O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
Aralash bilingvizm – nutq analizi va sintezining yagona 
mexanizmini nazarda tutadi, birga mavjud bo‗lgan tillar esa faqat ustki 
struktura darajasida farqlanadi. 
Artikulyatsion belgi – unli yoki undosh tovushlarning yuzaga 
chiqishida ishtirok etadigan nutq organlari belgisidir. 
Artikulyatsion ekskursiya – artikulyatsiya o‗rnining ma‘lum 
tovush talaffuzi uchun uning artikulyatsion usuliga safarbar etilishi, 
tayyorlanishi bo‗ladi.
Artikulyatsion kechim – o‗sha tovushni unga xos artikulyatsiya 
usulida qayd etishdir.
Artikulyatsion rekursiya – artikulyatsiya o‗rnining artikulyatsion 
kechimdan keyin o‗z o‗rniga, ya‘ni holatiga qaytishidan iborat.
Assotsiatsiya – til birliklarining shakli va yoki mantiqiy-semantik 
belgisiga ko‗ra o‗zaro ta‘siri. 
Bilingvizm – ikki tilda erkin fikrlasha olish, ikki tilni bir xilda 
egallash. 
Broka markazi – miyaning chap peshona pastki orqa burmasida 
joylashgan qism, harakat markazi.
Intonatsiya — frazaga tegishli bo‗lgan ovoz sur‘ati (tempi), sifati 
(tembri), nutq ritmi, melodika, iboraviy urg‗u, pauza kabi fonetik 
vositalarning murakkab birligi. 
Intonologiya — fonetikaning intonatsiyani o‗rganish bo‗limi. 
Konsept – lotin tilidagi conceptus ―tushuncha" so‗zining kalkasidir. 
Rus tilshunosligida konsept tushunchasi XX asrning birinchi choragida 
faylasuf S. Askoldov tomonidan ilmiy muomalaga kiritiladi. Ushbu 
termin tilshunoslikda o‗tgan asrning 80-yillariga qadar tushuncha 
so‗ziga sinonim sifatida ishlatilgan bo‗lsa, bugungi kunga kelib uning 


141 
izohi tushuncha terminiga nisbatan kengayganini ko‗rish mumkin. 
Konsept ikki tomonli xususiyatga egadir. Bir tomondan, madaniyat 
konsept ko‗rinishida insonning mental dunyosiga kirsa, boshqa 
tomondan, inson konsept yordamida madaniyatga kiradi va ba‘zan unga 
ta‘sir ko‗rsatadi. Konseptning kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, 
shuningdek, adabiyotshunoslik fanlaridagi izohi o‗zaro farqlanadi.
Konsept lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq madaniyatining 
o‗ziga xos jihatlarini ifodalaydi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin