9-mavzu. Elektr maydonida o‘tkazgichlar. O‘zgarmas elektr toki
O‘tkazgichlarda erkin zaryadlar mavjud bo‘lganligi uchun tashqi
elektrostatik maydon ta’sirida o‘tkazgich sirtining bir qismida musbat ishorali
erkin zaryad, boshqa ikkinchi qismida esa manfiy ishorali zaryad paydo bo‘ladi.
O‘tkazgich ichida hech qanday erkin zaryad bo‘lmagani uchun elektrostatik
maydon ham bo‘lmaydi.
O‘tkazgichning sirti ekvipotensial sirt bo‘lgani uchun zaryadlangan
o‘tkazgichni potensial bilan harakterlash mumkin. O‘tkazgichning zaryadi ortgan
sari uning potensiali ham ortadi.
O‘tkazgichning elektr zaryad to‘plash xususiyatini ifodalovchi elektr kattalik
elektr sig‘imi deyiladi. Miqdor jihatidan yakkalangan o‘tkazgichning potensialini
bir birlikka o‘zgartirish uchun zarur miqdoriga teng. Elektr sig‘imi o‘tkazgichning
o‘lchamlariga, geometrik shakliga va atrof muhitning dielektrik
singdiruvchanligiga bog‘liq. Masalan, yassi kondensator uchun
d
S
C
0
εε
=
dan
aniqlanadi.
Amalda kondensatorlarni parallel, ketma-ket yoki aralash yo‘li bilan zarur
elektr sig‘imi olinadi.
Elektr toki paydo bo‘lishi va doimo paydo bo‘lib turishi uchun: 1) moddada
erkin elektr zaryadlari, 2) ularni tartibli harakatga keltiruvchi elektr maydon va 3)
zanjir berk bo‘lishi kerak. Zaryadli zarralar tok tashuvchilar deb ataladi.
O‘tkazgichlarda o‘tkazuvchanlik, konveksion va siljish toki mavjuddir. Siljish toki
magnit maydon hosil qilish xususiyati jihatidangina o‘tkazuvchanlik va
konveksion tokka ekvivalentdir.
Elektr tokining mavjudligini tok tufayli yuz beradigan quyidagi ta’sir yoki
hodisalarga qarab bilish mumkin:
1) issiqlik ta’siri – tok o‘tayotganda
o‘tkazgich qiziydi; 2) kimyoviy ta’siri; 3) magnit ta’siri; 4) kuch ta’siri; 5)
yorug‘lik ta’siri.
Elektr toki tok kuchi
I
va tok zichligi
j
bilan ifodalanadi. Tok kuchi va
yo‘nalishi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, o‘zgarmas tok deb ataladi.
Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi uzatiladi, tarqatiladi hamda
kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi. Elektr energiyasi manbalarida biror
turdagi energiya (suv, issiqlik va boshqa energiyasi) elektr energiyasiga, qabul
qilgichlar (iste’molchilar)da elektr energiyasi issiqlik, mexanik va boshqa
energiyaga aylantiriladi.
50
Elektr zanjir rejimi (ish maromi) barcha qismlardagi tok va kuchlanish
qiymatiga bog‘liq bo‘ladi. Elektr zanjiridagi tok, EYUK va kuchlanish o‘rtasidagi
munosabat Kirxgof qonunlari bilan tushuntiriladi.
Elektr zanjiridagi tokining ish tezligini harakterlovchi kattalik tokning
quvvati deyiladi.
Tok manbalarining energiyalarini foydali ishga sarflash qobiliyati foydali ish
koeffitsiyenti deb ataluvchi kattalik bilan harakterlanadi.
Amalda yuklamaning
R
qarshiligi tok manbaining
r
qarshiligidan qancha
katta bo‘lsa,
r
R
>
, foydali ish koeffitsiyentining qiymati shuncha katta bo‘lishi
kelib chiqadi.
Elektr energiya boshqa tur energiyalarga oson aylanadi, shuning uchun
elektr tokining qo‘llanish sohasi xilma-xildir.
A.Galvani, A.Volta va keyinchalik rus fizigi hamda elektrotexnigi
V.Petrovning kuzatishlari va tadqiqotlari elektrodinamikaning vujudga kelishi
hamda rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
Italiyalik olimlar A.Galvani va A.Voltaning elektr tokini kashf etishlari
hamda dunyoda birinchi marta 1800 yilda galvanik elementning yasalishi fizika
fanining rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
10-mavzu. O‘tkazgichlar. Dielektriklar. Yarim o‘tkazgichlar
Xizmat ko‘rsatish va servis sohalarida o‘tkazgichlar, dielektriklar va
yarimo‘tkazgichlar katta ahamiyatga ega.
O‘zlarining elektr o‘tkazuvchanlik xossalariga qarab qattiq jismlar
metallarga (o‘tkazgichlarga), yarimo‘tkazgichlarga va dielektriklar (izolyatorlar)ga
bo‘linadi.
Elektr o‘tkazuvchi moddalar solishtirma qarshiligining katta kichikligiga
qarab elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan elektr o‘tkazgichlar (ρ=10
-6
÷
10
-4
Om
⋅
sm), izolyatorlar (ρ=10
5
÷
10
18
Om
⋅
sm) va yarim o‘tkazgichlar (ρ=10
-4
÷
10
5
Om
⋅
sm)ga bo‘linadi. Metallar, elektrolitlar va plazmalar elektr o‘tkazuvchidir.
Amaliyotda keng qo‘llaniladigan o‘tkazgich elektr simi. Elektr simi elektr
energiyasini o‘zatish va taqsimlash, elektr va radio signallarini uzatish hamda
elektr mashinalar, transformatorlar, o‘lchash asboblari va boshqa asbob-uskunalar
chulg‘amlarini tayyorlashda qo‘llaniladi.
Elektrolit orqali elektr toki o‘tganda elektrodlarda elektrolit tarkibiy
qismlarining ajralib chiqish jarayoni elektroliz deyiladi. Texnikada elektroliz turli
maqsadlarda qo‘llaniladi.
Amaliyotda kimyoviy tok manbai – galvanik elementlar, batareyalar va
akkumulyatorlar katta ahamiyatga ega. Ular kimyoviy energiyani o‘zgarmas tok
elektr energiyasiga aylantirib beradilar. Kimyoviy tok manbalari transportda,
radiotexnikada, avtomatik boshqarish sistemalarida keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Texnikada ishlatiladigan barcha izolyatsiya materiallari elektr maydoni
ta’sirida ma’lum energiya nobudligiga sabab bo‘ladi. Tabiatda absolyut dielektrik
yo‘q.
Elektr energiyasi hosil qilish, yuborish va iste’mol etishda elektr o‘tkazuvchi
qismlar orqali o‘tgan tok tarqalib ketmasligi uchun o‘tkazgichlar bir-biridan
51
maxsus materiallar vositasida ajratiladi. Bular elektr izolyatsion materiallar deb
ataladi.
Elektr izolyatsion materiallar qanday kuchlanishlarga bardosh berishiga
qarab yuqori kuchlanish texnikasi va past kuchlanish texnikasi materiallariga
bo‘linadi.
Amaliyotda tovar sifatida ishlab chiqarilgan elektr izolyatsion materiallar –
kabellar.
Solishtirma elektr qarshiligi metallarnikiga nisbatan katta, dielektriklarnikiga
nisbatan kichik bo‘lgan moddalar yarimo‘tkazgichlar deyiladi.
Yarimo‘tkazgichli asboblar elektron va ion asboblarga nisbatan ancha
afzalliklari tufayli ko‘pgina sohalarida keng qo‘llanilmoqda.
11-mavzu. Metallarning klassik nazariyasi. Vakuumda elektr toki.
Termoelektrik hodisalar
Erkin elektronlar haqidagi tasavvurlardan foydalangan holda Drude,
keyinchalik Lorens metallarning klassik nazariyasini ishlab chiqqan. Drude
metallardagi o‘tkazuvchi elektronlar tabiati ideal gaz molekulalariga o‘xshagan
bo‘ladi, deb faraz qilgan. Elektronlar o‘zaro emas, balki ko‘proq metallarning
kristall panjaralarini tashkil etuvchi ionlar bilan to‘qnashadi. Bu to‘qnashishlar
elektron gaz bilan kristall panjara orasida issiqlik muvozanati o‘rnatilishiga olib
keladi.
Metallarning yuqori elektr o‘tkazuvchanliklari bilan birga, yuqori issiqlik
o‘tkazuvchanlikka ega ekanligi tajribadan ma’lum. Videman va Frans issiqlik
o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini elektr o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentiga nisbati
barcha metallar uchun taxminan bir xil bo‘lib, absolyut temperaturaga proporsional
o‘zgarishini ko‘rsatuvchi empirik qonunlarini aniqladilar.
Klassik nazariyaning qator hodisalarni tushuntira olmasligiga qaramay, o‘z
ahamiyatini shu vaqtga qadar saqlab keldi, chunki erkin elektronlar
konsentratsiyasi kichik bo‘lgan hollarda u qoniqarli natijalarni beradi. Shu bilan
birga klassik nazariya kvant nazariyasiga qaraganda bir muncha sodda va
ko‘rgazmalidir.
12-mavzu. Elektromagnetizm. Moddalardagi magnit maydoni
Klassik fizikaning rivojlanishida U.Gilbert katta hissa qo‘shdi. 1600 yilda
U.Gilbert elektr va magnit hodisalarni o‘rganish bilan shuhrat qozondi hamda Yer
tirik magnit ekanligini isbotladi. U kompas magnit milining burilishini Yerning
katta magnitga o‘xshashi orqali tushuntirdi, magnetizm va elektrning o‘zaro
bog‘lanishini tekshirdi.
1820 yilda daniyalik fizik X.Ersted tokli o‘tkazgichning kompas mili bilan
o‘zaro ta’sirida bo‘lishini elektr va magnit hodisalar orasida bog‘lanish borligi
bilan tushuntirdi. Shu yillarda A.Amper zaryadlangan zarralarning tartibli harakati
tufayli paydo bo‘luvchi elektr toki bilan barcha magnit hodisalari bog‘liq ekanligi
to‘g‘risida xulosaga keldi va tajriba asosida tokli o‘tkazgichlar orasidagi vujudga
keluvchi o‘zaro ta’sir kuchini ifodalovchi qonunni ixtiro qildi.
Tabiatdagi barcha moddalar u yoki bu darajada magnit xossalariga egadir.
Hozirgi vaqtda ixtiyoriy moddani tashkil qilgan elementar zarralar, atom va
52
molekulalarning magnit xossaga ega ekanligi aniqlangan. Har qanday moddaning
magnit xossasi atomdagi elektronlarning magnit xossalari bilan harakterlanadi.
Ferromagnitlar va antiferromagnitlarda magnit xossalar bilan bog‘liq
qo‘shimcha issiqlik sig‘imi mavjud. Ularning paramagnitlarga o‘tish
temperaturalarida (Kyuri nuqtasi, Neel nuqtasi) issiqlik sig‘imining ortishi
kuzatiladi.
13-mavzu. Elektromagnit induksiya
20-asr boshida atom tuzilishiga oid kashfiyotlar natijasida atomlardagi
elektronlarning yadro atrofidagi aylanma harakatlari tufayli molekulyar hosil
bo‘lishi anig‘landi. X.Ersted va A.Amperning katta mehnatlaridan so‘ng
magnetizm elektr haqidagi ta’limotning tarkibiy qismi bo‘lib qoldi. Shu davrga
kelib, ingliz fiziki M.Faradeyning ilmiy faoliyati boshlandi. Ayniqsa, uning 2
kashfiyoti: elektromagnit induksiya hodisasi va elektroliz hodisasi fizika tarixida
muhim ahamiyatga ega. Faradey bu kashfiyotlari bilan elektrning ko‘p texnik
qo‘llanishiga nazariy asos yaratdi. E.X.Lens induksiyalangan elektr tokining
yo‘nalishini aniqlashning umumiy qoidasini aniqladi (Lens qoidasi). M.Faradey
o‘z ishlarida elektr va magnit maydonlari tushunchalarini kiritdi, maydonning
o‘zgarishi va atrof muhitga tarqalishida shu moddiy muhitning xususiyatlari asosiy
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
14-mavzu. Elektromagnit maydoni. Maksvell tenglamalari.
O‘zgaruvchan elektr toki
Elektr haqidagi ta’limotning ikkinchi davri 19-asrning 2-yarmidagi
kashfiyotlar bilan bog‘liq. M.Faradeyning elektr va magnit maydonlar haqidagi
ta’limotini ingliz fizigi J.Maksvell chuqurlashtirdi va rivojlantirdi. Maksvellning
eng katta ilmiy yutug‘i elektromagnit maydon nazariyasini va uni ifodalovchi
tegishli tenglamalar tizimini yaratdi. Maksvell elektr maydonining vaqt bo‘yicha
o‘zgarishi uyurma magnit maydonni va aksincha, magnit maydonning vaqt
bo‘yicha o‘zgarishi uyurma elektr maydonni hosil qilishini o‘z nazariyasiga asos
qilib oldi.
Elektromagnit maydon moddiyligi unda kuchlarning ta’siri sezilishi bilan,
uning energiya tashishi va uzatishi bilan tasdiqlanadi. Moddiy muhitda
elektromagnit maydon ushbu fizik kattaliklar – elektr maydon kuchlanganligi
E
,
elektr induksiya -
D
, magnit maydon kuchlangiligi -
H
, magnit maydon
induksiyasi -
B
bilan tavsiflanmaydi. Bu kattaliklar o‘zaro J.Maksvell
tenglamalari orqali bog‘langan.
Analitik ifodalari qulay bo‘lganligi hamda elektr iste’molchilaridagi quvvat
isrofining kamligi jihatdan sinusoidal tok boshqa o‘zgaruvchan toklardan
afzalroqdir.
Davr, chastota, faza, fazalar siljishi, boshlang‘ich faza hamda oniy, effektiv,
o‘rtacha va amplitudaviy qiymatlar – sinusoidal kattaliklarning asosiy
ko‘rsatkichlaridir.
O‘zgaruvchan tok zanjirida tok, quvvat va energiya miqdori vaqt davomida
o‘zgarib turadi. Sinusoidal tok zanjirlarini harakterlovchi fizik parametrlar aktiv
qarshilik
R
, induktivlik
L
va sig‘im
C
dir.
53
Aktiv, induktiv va sig‘imiy qarshiliklardan tashkil topgan zanjirda
kuchlanishlar uchburchakligi hosil bo‘ladi. Kuchlanishlar uchburchakligining
tomonlarini
I
tokga ko‘paytirib, quvvatlar uchburchakligi yasaladi.
O‘zgaruvchan tok zanjirlarida kuchlanishlar rezonansi va toklar rezonansi
hodisasi ro‘y beradi.
Kuchlanishlar rezonansi hodisasidan radiotexnikada keng foydalaniladi.
Toklar rezonansi hodisasidan elektrotexnik qurilmalarning quvvat
koeffitsiyentini oshirish uchun keng foydalaniladi.
O‘zgaruvchan tokni uzatish liniyalarida quvvat koeffitsiyenti muhim
ahamiyatga ega, chunki u zanjirda energiyani yo‘qotishini harakterlaydi. Elektr
uzatish liniyalarini loyihalashda quvvat koeffitsiyentini yuksaltirishga harakat
qilish kerak.
15-mavzu. Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar
Fizikaviy tabiatiga qarab tebranishlar ikkiga, ya’ni mexanik va
elektromagnit tebranishlarga bo‘linadi.
Elektromagnit tebranishlar deb zaryadlar, toklar, elektr va magnit
maydonlari kuchlanganliklarining o‘zaro bog‘liq davriy o‘zgarishiga aytiladi.
Elektromagnit tebranishlar tebranish konturi deb ataluvchi sistemada ro‘y
beradi.
Tebranish konturi har qanday radiotexnik qurilmaning ajralmas qismi
hisoblanadi.
Elektr maydon kuchlanganligi va magnit maydon induksiyasi davriy
o‘zgarayotgan o‘zgaruvchan elektromagnit maydonining fazoda tarqalishiga,
elektromagnit to‘lqin deb ataladi.
Maksvellning tabiatda elektromagnit to‘lqinlar mavjudligini, ularning aniq
xususiyatlari – bosimi, difraksiyasi, interferensiyasi, tarqalish tezligi, qutblanishi
borligini aniqladi. Maksvell nazariyasidan yorug‘likning elektromagnit
xususiyatiga ega ekanligi kelib chiqdi. Nemis fizigi G.Gersning elektromagnit
to‘lqinlarni aniqlash bo‘yicha olib borgan tajribalari buni tasdiqladi. P.Lebedev
yorug‘likning bosimini tajriba orqali aniqladi. Rus fizigi A.S.Popov Maksvell
nazariyasidan foydalanib simsiz aloqani yaratdi.
16-mavzu. Kvant fizikasi. Kvant optikaviy hodisaning asoslari
19-asr oxirida aniqlangan qator yangiliklar Nyutonning fazo va vaqt
mutlaqligi to‘g‘risidagi tasavvurlarini tanqidiy tekshirib chiqish kerakligini
ko‘rsatdi. J.Puankare, X.A.Lorens kabi olimlar bu sohada tadqiqotlar olib borishdi.
1900 yilda M.Plank nur chiqarayotgan tizim – ossilyatorning nurlanish energiyasi
uzluksiz qiymatlarga ega degan klassik fikrni rad etib, bu energiya faqat uzlukli
qiymatlar (kvantlar)dangina iborat degan butunlay yangi farazni ilgari surdi.
Shunga asoslanib nazariya bilan tajriba natijalarini taqqoslanganda ularning mos
kelishini aniqladi. Plank gipotezasini A.Eynshteyn rivojlantirib, yorug‘lik
nurlanganda ham, tarqalganda ham kvantlar – maxsus zarralardan tashkil topgan
degan fikrga keldi. Bu zarralar fotonlar deb ataladi.
M.Plank jismlarning issiqlik nurlanish tushunchasiga porsiya, ya’ni kvant
degan iborani kiritdi. Bu kvant energiyasi
ν
ε
h
=
ga teng. A.Eynshteyn bu g‘oyani
umumlashtirib, nurlanish diskret bo‘lishini aytdi. Elektromagnit nurlanish kvantlar
54
– fotonlardan tashkil topgan, bu esa fotoeffekt va Kompton effektiga tasdiqlangan.
Foton ham doim diskret parametrlarga, ya’ni aniq energiya, impuls, spinga ega
bo‘ladi. Foton korpuskulyar xossadan tashqari, to‘lqin xossaga ham ega bo‘lib,
uning bu xossasi yorug‘lik difraksiyasi va interferensiyasi hodisasida yuzaga
keladi.
Fizik hodisalarni tushuntirishda o‘rta osiyolik olimlarning mulohazalari
qadimiy an’analar ta’sirida rivojlangan bo‘lsa-da, ular matematik usullarni keng
joriy etib, tajribalardan foydalanib, fanga katta hissa qo‘shdilar.
Ahmad al-Farg‘oniy asarlari Yevropada Uyg‘onish davri ilmiy
tadqiqotchilarining asosini tashkil etgan asarlardan bo‘ldi. U yorug‘likning sinishi
va qaytishini aniqlagan.
Beruniy yorug‘likning korpuskulyar hamda to‘lqin xossasi, tovush va
yorug‘lik tezligi, yorug‘likning qaytishi hamda sinishining sabablari, dispersiya
hodisasini aniqlagan.
Ibn Sino tovush va yorug‘lik tezligi, yorug‘lik dispersiyasi, linza, atom
tuzilishi va boshqa mavzularga tegishli mulohazalarining aksariyati hozirgi zamon
tushunchalariga mos keladi.
17-mavzu. Mikro zarrachalarning to‘lqin xususiyatlari. Atomning
energetik sathlarining diskretligi.
Ko‘p amaliy hollarda qoniqarli natijalar beradigan klassik fizika katta
tezliklar va mikroob’ektlar bilan bog‘liq hodisalarni to‘g‘ri tushuntirishga ojizlik
qildi. Shunday hodisalar qatoriga qattiq jismlarning issiqlik sig‘imi, atom
tizimlarining tuzilishi va ulardagi o‘zgarishlar harakteri, elementar zarralarning
o‘zaro ta’siri hamda bir-biriga aylanishi, mikrotizimlardagi energetik holatlarning
uzlukli o‘zgarishi, massaning tezlikka bog‘liqligi va boshqa masalalar kiradi.
20-asrning 20-yillariga kelib, kvant mexanikaga to‘la asos solindi,
mikrozarralar harakatining norelyativistik nazariyasi to‘la isbotlandi. Buning
asosini Plank-Eynshteyn-Borlarning kvantlashuv va L.Broylning materiyaning
korpuskulyar – to‘lqin xususiyati to‘g‘risidagi g‘oyalarni tashkil etdi. Tajribalarda
kuzatilgan elektron difraksiyasi bu fikrni tasdiqladi. Avstriyalik fizik
E.Shryodinger atomlarning uzlukli energiyaga ega ekanligini ifodalovchi kvant
mexanikasining asosiy tenglamasini yaratdi.
V.Pauli bir xil kvant holatda faqat bittagina elektron bo‘la olishini ko‘rsatdi
(Pauli prinsipi), shu asosda Mendeleev davriy sistemasiga nazariy tus berildi.
55
3. O‘quv kursi bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda
o‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqishning
konseptual asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati jahon andozalariga mos
keladigan kadrlar tayyorlash masalalariga e’tiborni qaratib kelmoqda. Dars
jarayonini boshqarish va tashkillashtirishda professor-o‘qituvchining bilimi,
tajribasi, ko‘nikmasi, ilmiy-pedagog salohiyati, mahorati, qobiliyati asosiy omil
hisoblanadi. Shunga ko‘ra, jumladan ma’ruzani oddiydan murakkabga qarab
rivojlantirib qo‘llaniladigan o‘quv qo‘llanmalar va vositalar tayyorlanadi. O‘quv
xonasi dars uchun tayyorlab qo‘yiladi.
O‘qituvchi ma’ruza qila turib quyidagilarga e’tibor qaratadi:
- talabalarni savol-javobga undash orqali guruhda muhokama muhitini
yaratadi, ijobiy javobni shakllantiradi;
- vaqtincha erkin fikr almashishga ruxsat beradi;
- kundalik hayotdan ibratli misollar keltiradi;
- talabalarni savol berishga undaydi;
- ilgari o‘rganilgan hodisa va vaziyatlarni yangilari bilan taqqoslashni
amalga oshiradi;
- fan doirasida turli ma’lumotlarni jonli, qiziqarli bayon qiladi.
Dars jarayonida talabaning tanqidiy (tahliliy) fikrini shakllantirishda uchta
bosqichdan foydalaniladi:
1. Yo‘llanma berish.
2. Ahamiyatini oshirish.
3. Fikrlash.
Talabalarning tanqidiy (tahliliy) fikrini rivojlantirishda interaktiv
uslublarning muhim o‘rni bor, bular hamkorlik sub’ektlarni ijodiy izlanishga
yo‘naltirish, noma’lum holatni ochishga, kashf etishga ko‘mak beruvchi nazariy
aqliy mulohazalarda ifodalanadi.
Darsni boshlash jarayonida talabalarda ko‘tarinki kayfiyat, yuksak ehtiros,
ijodiy ruhlanish kuzatilsa dars jarayonining samaradorligi yuqori bo‘ladi. Bunda
o‘qituvchining faoliyati aniq reja asosida, oldindan tayyorlangan holda bo‘lishi
zarur. Demak, o‘qituvchi tomonidan dars davlat ta’lim standartlari asosida olib
boriladi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi ta’lim jarayonidagi
sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh,
yuqori saviyaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab
muammolarni yechimini topib ularni amalda keng qo‘llash oliy ta’lim tizimi
xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi.
Ta’lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo‘ladi. Bu o‘qituvchining
mahoratinigina emas, balki tinglovchining istak-hohishi, qobiliyati va bilim
darajasini ham belgilaydi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayondir. Bilim esa
ta’limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega bo‘lgan
hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo‘lsa, ta’lim umumiylikka egadir. Ta’lim
barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim ob’ektiv borlikdagi voqea-
hodisalarning in’ikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar
56
natijasida hosil bo‘ladigan tushunchalar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ta’limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim
individuallikka ega bo‘ladi. Ta’limni amalga oshiradigan yoki dars beradigan
kishilarning saviyasi turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin guruhdagi talablarga
beriladigan ta’lim bir xildir. O‘qituvchi bilim emas, balki ta’lim beradi. Talaba esa
ana shu ta’lim jarayonida bilimga ega bo‘ladi. Buning uchun u mustaqil o‘qiydi,
tayyorlanadi, mushohada qiladi, tasavvurlarga ega bo‘ladi, eshitganlari va
o‘qitganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega bo‘ladi.
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar:
yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish,
dasrlarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik
texnologiyalardan va multimediya qo‘llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni
undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik,
tinlovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga,
ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim
ustivorligini ta’minlaydi.
Aytilganlardan kelib chiqqan holda, «Fizika» o‘quv fani bo‘yicha ta’lim
texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy konseptual yondoshuvlarni keltiramiz:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim
jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu
esa ta’limni loyihalashtirilayotganda albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining
shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish
maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida
mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini
o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish,
o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini
ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Diolog yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv jarayoni ishtirokchilarning
psixologik birligi va o‘zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning
natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirish va o‘z-o‘zini ko‘rsata olish kabi ijobiy
faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim
beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni,
maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda
birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali
ta’lim oluvchi faoliyatini faollashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni
ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni
mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlaydi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash –
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.
57
Keltirilgan konseptual yo‘riqlarga asoslangan holda, «Kompyuter
modellashtirish» kursining maqsadi, tuzilmasi, o‘quv axborotining mazmuni va
hajmidan kelib chiqqan holda, ma’lum sharoit va o‘quv rejasida o‘rnatilgan vaqt
oralig‘ida o‘qitishni, kommunikatsiyani, axborotni va ularni birgalikdagi
boshqarishni kafolatlaydigan usullari va vositalari tanlovi amalga oshirildi.
O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid,
vizuallash), muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar va loyihalar
usullari, amaliy ishlash usuli.
O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va
o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O‘qitish vositalari o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni)
bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinlovchilar bilan operativ teskari aloqaga
asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab
beruvchi texnologik harita ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish,
qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati,
nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning
nazorati.
Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida, ham butun kurs davomida,
ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test
topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
58
|