O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64
Lingvomadaniy konsept  – etnomadaniy xususiyatga ega bo‗lgan 
va borliq haqidagi funksional ahamiyatga molik informatsiyani 
uzatadigan madaniyatning asosiy birligidir. U madaniy universaliyalarni 
ifodalaydi. Lingvomadaniy konsept tafakkurda mavjud bo‗ladi, u o‗zida 
kognitiv-ratsional va emotsional-psixologik mazmunni biriktiradi. 
Lingvomadaniy konsept barcha til egalari uchun dunyoqarash modeli 
vazifasini o‗taydi. Lingvomadaniy konsept milliy xarakterning 
shakllanishiga ta‘sir ko‗rsatuvchi madaniyat vositasi hisoblanadi.
Lingvomadaniy paradigm  – bu dunyoqarashning etnik, ijtimoiy, 
tarixiy, ilmiy va h.k. o‗zaro aloqadorlikdagi kategoriyalarini aks 
ettiradigan til shakllarining majmuyi.
Madaniyat – muayyan xalqqa xos bo‗lgan borliqdagi hayot va 
faoliyat, shuningdek, insonlar orasidagi o‗zaro munosabat (urf-odatlar, 
rasm-rusumlar, muloqot xususiyatlari) va dunyoni ko‗rish, tushunish va 
yaratish usullari. ―Madaniyat‖ tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik 
madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o‘zbek madaniyati), 
shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o‗ziga xos sohalari 
(masalan, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati)ni 
izohlash uchun qo‗llaniladi. Tor ma‘noda ―madaniyat‖ termini 
kishilarning faqat ma‘naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. 
Madaniyat – me‘yorlar, qadriyatlar, ideallar, namunalarning yo‗l-
yo‗riqlari va ko‗rsatmalari tizimiga asoslangan subyektlar faoliyatining 
barcha shakllari majmuyi, u boshqa madaniyatlar bilan o‗zaro aloqada 
yashaydigan jamoaning meros qilib olgan xotirasi.
Nutq organlari anatomiyasi – nutq organlari shakli va tuzilishi 
haqidagi bilimdir. 


142 
Nutq organlarining ijro kechimi – nutq organlarining nutq 
tovushi hosil qilishdagi ishtiroki , holati va ish kechimi kabilardan 
iborat. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin