (sog`lom 
odamning kunlik o`rtacha ovqati). Petti har bir ishchi ―yashash, mehnat 
qilish va ko`payish‖ uchun kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga 
keladi. 
Bu holatni V.Petti nazariy jihatdan isbotlamoqchi bo`ldi. U 
o`yladiki, agar ishchilarga ko`rsatilgan minimumdan masalan ikki hissa 
ko`p haq to`lansa, ular ikki marta kamroq ishlaydilar. Tirikchilik uchun 
zarur mablag`lar nazariyasi xato bo`lib, avvalo ishchi kuchi qiymatiga 
kiruvchi tarixiy va axloqiy elementlarni o`z ichiga oladi.
SHu bilan birga bu nazariyaning ijobiy tomoni ham mavjud bo`lib, 
ishchilar o`zlari yaratgan qiymatning faqat bir qismini (tiriklik uchun 
kerakli minimum mablag`ni) olayotgani ma`lum bo`lib qoldi. Mehnat 


157 
tufayli yuzaga kelgan fiymatning boshqa qismi esa qo`shimcha mehnat 
natijasi sifatida namoyon bo`ladi, bu qo`shimcha qiymat uning fikriga 
ko`ra rentadir.
U ishlab chiqarmaydigan aholiga dindorlar, advokat, amaldorlarga 
salbiy munosabatda bo`ldi, xuddi shuningdek u sotuvchilar sonini ham 
keskin kamaytirish tarafdori edi. Tadbirkorlar va er egalarining 
daromadlarini belgilash uchun umumiy bo`lgan ―Renta‖ (renta – mulk 
egalarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanmasdan er, mol-mulk, 
kapitaldan muntazam oladigan daromadi) [40, c. 336] tushunchasi 
kiritiladi. V.petti renta nazariyasini ham ishlab chiqdi.
Uning fikricha, renta maxsulot (natura) ko`rinishida ish haqi va 
urug`likni ajratgandan keyin qoladigan maxsulot miqdorida teng bo`lishi 
kerak. Demak, bu holda renta qo`shimcha maxsulotga teng qiymatdir. 
V.Pettida foyda tushunchasi alohida kategoriya shaklida yo`q, renta 
barcha qo`shimcha qiymatga teng miqdor deb baholanadi.
SHu sababli renta barcha qo`shimcha qiymatga teng miqdor deb 
baholanadi. SHu sababli renta to`g`risidagi nazariya amalda qo`shimcha 
qiymat haqida gap boradi. 
Qiymatni mehnat sarflari sifatida qarab, V.Petti birin-ketin renta 
(qo`shimcha qiymat)ni qo`shimcha mehnat natijasi ekanligini aniqlaydi. 
Buni fermerning foydasi sifatida ham qaraydi. Ish haqi va rentaning 
mehnat asosida yuzaga kelgan qiymatning bir bo`lagi sifatida tahlil etib, 
Petti muhim xulosa chiqaradiki, unga ko`ra ish haqi va renta bir biriga 
qarshi. masalan, deydi u, bir bushel` (36.4 kg) bug`doy 60 pensdan 
sotiladi, undan 20 pens er rentasiga, 40 pensi er egasining ish haqi 
sifatida berilsa va ish haqi 1/8 ga kuniga 8 dan 9 pensga ko`tarilsa, er 
egasining 1 bushel` bug`doydagi hissasi 40 dan 45 ga ko`tariladi, er 
rentasi esa 20 dan 15 pensga (ya`ni 5 pensga) kamayadi.
V.Petti rentaning kelib chiqishi to`g`risida ham muhim va qiziqarli 
fikrlarni beradi (umuman, renta absolyut va differentsial bo`ladi). 
differentsial rentaning kelib chiqishini u er uchastkalarining turlicha 
joylashganligi bilan tushuntiradi (birinchi sabab, ya`ni bozorga uzoq-
yaqinligi, masofa, transport sarflari). U rentaning ikkinchi sababini ham 
aniqlab, erning tabiiy unumdorligining turlicha ekanligini ko`rsatgan.


158 
V.Petti differentsial rentani Adam Smitdan ham yaxshi bayon 
etgan. Absolyut renta haqida gap borganda shuni aytish kerakki, bu renta 
erga xususiy mulkchilik bo`lganda namoyon bo`ladi. V.Petti er bahosi 
masalasini juda qiziq va noyob ravishda hal etishga uringan.
Uning fikricha, erni sotib oluvchi har yili renta olish huquqini 
qo`lga kiritgan shaxsdir. shu sababli erning bahosi bir yillik rentani 
ma`lum bir songa ko`paytirish orqali aniqlanadi.
Xo`sh, bu sonni qanday aniqlash mumkin? V.Petti bu savolga 
javoban shunday deydi: er sotib oluvchi o`zi va o`ziga yaqin avlod-
ajdodlarning manfaatlarini e`tiborga olib ish yuritadi. Uningcha odatda 
uch avlod vakillari bir vaqtda hamkorlikda yashaydilar: bitta (50 yosh), 
o`g`il (28 yosh) va nabira (7 yosh). U shu uch avlodning hamkorlik 
davrida yashagan yillar rentasi yig`indisini er bahosi deb qabul qiladi.
U Angliya uchun bunday son 21 yilga teng ekanligini aniqlaydi. 
Demak erning bahosi shuncha bir yillik rentalar yig`indisiga teng, degan 
xulosa chiqariladi. V.Petti erni sotib oluvchi uchun er yillik daromad 
manbai ekanligini tushungan.
SHunga muvofiq u erning bahosi shunday summaga teng bo`lishi 
kerakki, bu summa har yili olinadigan renta huquqini beradigan bo`lishi 
kerak, deb to`g`ri hisoblangan.
Amalda erning bahosini kapitallashgan rentadek hisoblash orqali 
V.Petti masalaning mohiyatini to`la va to`g`ri tushungan.
Ammo, erning bahosi masalasi hali to`la hal etilmadi, chunki 
erning bahosi ikki omilga bog`liq:
1) er rentasining miqdori;
2) protsent (foiz darajasi). V.Petti esa yuqorida qayd etilganidek, 
ssuda protsentini er bahosidan chiqargan.
Bu qiyin ahvoldan chiqish uchun u er bahosi rentaning 21 ga 
ko`paytirilganiga teng deb hisoblangan (uch avlod – buva, ota va nevara 
birgalikda 21 yil yashaydilar va erdan birga foydalanadilar, degan 
xulosa). Erning asl bahosi masalasini boshqa olimlar to`g`ri hal etdilar.
V.Pettning ―Siyosiy arifmetika‖ asari to`la ravishda uning 
vafotidan keyin bosilib chiqdi (kitob uning o`g`li lord SHelbern 
tomonidan nashr etilgan). Buning sababi shuki, unda Angliya va 


159 
Frantsiyadagi iqtisodiy holatni solishtiruvchi ma`lumotlar bor edi. Bu 
asar yangi fan – statistikaga asos soldi. Bu davrda hali bu tushunchaning 
o`zi yo`q edi (―statistika‖ so`zi 18- asr oxirida paydo bo`ldi). 
V.Petti birinchilardan bo`lib davlat statistika xizmati tuzish 
zarurligi masalasini ko`tardi va ma`lumot to`plashning ayrim 
yo`nalishlarini belgilab berdi. Uningcha mamlakatdagi aholining 
umumiy soni, joylashuvi, yoshi va kasbi hamda boshqa ma`lumotlar 
muhimdir. Iqtisodiy ko`rsatkichlardan asosiy tovarlarning ishlab 
chiqilishi va iste`moli, aholi daromadi, boylik taqsimoti haqidagi 
ma`lumotlar kerakli hisoblangan.
Pettining kuzatishlaricha, mamlakatda faqat soliq va tashqi savdo 
bo`yicha ayrim ma`lumotlar bor edi xolos. Biror masala haqida gap 
ochilar ekan, Petti ―avval hisoblab ko`rish kerak‖ degan fikrni aytishni 
yaxshi ko`rar edi. Statistika bilan shug`ullanganligi tufayli ma`lum 
ma`noda ―rejalashtirish‖ masalalari ham ko`tarilgan. masalan u "ishchi 
kuchi balansi" bilan shug`ullanib, mamlakatga shuncha vrach va advokat 
kerak, demak oliy o`quv yurtlariga yiliga shuncha talaba qabul qilish 
kerak, degan hisob-kitoblarni keltirar edi. Odatda u Angliya va 
Frantsiyaning iqtisodiy ahvolini solishtirib, qaysi davlat boyroq 
ekanligini aniq faktlar bilan ko`rsatishga intilgan. 
―Siyosiy arifmetika‖ kitobining muqaddimasida u o`z uslubining 
yangi ekanligini ta`kidlab, qiyosiy (ozroq, ko`proq, yaxshiroq, 
yomonroq) ko`rsatkichlardan aniq statistik raqamlar – son, og`irlik bilan 
boshqa o`lchovlar tiliga o`tish kerakligini aytadi.
U milliy daromad, milliy boylik haqida gapiradi va Angliyaning 
milliy boyligini hisoblab chiqadi (ma`lumki, bu ko`rsatkichlar hozirgi 
kunda juda muhim ko`rsatkich hisoblanadi). Masalan u Angliyaning 
moddiy boyligini 250 million funt-sterling deb baholaydi, ammo 
aholining 417 million funt-sterling pulini ham shunga qo`shish kerak 
deydi. 
V.pettining iqtisodiy ta`limoti aholining soni va tarkibidan 
boshlanishi nihoyatda muhimdir. Uning g`oyasi o`zidan keyingi 
Maltusdan keskin farq qiladi, agar Pettining fikr bo`yicha ―aholi – 


160 
boylikning asosi‖ bo`lsa, Maltusda ―aholining tez o`sishi 
kambag`allikning asosidir‖.
V.Petti Angliyaning milliy daromadini ham hisoblab chiqdi. Uning 
hisobiga ko`ra, Angliyaning pul shaklidagi boyligi barcha boylikning 
faqat 3 % teng ekan. Xuddi shundan hozirgi davrning milliy hisob 
schetlari yuzaga keldi, unga qarab ishlab chiqarish hajmini, bu 
boylikning aholi o`rtasida taqsimotini (iste`mol, jamg`arma, eksport, 
aholi, asosiy sinflar, guruhlar daromadi) va boshqalarni bilib olish 
mumkin.
Albatta hozirgi davr bilan solishtirganda bu hisob-kitoblarda jiddiy 
uslubiy xatoliklar bor edi. Masalan u milliy daromadni aholining 
iste`mol sarflari yig`indisi deb bilgan, ya`ni jamg`arma, bino qurilish, 
asbob - uskuna, erni yaxshilashga ketgan kapital qo`yilmalar hisobga 
olinmasa ham bo`laveradi, deb noto`g`ri o`ylagan. Ammo 17-asrdagi 
Angliya uchun bunday yo`l ancha realistik edi, chunki jamg`arma 
normasi past bo`lgan, Angliyaning moddiy boyligi nisbatan sekin 
o`sayotgan edi. Sal keyinroq V.Pettining bu xatolari uning izdoshi 
Gregori King tomonidan to`g`irlandi va 17-asr oxiridagi Angliya milliy 
daromadi nihoyatda to`g`ri hisoblab chiqildi.
E`tibor berib qaraydigan bo`lsak, V.Pettining so`nggi asarlari 
ko`proq aholi, uning o`sishi, joylashuvi va ish bilan bandligi 
masalalariga bag`ishlangan. V.Petti zamondoshi va do`sti, mayda 
savdogar Jon Graund bilan birgalikda demografik statistika faniga asos 
soldi. 1662 yildan boshlab Angliya aholi sonining umumiy soni, 
tug`ilish, o`lim va tabiiy o`sish masalalari bo`yicha kitoblar yuzaga kela 
boshladi.
Ana shunday sharoit Frantsiyaning 17-asr oxiri – 18-asr boshidagi 
sotsial-iqtisodiy 
ahvoli 
klassik 
iqtisodiyotning 
Frantsiyadagi 
asoschilardan biri bo`lgan P`er Buagilberning (1646-1714) iqtisodiy 
qarashlariga katta ta`sir ko`rsatdi. 
Olimning tadqiqot predmetini qisqacha qilib, jamoat boyligi 
kontseptsiyasidan iborat deyish mumkin. Bu boylik pulning fizik 
massasi bilan emas, balki turli-tuman foydali boylik va buyurtmalardan, 
masalan non, vino, go`sht, kiyim-kechak va boshqalardan iboratdir. 


161 
Hatto erga va pulga egalikning o`zi boylikni ta`minlaydi. Agar er 
ishlanmasa, pul esa hayot uchun zarur ashyolarga (masalan oziq – ovqat 
va kiyim kechak) ayirboshlanmasa bunday ―boylik‖ egasi qashshoqlikka 
mahkum etiladi.
SHu sababli jamiyatda pulni ko`paytirish emas, balki ishlab 
chiqarishni o`stirish masalasi iqtisodiy fanning asosiy vazifasi 
hisoblanishi kerak. Olimning tadqiqot uslubiga quyidagilar kiradi: 
- erkin raqobat sharoitida iqtisodiyotda avtomatik mo``tadillik 
mavjud bo`ladi; 
- tovarlar va xizmatlar qiymati (qimmati)ni belgilashda xarajatlar 
qoidasiga amal qilinadi; 
- milliy iqtisodiyot manfaatlari uchun shaxsiy manfaatning jamoat 
manfaatlaridan ustunligi tan olinadi; 
- xo`jalik hayotida pulning mustaqil va ahamiyatli roliga etarli 
baho berilmaydi va boshqalar.
Buagilber sanoat va savdoni kamsitish yo`li bilan qishloq 
xo`jaligining roli ataylab mutlaqlashtirilgan. Adam Smitdan ancha oldin 
shaxsiy manfaat (egoizmning) jamiyat uchun ahamiyatini ko`ra bildi. 
1691 yilda u Frantsiyani og`ir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini 
taklif etdi.
Dastlabki fikrlari bo`yicha turli islohotlar o`tkazib (ular burjua 
demokratik xarakterga ega bo`lishi kerak edi), 1707 yilda esa uning 
g`oyalari etilib, quyidagi uch qismdan tarkib topdi: 
Soliq tizimini o`tkazish. Soliq tizimining dehqonlar mehnatidan 
manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi, undan tashqari soliq barchaga 
tegishli bo`lishi kerak edi. 
Ichki savdoni har-xil cheklashlardan ozod qilish (ichki savdo 
ekanligi); bu chora ichki bozorni kengaytirish, mehnat taqsimotining 
o`sishini ta`minlash, tovar-pul muamalasini kuchaytirishi kerak edi; 
Donning erkin sotishiga yo`l berish, donga tabiiy baho ta`sirini 
cheklamaslik. 
Gap shundaki, mamlakatda donga sun`iy ravishda baho 
belgilangan bo`lib, ishlab chiqarish xarajatlari qoplanmas edi, don 
etishtirish o`smay qo`ygan edi. Buagilberning fikricha, iqtisodiyot erkin 


162 
raqobat sharoitida rivojlanishi va tovarlar bozorida "huquqiy qiymat"ga 
ega bo`lishi kerak edi. U davlat bu sohada dehqonlarga homiylik qilishi 
zarur deb hisobladi.
Bu islohotlar mamlakat va xalq farovonligini oshirish va xo`jalikni 
rivojlantirishning boshlang`ich shartlari bo`lishi kerak edi. U o`z 
g`oyalarini kitoblarda bayn etdi va bu kitoblarni nashr ettirdi. Uning 
asosiy iqtisodiy asarlari ―Frantsiyaning to`la tavsifi‖, ―Frantsiya 
to`g`risida varaqa‖, ―Boyliklar tabiati to`g`risida traktat‖ va 
boshqalardir. Ularda Frantsiyaning shu davrdagi og`ir iqtisodiy ahvoli 
to`la yoritilib berilgan, ayniqsa qishloq xo`jaligining orqada qolish 
sabablariga to`g`ri baho berilgan.
V.Pettidan farqli ravishda Buagilber qiymatining pul shaklini 
qat`iy ravishda inkor etib, bunga ehtiyoj yo`q degan. Agar V.pettining 
diqqat markazida pullar va boshqa tovarlar o`rtasidagi almashinuv 
munosabatlari turgan bo`lsa, Buagilberning e`tibori tovarlarning tovarga 
bevosita munosabati, ya`ni tovarlarning to`g`ridan-to`g`ri almashinuviga 
qaratilgan edi.
Buagilber uchun shu narsa xarakterli ediki, u pulga keskin qarshi 
bo`lgan, pulda barcha yovuzlik va ofatlarning manbai mujassamlangan, 
tovarlarning ―haiqiy baho‖ asosida almashuvi buzilishining sababi ham 
shunda deydi u. U oltin va kumushni buyuk yovuzlik deb baholaydi, 
pulga qarshi mutaasiblik (fanatizm) bilan kurashadi. Pulning yagona 
yaxshi tomoni shundaki, u almashinuvni osonlashtiradi.
Oltin va kumush o`rnini qog`oz pul bemalol qoplaydi. Ko`rinib 
turibdiki, olim pulning barcha funktsiyalarini tushunib etmaydi. Pul 
umumiy ekvivalent bo`lib, uning rolida qiymatga ega bo`lgan 
tovarlargina xizmat qilishi mumkin. SHu sababli, uningcha, tovar ishlab 
chiqarilishini saqlagan holda, pulni yo`q qilish kerak. SHu erda u 
iqtisodiy munosabatlarning ikki shakli o`rtasidagi chambarchas aloqani 
tushunmadi, uning bir shaklini (tovar) saqlab, ikkinchi (pul) shaklini 
yo`q qilmoqchi edi.
Olim tovar ishlab chiqarishning asl maqsadi faqat iste`molni 
qondirishda deb xato o`ylagan (iste`mol va almashuv uchun). Demak 
Buagilberning eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatni sarflangan ish 


163 
vaqtida tenglashtirildi. Lekin u tovar ishlab chiqarishning qulay tomoni 
ni saqlagan holda uning salbiy tomonlarini tugatishni orzu qiladi. agar 
Pettining iqtisodiy ta`limotida almashuv qiymati asosiy bo`lsa, 
Buagilberda iste`mol qiymati bosh rolni o`ynadi. Aslida ularni bir-
biridan ajratib bo`lmaydi. 
F.Ken`e har tomonlama keng bilimli olim bo`lib, Versal yaqinida 
kambag`al dehqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan meditsinaga 
havas qo`ydi, qishloq jarrohidan dars oldi, tibbiyot amaliyoti unga 
shuhrat keltirdi. dvoryan unvoniga ega bo`ldi va Versal saroyiga 
(Lyudovik XV qirol saroyiga) o`tdi. 1718 yilda vrachlik kasbini 
egalladi. 1744 yilda meditsina doktori ilmiy darajasiga erishdi. 1752 
yildan esa Lyudovik XV saroyida tabiblik qildi (Leybmedik). Tibbiy va 
biologiyaga oid ko`pgina asarlar yaratdi. Eng muhimi shuki u o`tmish 
yoshdan boshlab iqtisodiyt muammolari bilan bevosita shug`ullana 
boshladi.
SHuni ta`kidlab o`tish kerakki, F.Ken`ening iqtisodiy g`oyalari 
qirol saroyida – Versalda yuzaga keldi. Bu erda u umrining deyarli 
oxirigacha yashadi va ijod qildi. Bizningcha bu erda ob`ektiv iqtisodiy 
informatsiya etarli bo`lgan va olim ulardan yaxshi foydalanib o`z 
ta`limotlarini yaratgan. 1766 yilda Adam Smit ham uning mehmoni va 
suhbatdoshi bo`lgan edi. Didro va dalamber tomonidan chop etilgan 
―qomusda‖ F.Ken`ening dastlabki iqtisodiy maqolalari: ―Fermerlar‖, 
―Don‖, ―Aholi‖, ―Soliqlar‖ paydo bo`ldi (1756-1757 yy.). 1758 yilda 
uning asosiy va eng muhim asari – ―Iqtisodiy jadval‖ kitobi dunyoga 
keldi. F.Ken`e bu asarlarida fiziokratizm maktabi asoslarini yaratadi, 
uning nazariy va siyosiy dasturini ta`riflab berdi. 
Uning ishini va tadqiqotlarini 18-asrning ikkinchi yarmida 
Frantsiyaning taniqli davlat arbobi A.Turgo (1727-1781 yy.) davom 
ettirdi. Fiziokratizm g`oyalarini (ayniqsa F.Ken`e ta`limotini) Dyupon 
de Nemur, Dalamber, V.Mirabo, G.Letron va boshqalar keng targ`ib 
etdilar.
SHunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o`sha davr tili 
bilan aytganda ―iqtisodchilar maktabi‖ tarkib topdi. Uning eng 
rivojlangan davri 18-asrning 60-70-yillariga to`g`ri keladi. 


164 
Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi muammolari tadqiqot predmeti 
sifatida qaraladi. SHu bilan birga, xalq xoo`jaligi tarmoqlarining o`zaro 
chambarchas bog`liqligi deyarli e`tiborga olinmaydi. 
F.Ken`e ―tabiiy tartib‖ kontseptsiyasini ilgari surdi, bunda u paydo 
bo`layotgan va tobora mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy mulkni 
tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor 
bahosining stixiyali o`zgarishi, ya`ni davlatning aralashuvini inkor 
etadigan 
jarayonni 
qo`llab-quvvatladi, 
boylikning 
adolatli 
taqsimlanishini istar edi.
Iqtisodiy rivojlanish odamlarning istak xohishiga bog`liq 
bo`lmagan tabiiy jarayon bo`lib, uning ma`lum qonuniyatlarga 
bo`ysunishini tan olish fiziokratlarning so`zsiz yutug`i edi. Bu qonunlar 
ularning fikricha tarixiy bo`lmay, abadiy qonunlar deb qaralgan edi.
SHu sababli ishlab chiqarishning kapitalistik (bozor) shakli tabiiy 
va abadiy ishlab chiqarish shakli deb hisoblangan (hozirgi rivojlanish 
buni ko`p jihatdan isbotlamoqda). Qishloq-xo`jalik ishlab chiqarishi 
muammolari tadqiqot predmeti sifatida qaraladi.
SHu bilan birga, xalq xo`jaligi tarmoqlarining o`zaro chambarchas 
bog`liqligi deyarli e`tiborga olinmaydi. F.Ken`e almashuvning 
ekvivalentligi ta`limotini ilgari surdi. U almashuv yoki savdo boylik 
yaratmaydi, demak, almashuv jarayoni hech narsa ishlab chiqarmaydi, 
deb hisoblagan. Erkin raqobat sharoitida almashuv sohasida teng 
miqdorli qiymatlarning almashuvi ro`y beradi. Bu qiymat tovarlarda ular 
bozorlarga kirmasdan oldin ham mavjud bo`ladi (V.Pettining tovar 
qiymati faqat almashuv paytida paydo bo`ladi, degan fikri noto`g`ridir).
Bundan kelib chiqadiki, almashuv jarayonida boylik yaratilmaydi 
va foyda paydo bo`lmaydi. Almashuvning ekvivalentligi to`g`risidagi 
ta`limot merkantilistlarning qarashlarini inkor etish uchun nazariy asos 
bo`ldi. Bu holat shu bilan birga fiziokratlardan boylik manbaini 
muomala sohasidan tashqarida izlashni taqozo etdi. Ammo, F.Ken`e 
miqdorli qiymatlarning almashuvi sababini to`g`ri tushuntirib bera 
olmadi, chunki qiymat nazariyasi hali to`la ishlab chiqilmagan edi va u 
qiymatni ishlab chiqarish xarajatlari bilan aynan bir deb hisobladi.


165 
Fiziokratlarning iqtisodiy tizimida ―sof mahsulot‖ to`g`risidagi 
ta`limot markaziy o`rinni egallaydi. F.Ken`e yalpi ijtimoiy mahsulot va 
ishlab chiqarish xarajatlari o`rtasidagi farqni sof mahsulot deb bilgan, 
boshqacha qilib aytganda bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshiqcha 
mahsulotdir.
F.Ken`e ―sof mahsulot‖ faqat qishloq xo`jaligida, dehqonchilikda 
yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta`sirida iste`mol qiymatlari miqdori 
ko`payadi, deb ta`kidlaydi. Sanoatda esa iste`mol qiymatlari faqat turli 
kombinattsiyalarga uchraydi, mehnat jarayonida dehqonchilikda 
yaratilgan mahsulotning shakli o`zgaradi, lekin uning miqdori 
ko`paymaydi, shuning uchun ―sof mahsulot‖ paydo bo`lmaydi va boylik 
yaratilmaydi (kuchli, ammo noto`g`ri mantiq).
A.Smitning fikricha, shu asosda hunarmandlar (sanoatchilar) 
unumsiz, foyda bermaydigan sinf deb qaralgan. Aslida esa fiziokratlar 
bu sinfning borligini tan oladilar, uni unumsiz emas, balki foydaga sof 
qo`shimcha daromad keltirmaydigan sinf deb qaraganlar. A.Turgo esa 
bu sinfga yuqori baho berib, "haq to`lanadigan sinf" deb qaraydi. 
Fiziokratlar qiymatni iste`mol qiymatiga, hatto tabiat mahsulotiga 
tenglashtirganlar (almashuv qiymati ham bor). Ularni faqat miqdoriy 
soha, ya`ni ishlab chiqarish jarayonida olingan iste`mol qiymatlarining 
ortiqcha qiymati (iste`mol qilingandan ortig`i) qiziqtirgan.
Bu narsa asosan dehqonchilikda aniq namoyon bo`ladi. Ammo 
F.Ken`e ta`limotining boshqa tomoni ham bor, uning fikricha ―sof 
mahsulot‖ miqdori ishlab chiqarish chiqimlarining miqdoriga bog`liqdir, 
bu chiqimlarga xom ashyo sarflari, materiallar va ish haqi kiradi. 
Materiallarning qiymati belgilanganligi tufayli, ish haqi tirikchilikning 
minimum harajatlariga keltirilgan ekan, ―sof mahsulot‖ (qo`shimcha 
qiymat) qo`shimcha mehnatning samarasi sifatida yuzaga keladi. 
SHunday qilib, fiziokratlarda qo`shimcha qiymat tushunchasi 
qarama-qarshi xarakterga ega. Ular uni tabiatning sof hadyasi hamdir, 
ya`ni dehqonlarning qo`shimcha mehnati natijasidir, deb qaraganlar 
(qo`shimcha 
qiymat 
yaratishda 
tabiat 
ham 
ishtirok 
etadi). 
Fiziokratlarning bunday fikrlashi qiymatning ijtimoiy tabiatini 
tushunmaslikdan va qiymat tushunchasini iste`mol qiymati bilan 


166 
qorishtirib yuborish oqibatida yuzaga keldi. Foyda tushunchasi mustaqil 
kategoriyaga ajratilmagan, hatto inkor etilgan.
Renta qo`shimcha qiymatning yagona shakli sifatida qabul 
qilingan ekan, foyda ishlab chiqarish chiqimlarining faqat ajralmas 
qismi bo`lishi mumkin edi. Ular foydani ish haqining shakli sifatida 
qaraganlar, foyda go`yoki odatdagi ish haqidan o`zining kattaroq 
miqdori bilan farq qilgan va u kapitalistlar tomonidan foyda sifatida 
to`la iste`mol qilingan.
Fiziokratlarning ―unumli‖ va ―unumsiz‖ mehnat to`g`risidagi 
ta`limoti "sof mahsulot" to`g`risidagi ta`limot bilan chambarchas bog`liq 
bo`lib, uning mantiqiy davomi deb hisoblanadi. Merkantilistlardan farqli 
ravishda ular ―sof mahsulot‖ yaratuvchi mehnat unumli bo`ladi, ya`ni 
qo`shimcha qiymatni yaratadi, degan edilar.
Bu unumli mehnatning tabiati to`g`risidagi masalaga prinsipial 
to`g`ri yondashish yog`li edi. Ammo renta qo`shimcha qiymatning 
yakkayu-yagona aniq shakli sifatida tan olinganligi sababli dehqon 
mehnati birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanadi, ishlab chiqarishning 
boshqa sohalaridagi (sanoatda ham) mehnat ―unumsiz‖, ya`ni samarasiz 
deyiladi.
Bundan dehqonchilik mehnatini boshqa mehnat turlariga qarshi 
qo`yish asossizdir, chunki yollanma mehnat ishlab chiqarishning qaysi 
sohasida qo`llanmasin, qo`shimcha qiymat yaratadi, demak bu ham 
mehnat, bu soha ham unumli mehnatdir. F.Ken`e ―sof mahsulot‖ 
to`g`risidagi o`z qarashlari asosida jamiyatni uch sinfga bo`ladi: unumli 
sinf (fermerlar), er egalari sinfi va unumsiz sinf (bu sinfni u sanoatchilar 
sinfi deb ham ataydi).
Unumli sinfga dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo`jalik 
ishchilari ham, fermerlar ham, ya`ni uningcha "sof mahsulot" 
yaratuvchilarning hammasi kiradi. Er egalari "sof mahsulot" 
yaratmaganligiga qaramasdan, shu bilan birga bu mahsulotning 
iste`molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to`lovi sifatida oladilar. 
Samarasiz, "unumsiz" sinf vakillari esa dehqonchilikdan boshqa 
tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat sohasi). 


167 
Ular "sof mahsulot" yaratmaydilar. Jamiyatning sinfiy tuzilishi 
to`g`risidagi bu ta`limotning asosiy kamchiligi shuki, F.Ken`e yangi 
jamiyatning asosiy sinflarini ko`ra bilmaydi, to`g`rirog`i bunga tarixiy 
sharoit halaqit beradi. Bu tizimda yollanma ishchilar bilan kapitalistlar 
birlashtirilgan. Frantsiyada o`sha davrda kam bo`lsa ham, proletariat 
sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik munosabatlar rivojlanmaganidan 
burjua jamiyatining boshqa sinflarga qarshi tura oladigan mustaqil 
sinfiga 
ajralmagan 
edi. 
Sinflar 
to`g`risidagi 
ta`limotning 
bu 
kamchiliklaridan qat`i nazar, jamiyatni sinflarga bo`lishning iqtisodiy 
belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini ko`rsatishga urinish ijobiy 
voqea hisoblanadi. 
Fiziokratlarning 
muhim 
xizmatlaridan 
biri 
shuki, 
ular 
birinchilardan bo`lib, kapital tushunchasini tahlil qilishgan. Asarlarida 
bevosita ―Kapital‖ so`zi qo`llanilmagan, ammo erlarning zaxini 
qochirish, ya`ni er sifatini yaxshilash, qurilish, ot, arava va boshqalar 
uchun ma`lum tipdagi dastlabki avans (bo`nak) hamda urug`lik va 
ishchilarga beriladigan avans boshqacha ekanligi aniq belgilanadi. 
CHunki birinchisiga qilingan xarajat bir necha yilda bir marta 
bo`lib, o`z-o`zini asta-sekin qoplaydi (asosiy kapital), ikkinchisi esa 
yiliga yoki doim bo`lib, har bir hosil tufayli qoplangan. SHu sababli 
F.Ken`e ularni dastlabki avans (hozirgi zamon nuqtayi nazaridan asosiy 
kapital) va yillik avans (aylanma kapital) deb atadi. Bu g`oya A.Smit 
tomonidan rivojlantirildi.
Bu o`sha davr uchun buyuk kashfiyot edi. SHunisi muhimki, 
aylanma kapital bilan birga asosiy kapital ham doim harakatda deb 
qaraladi. 
Dehqonchilikda 
qo`llaniladigan 
kapitalning 
moddiy 
elementlariga qishloq xo`jaligi qurollari va inventar, mol, urug`lik, 
odamlarning tirikchilik vositalari va boshqalar kiritilgan. 
F.Ken`e merkantilistlardan farqli ravishda (ular kapitalni pul bilan 
aynan bir deb hisoblaganlar), pullarning o`zi emas, balki pulga 
olinadigan ishlab chiqarish vositalari kapital hisoblanadi, deydi. Ammo 
kapitalning bu moddiy elementlari umumiy mehnat jarayonining oddiy 
elementlari 
sifatida, 
kapitalistik 
ishlab 
chiqarish 
jarayonida 


168 
ishlatiladigan ijtimoiy shaklidan ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital 
abadiy, ya`ni tarixiy bo`lmagan kategoriya deb ko`rsatiladi.
Ishlab chiqarish chiqimlari (xarajatlari)ni tadqiq qilish orqali 
kapitalning tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo`ldi, 
bunda kapitalning (oborot) aylanish xarakteri hisobga olindi. 
Kapitalning bir qismi boshlang`ich avans (bo`nak) hisoblanib, unga 
qishloq-xo`jalik inventari, qurilish, mol va boshqalarga ketgan sarflar 
kiradi, shulardan 10 foizi yillik amortizatsiya hisoblangan, yillik avans 
deb atalgan kapitalning boshqa qismiga urug`lik olish, asosiy qishloq 
xo`jalik ishlari, ishchi kuchi uchun harajatlar kiradi.
Boshlang`ich avans bilan bog`liq kapital sarfi ishlab chiqarish 
tsikli bir qancha (qator yillar) ichida to`la aylansa, yillik avansga 
sarflangan kapital esa bir ishlab chiqarish tsikli (bir yil) davomida to`la 
aylanadi. Bu erda amalda doimiy va aylanma kapital to`g`risidagi g`oya 
berilgan, ammo bu tushunchalar boshqa so`zlarda ifoda etilgan, xolos.
SHunisi diqqatga sazovorki, F.Ken`e kapitalni asosiy va aylanma 
kapitalga bo`lganda faqat ishlab chiqarish kapitali bilan bog`lagan holda 
bergan, uni muomala kapitali (savdo kapitali) bilan qo`shib yubormagan. 
SHu sababli u pul va tovarni ishlab chiqarish kapitalining biror tarkibiy 
qismiga kiritmasdan, to`g`ri fikr yuritgan. SHunday qilib, fiziokratlar 
asosiy va aylanma kapitalga oid muammoni nazariy jihatdan echishga 
asos soldilar.
F.Ken`ening g`oyalari Ann Rober Jak Tyurgo (1727-1781 yy.) 
tomonidan davom ettirildi va chuqurlashtirildi. Ammo u o`zini F.Ken`e 
shogirdi yoki davomchisi deb hisoblamagan. A.Tyurgoning iqtisodiy 
qarashlari uning 1766 yilda yozilgan (1769-1770 yillarda chop etilgan) 
―Boylikning paydo bo`lishi va taqsimlanishi to`g`risidagi mulohazalar‖ 
asarida nisbatan to`la yoritilgan. U Ken`e fikrlarini faqat targ`ibot qilish 
bilan cheklanmadi, uni rivojlantirdi. Ammo ―sof mahsulot‖ nazariyasi 
F.Ken`edan boshqacharoq talqin etiladi, aslini olganda bu erda 
qo`shimcha qiymat haqida gap boradi va bu mahsulot tabiatning sof 
in`omidan dehqon mehnati bilan yuzaga keladigan ortiqcha mahsulot 
sifatida qaraladi hamda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo`lgan er egasi 
tomonidan o`zlashtiriladi.


169 
A.Tyurgoning bu sohadagi fikrlari o`ziga xos xarakterga ega va 
qiymatning mehnat nazariyasidan ancha yiroq. Uningcha almashuv 
qiymati va tovarning bahosi tovarlar nisbati, almashuvda ishtirok 
etayotgan shaxslar, sotuvchi va oluvchi istagining intensivligi bilan 
aniqlanadi (marjinalistik talqin). Ammo, A.Tyurgoning bu g`oyasi uning 
ta`limotiga hech ham mos kelmas edi. YUqorida aytilganidek, 
fiziokratlar jamiyatni uch sinfga bo`ladilar.
A.Tyurgo esa jamiyatni 
sinflarga boshqacharoq ajratadi, 
―unumsiz‖ sanoatchilar sinfini u ikki qismga bo`ladi: birinchisiga 
tadbirkor manufakturistlar, fabrika egalari kiradi, ular katta kapital 
egalari sifatida namoyon bo`lib, o`z avans, ya`ni bo`naklari yordamida 
ish joyi yaratadilar va uni foyda olish uchun sarflaydilar. 
Ikkinchilari - bu oddiy hunarmandlar bo`lib (ishchilar), ular o`z 
qo`l kuchlari hisobiga ish haqi oladilar (ishlab chiqarish vositalaridan 
mahrum). A.Tyurgo ish haqini V.Petti va F.Ken`e kabi tirikchilik uchun 
zarur minimum mablag`lar asosida hal etadi, ammo Ken`edan farqli 
ravishda nega shunday bo`lishi kerakligining mexanizmini tushuntirib 
bermoqchi bo`ladi.
Uning asosiy dalili shuki, mehnatga talab taklifga nisbatan 
kamayib boradi, ishchilar o`rtasida raqobat boradi. Xuddi shu kabi er 
egalari sinfi ham fabrikantlar kabi ikki razryadga ajratiladi, bular avans 
beruvchi tadbirkorlar yoki kapitalistlar va faqat ish haqi oluvchi oddiy 
ishchilardir. Bu katta ijobiy voqea, chunki Frantsiyada bu sinflar mavjud 
edi. 
Uning fikricha, oltin, pul ham, agar ular miqdori oshib ketsa, 
boshqa tovarlar kabi o`z qimmatini (foydalilik- naflilik) yo`qotishi 
mumkin (marjinalistik g`oya). Pulning miqdori jamiyatdagi ishlab 
chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlarga mos kelishi shart. U shuni qayd 
etadiki, ―milliy boyligi‖ bu avvalo erlar va ulardan olinadigan ―sof 
mahsulot‖dir.
Bu olim ham qiymatning sarf-xarajat kontseptsiyasini qo`llaydi. 
Noyoblikka e`tibor berib, tovar xarid etishda eng muhim element deb 
qaraladi (marjinalizm mavzusiga qarang). A.Turgo boshqalar kabi erkin 
sohibkorlik mehnatini qo`llab-quvvatladi, dehqonchilik qo`shimcha, 


170 
ya`ni sof mahsulot manbai ekanligini (bu fikr Ken`eniki) tan olgan holda 
sanoat va savdoga ham ko`p e`tibor qiladi. 
U kapitalni Ken`ega nisbatan ancha chuqur va to`la tahlil etdi. 
Ken`e kapital deganda asosan natural (mahsulot) shaklidagi bo`naklar 
summasi (xomashyo, mehnat haqi va boshqalar)ni tushungan, shu 
sababli uning tizimida kapital jamiyatdagi sinflar o`rtasidagi mahsulotlar 
taqsimoti muammosi bilan chambarchas bog`lanmagan. 
Bu sohada A.Tyurgo ancha ilgarilab ketadi. U foydani chetlab o`ta 
olmaydi, hatto to`g`ri tuyg`u asosida uni tadqiq etishni sanoat 
kapitalistidan boshlaydi; bu erda foydaning kelib chiqishi haqiqatdan 
ham aniqroq ko`rinadi, vaholanki boshqa fiziokratlar (Ken`e ham) 
―barcha ortiqcha mahsulot erdan kelib chiqadi‖ degan noto`g`ri aqidaga 
asoslanadilar. 

o`z 
ustozlari va maslakdoshlaridan ―tabiiy tartib‖ 
kontseptsiyasini buzayotganligi uchun kechirim ham so`rab qo`yadi, 
chunki u tahlilni sanoatdan boshlaydi va dehqonchilikni keyin qarab 
chiqadi. Ammo uning uzri noo`rindir, aksincha u muammoni echishga 
to`g`ri yondashgan; yollanma ishchi kuchidan foydalanuvchi fermer 
kapitalist o`z kapitalidan kam deganda xuddi fabrikant singari foyda 
olishi va renta sifatida er egasiga berishi kerak bo`lgan ma`lum ortiqcha 
(qo`shimcha)ni ham olishi kerak. Eng ajoyib teorema 62-tezis bo`lib, 
unga ko`ra ishlab chiqarishga qo`yilgan kapital o`z-o`zidan ortib borish 
qobiliyatiga egadir. Xo`sh, o`z-o`zidan ortib borish darajasi va nisbatlari 
nima bilan belgilanadi? 
A.Turgo kapital tomonidan yaratiladigan mahsulot qiymati 
nimadan iborat ekanligini tushuntirmoqchi bo`ladi (aslida kapital emas, 
balki mazkur kapital asosida harakatga keladigan mehnat yaratuvchidir). 
Avvalo, uning fikricha,mahsulot qiymati kapital sarflarini, shuningdek, 
ishchilarning ish haqini qoplashi kerak. qolgan qismi (aslida qo`shimcha 
qiymat) uch qismga ajraladi: birinchisi, foyda bo`lib, kapitalist pul 
kapitalining egasi sifatida "hech qanday mehnatsiz" olishi mumkin 
bo`lgan daromadga teng.
Bu ssuda (pul) foiziga mos foydadir. Foydaning ikkinchi qismi 
fabrika yoki ferma ochishga tavakkal qilgan kapitalistning "mehnati, 


171 
tavakkalchiligi va san`atini" to`lashga sarf etiladi. Bu tadbirkorlik 
daromadidir. SHunday qilib, aslida A.Turgo sanoat foydasining ssuda va 
funksional kapitalga bo`linishini ko`rsatib berdi. Agar pul foizi past 
bo`lsa, bilingki, bu kapitalning ortiqchaligi oqibati hamdir, deydi u. 
Foydaning uchinchi qismi rentadir. U faqat dehqonchilikda band 
kapitalistlar uchun mavjuddir. So`zsiz, bu tahlil iqtisodiyot fanida 
aytilgan yangicha g`oyadir. 
18- asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britaniyalik 
olimlar A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho`qqiga ko`tarildi. 
Bu hol tasodifiy emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan davrda 
Angliyada chuqur iqtisodiy, sotsial va siyosiy o`zgarishlar ro`y 
berayotgan edi. Angliya jahonda eng rivojlangan va sanoatlashgan 
davlatga aylana boshladi, iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotda kapitalistik 
munosabatlar hal qiluvchi o`rinlarni egalladi. Mamlakatda yuksak 
rivojlangan qishloq xo`jaligi va tez o`sayotgan sanoat mavjud edi, faol 
tashqi savdo olib borilardi. 
Kapitalning dastlabki jamg`arilishi natijasida hosil bo`lgan pul 
kapitali (manbalari: past ish haqi, mustamlaka siyosati, ayniqsa 
noekvivalent savdo, qul savdosi, erlarning dehqonlardan tortib olinishi, 
bosqinchilik urushlari va boshqalar) tobora ko`p miqdorda sanoat va 
qishloq 
xo`jaligiga 
qo`yila 
boshladi. 
Yirik 
markazlashgan 
manufakturalar va kapitalistik fermalar tobora muhim ahamiyat kasb eta 
boshladi. Agar 18- asr boshida mamlakat hali agrar holatda bo`lsa, 
sanoatning iqtisodiyotdagi hissasi tobora tez o`sib bordi.
Angliya industrial agrar davlatga aylandi. Manufakturalar soni 
oshdi, ulardagi ishchilar soni ko`paydi, ishchilarning ahvoli nihoyatda 
og`ir bo`lib, qattiq ekspluatatsiyaga duchor qilindi. Manufakturalar soni 
tez oshib borgani bilan ichki va tashqi bozordagi o`sib borayotgan 
mahsulotlarga bo`lgan talab to`la qondirilmas edi, taklif esa etarli emas 
edi. Angliya boshqa mamlakatlarga nisbatan manufakturadan fabrikaga 
o`tishga yaqin turar edi. Angliya sanoat inqilobi arafasida edi.
Mamlakatning sanoat mahsulotlari jahon bozorida yuqori 
baholangan va talab tobora ortgan, ammo davlat tomonidan kiritilgan 
savdo-sotiqdagi protektsionizm siyosati, feodalizm davridagi bir qancha 


172 
tartib va cheklashlar, qonunlar davr talabiga javob bermay qo`ydi, 
ularning borligi kapitalizm rivojiga to`sqinlik qilar edi. Hali kam sonli 
savdo va sanoatdagi sohibkorlar sinfi bu davrda progressiv o`zgarishlar 
tarafdori edi, ammo ekspluatatsiya usullari ishchilar sinfining 
qarshiligiga uchray boshladi.
Undan tashqari, yangi o`zgarishlarga hali ancha kuchli va 
uyushgan dvoryanlar sinfi ham to`siq edi. Angliya sanoati egalari erkin 
sohibkorlik faoliyatini kuchaytirishni, feodalizm qoldiqlarini tugatishni 
talab qilardi. SHu sababli sohibkorlar sinfi yangi kapitalistik ishlab 
chiqarish usulini ilmiy jihatdan to`la tahlil qiladigan iqtisodiy 
ta`limotlarga muhtoj edi.
SHunday qilib 18- asrning ikkinchi yarmi va 19- asrning birinchi 
choragida Buyuk Britaniyada boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy 
g`oyalarning rivojlanishi uchun nihoyatda qulay sharoitlar yuzaga keldi, 
bu g`oyalar A.Smit va D.Rikardo ta‘limotlarida o`z aksini topdi. 
Adam Smit o`zining bosh asari - "Xalqlar boyligining tabiati va 
sabablari to`g`risidagi tadqiqot"ni yozishga kirishdi, bu asar 1776 yil 
martda Londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan ilgari 
yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy 
prinsiplar asosida nisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi.
A.Smitning bu asari besh kitobdan iborat bo`lib, birinchisida 
qiymat va qo`shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - 
kapital jamg`arilishining shakllanishi davrida Evropaning iqtisodiy 
rivojlanishi, uchinchisida - turli xalqlarda farovonlik, kapitalizm 
taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari, to`rtinchisida - merkantilizm va 
fiziokratlarning ta`limotiga munosabati, beshinchisida esa davlat moliya 
tizimi tadqiq etilgan. 
O`sib borayotgan sohibkorlar uchun bu asar ayniqsa asqotdi, 
feodalizm qoldiqlarini tugatish uchun qimmatli qurol bo`ldi. YAngi 
kapitalistik, ya`ni bozor iqtisodiyotining klassik ta`limoti yaratildi. 
A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat 
orasidagi munosabat klassik maktab qarashlarining asosini tashkil etadi. 


173 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin