132
murakkab (gerb, bayroq) va oddiy (nishonlar, orden, medallar) simvol
belgilarga bo‗linadi.
Signal va simvollarning asosiy qismi tilda taqlidiy so‗zlar
xarakteriga egadir. Lekin tilda taqlidiy so‗zlar sanoqli darajadadir.
Til belgisi haqiqiy bo‗lib, u birlamchidir. Nolisoniy belgi
yordamchi va sun‘iy til belgisi esa ikkilamchi hisoblanadi. Ikkilamchi
belgi
substitut nomli atama bilan yuritiladi. Substitutlar birlamchi
belgilarni ko‗rsatishga xizmat qiladi. Masalan, fonema belgi bo‗lsa, harf
uning substitutidir. Gap kommunikativ belgi bo‗lsa, uning matematik
modeli substitut sanaladi.
Substitut belgilar axborot tizimida keng tarqalgan. Uning ko‗p
qo‗llaniladigani matematik belgilardir. Substitutlar metatilni ifodalovchi
vositadir.
Xullas, til kishilarning bir-birlariga turli axborotlarni xabar qiluvchi,
yetkazuvchi
belgilar
tizimidir.
Tilning
belgilik
xususiyatini
tilshunoslikning lingvosemiotika bo‗limi o‗rganadi. Lingvosemiotika
tilshunoslik bilan semiotika hamkorligida yuzaga kelgandir.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Belgi turlariga misollar keltiring.
2. Shartli belgilarga misollar keltiring.
3. Sanam belgilarga misollar keltiring.
5. Indeks belgilarga misollar keltiring.
6.Lingvistik belgilarning boshqa belgilardan farqli jihatlariga misol
keltiring.
7. Lingvistik belgilarning boshqa belgilarga o‗xshash jihatlariga misol
keltiring.
8. Lingvistik belgilarning muhim jihatlariga misol keltiring.
9. Imo-ishoralarni belgiga kiritish mumkinmi?
10. Ushbu mavzu bo‗yicha qilingan tadqiqotlar haqida ma‘lumot
bering.
Dostları ilə paylaş: