O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti «oliy matematika» kafedrasi


Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix28.06.2020
ölçüsü1,82 Mb.
#32159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
ert


Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar
  1.   Ismoilov   M.,   Xabibullayev   P.,   Xaliulin   M.   «Fizika   kursi»   Toshkent, 
O‘zbekiston, 2000.
2.  Nazarov O‘.Q. «Umumiy fizika kursi». II Toshkent, O‘zbekiston, 2002.
3. Abdusalomova M.N. «Fizika fanidan ma’ruzalar matni». SamKI, 2003.
4. Boydadayev A. «Klassik statistik fizika». Toshkent, «O‘zbekiston», 2003.
5. Volkenshteyn V.S. «Umumiy fizika kursidan masalalar to‘plami». Toshkent, 
«O‘qituvchi», 1989.
6. Abdusalomova M.N. Fizikadan leksiyalar kursi. Samarqand, 2007.
Qo‘shimcha  adabiyotlar
7. Numonxo‘jayev A.S. «Fizika kursi» 1-qism, Toshkent, O‘qituvchi, 1992.
8. Safarov A.S. «Fizika» Toshkent, O‘qituvchi, 1992.
9.  Nazarov U.K. «Umumiy fizika kursi» 1-qism, Toshkent, O‘qituvchi, 1992.
10. Nazirov E.N., Xudayberdiyeva Z.A., Safiullina N.X. «Mexanika va molekulyar 
fizikadan amaliy mashg‘ulotlar». Toshkent, «O‘zbekiston», 2001.
11. Abdusalomova M.N. «Fizikadan laboratoriya praktikumi». – Samarqand, 2007.
12. Sovremennaya fizika. M., 2005.
13.   Ilin   V.N.   Termodinamika   i   sotsiologiya.   Fizicheskiye   osnovi   sotsialnix 
protsessov i yavleniy. M., 2005.
Internet va ZiyoNet saytlari

Ko‘rsatkichlar
YaN ballari
maks
O‘zgarish oralig‘i
1
Fan bo‘yicha  yozma ish nazorati
6
0-6
2
Fan bo‘yicha amaliy topshiriq
24
0-24
Jami
30
0-30
39

1. 
www.iofbe.ru
. Fiziko-texnicheskiy institut im. A.F.Ioffe.
2. 
www.buybook.ru
. Magazin knigi: Copyright s 2004.
3. 
www.colibri.ru
. Inernet-magazin krupnogo kolibra (1999-2006)
4. 
www.book.sdd.ru
. Knijniy internet.
5. 
www.nmsi.uz/ebook.htm
. Navoiy Davlat Konchilik instituti.
6.
 
http://www.iite.ru/iire/russion/
 
Institut   Yunesko   po 
informatsionnim texnologiyam v obrazovanii.
7.  
http://www.scool.ua/Htm/Technologie.htm
  Informatsionniye 
texnologii v uchebnom protsesse.
8.
 
http://www.uzbekistan.uz
.   O'zbekistan,   ustremlenniy   v 
budushee.
«FIZIKA» fanidan
40

TA’LIM TEXNOLOGIYASI
Kirish
«Fizika» fanidan ta’lim texnologiyasi uslubiy qo‘llanmasida bayon etilgan 
dars mashg‘ulotlarida yangi texnologiyalarni qo‘llash asosida ishlab chiqilgan.
Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati 
muhimdir.
Qo‘llanmada   keltirilgan   ta’lim   texnologiyalarining   har   biri   o‘zida   o‘quv 
mashg‘ulotini o‘tkazish shart-sharoiti to‘g‘risida axborot materiallarini, pedagogik 
maqsad, vazifa va ko‘zlangan natijalarni, o‘quv mashg‘ulotning rejasi, o‘qitishning 
usul va vositalarini mujassamlashtirgan.
Qo‘llanma   tarkibi   kirish,   ta’lim   texnologiyasining   konseptual   asoslari, 
mavzu   bo‘yicha   ma’ruza,   amaliy   va   laboratoriya   mashg‘ulotlarida   o‘qitish 
texnologiyasidan   iborat.   Ma’lumotlar   umumlashtirilgan   va   tartibga   solingan. 
Ularni   o‘zlashtirish   va   yodda   saqlab   qolishni   kuchaytirish   uchun   jadval   va 
chizmalardan foydalanilgan.
41

Qo‘llanmaning konseptual asoslari qismida «Fizika» fanining dolzarbligi va 
ahamiyati,   mazkur   o‘quv   fanining   tarkibiy   tuzilishi,   o‘qitishning   usul   va 
vositalarini tanlashda tayanilgan konseptual fikrlar, kommunikatsiyalar, axborotlar 
berilib, so‘ngra loyihalashtirilgan o‘qitish texnologiyalari taqdim qilingan.
1. Quyidagi turdagi ma’ruza mashg‘ulotlari kirish ma’ruza, mavzu asosida 
ma’ruza,   muammoli   ma’ruza,   vizuallashtirilgan   ma’ruza,   yakunlovchi   ma’ruza, 
sharhlovchi ma’ruza berilgan.
2.   Amaliy,   laboratoriya   mashg‘ulotlarni   olib   borishning   topshiriqlarni 
individual tarzda, guruhda bajarilishi vaziyatli ishlanma har xil usullar, nazariya 
asosida bilimlar va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish va kengaytirishga yo‘naltirilgan 
amaliy topshiriqlar berilgan.
Hozirgi   kunda   jahon   tajribasidan   ko‘rinib   turibdiki,   ta’lim   jarayoniga 
o‘qitishning   yangi,   zamonaviy   usul   va   vositalari   kirib   kelmoqda   va   samarali 
foydalanilmoqda. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish asosida aynan shu talablar 
yotadi.
«FIZIKA» 
 FANIDAN TA’LIM TEXNOLOGIYASINING KONSEPTUAL 
ASOSLARI
1. «Fizika» o‘quv fanining dolzarbligi va o‘qitish strukturasi
Zamonaviy   kadrlar   oldiga   qo‘yilayotgan   eng   muhim   vazifalardan   biri   – 
malakali mutaxassislar sifatida o‘zligini, o‘z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy 
fazilat hamda hislatlarini bilgan tarzda mehnatni oqilona tashkil etish va ijtimoiy 
foydali mehnatning barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatishdir.
Hozirgi kunda ta’lim, fan va ishlab chiqarishdagi dolzarb vazifalar kadrlarga 
bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib amalga oshirilayotganiga ishonch hosil qilinadi.
Ma’lumki, rivojlangan mamlakatlar taraqqiyoti eng avvalo zamonaviy fan va 
texnika yutuqlaridan xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida oqilona foydalanish 
bilan farqlanadi. Davlatning, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning rivojlanishi yetuk 
42

kadrlarga   hamda   fan-texnika   yutuqlaridan   qanday   foydalanishga   bog‘liqligini 
bozor iqtisodiyotining shakllanishi ko‘rsatmoqda.
«Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi»   o‘quv   jarayonining   ilmiyligi,   zamon 
talablariga   mosligi,   turmush   amaliyot   bilan   bog‘lanishiga   asoslangan.   Shuning 
uchun   fizika   fanining   o‘qitishdan   maqsad,   talabalarga   yetuk   mutaxassis   bo‘lib 
yetishishlari   uchun   yetarli   darajada   baza   yaratish,   ularni   kelgusidagi   mehnat 
faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr yuritishlariga va 
fizika fanining yutuqlarini bevosita tadbiq eta olishlaridan iborat.
Bakalavr   bosqichi   talabalariga   mo‘ljallangan   «Fizika»   fanining   asosiy 
maqsadi  – talabaga  xilma-xil elektrotexnik  elektron  asboblar  va qurilmalarning 
ishlash prinsipini o‘rganish va tushinishi uchun zarur bo‘lgan chuqur bilimlarni 
berish va ish faoliyatlarida, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida olingan bilimlarni 
ishlata olish.
«Fizika»   fani   bo‘yicha   talabalarning   bilimi,   o‘quvi   va   ko‘nikmasiga 
qo‘yiladigan talablar:
a) bilimga ega bo‘lishi kerak:
-   fanga   tegishli   bo‘lgan   nazariy,   amaliy   ma’lumotlarni   o‘rganish,   aniq 
tasavvurga ega bo‘lishlari;
-   har   bir   elementga   e’tibor   bergan   holda,   fan   sirlarini   to‘liq   o‘zlashtirib 
olishlari lozim;
- fizikaning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘rni va ahamiyatini bilish;
-   mehnatga   to‘g‘ri   motivatsiya   munosabatini   shakllantirish   omillari 
to‘g‘risidagi tasavvurlarga ega bo‘lish.
b) bilish kerak:
-   tabiat   qonunlarini   o‘rganish   va   ulardan   insoniyat   ehtiyojlari   uchun 
foydalanishi;
- hodisaning modelini yaratib berish;
-   materiallar   va   mahsulotlarni   fizik   xususiyatlarini   o‘rganishda   fizikaviy 
metodlardan foydalanish;
v) bajarilishi lozim:
-   fizik   asbob-uskunalardan   foydalanish,   tajribalar   o‘tkazish,   olingan 
ma’lumotlarni  ishlab  chiqish,   tegishli  xulosalarga   erishish,  texnika  xavfsizligini 
to‘la saqlash kabi ko‘nikmalarni hosil qilish;
- guruh materiallarini izlanishida laboratoriya usullaridan foydalanishi;
- masalalarni yechishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish;
d) tasavvurlarga ega bo‘lmog‘i lozim:
- xizmat sifatini tekshirish;
- mahsulotlarni sinovi;
- sinovni asosiy sharoitlari – atrof-muhitni aniq parametrlarini ta’minoti;
- texnologiyalarni va tayyor mahsulotlarni sifatli xususiyatlarini baholash;
- kompleks avtomatlashtirish;
- avtomatlashtirishning va boshqarishning kompyuter texnologiyalari;
- aholini turmush darajasini ko‘tarishda xizmat ko‘rsatish sohasini, servisni 
yangi sifat darajasiga ko‘tarish.
g) g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifa:
43

- fundamental ilmi o‘rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, 
milliy istiqlol g‘oyasini yoshlar ongiga singdirish;
- talabalarni millat manfaatlari yo‘lida:
- texnikani rivojlantirish;
- milliy mahsulotni ko‘paytirish;
- turmush darajasini ko‘tarish ruhida tarbiyalash.
44

Mashg‘ulotlar turlari bo‘yicha o‘quv soatlarining taqsimlanishi
t/r
Mavzular nomi
Jami
soat
Ma’ruz
a
Amaliy 
mash-
g‘ulot
Labora-
toriya
ishi
Mustaqil 
ta’lim
1
Mexanik harakatning kinematik va 
dinamik tavsifi
8
2
2
2
2
2
Mexanik ish. Energiya. Quvvat
6
2
2
-
2
3
Qattiq jismlar mexanikasi. Mexanik 
tebranishlar
12
2
2
4
4
4
Mexanik to‘lqinlar. Tovush to‘lqinlari
6
2
2
2
5
Gazlarning molekulyar-kinetik 
nazariyasining asoslari
6
2
2
-
2
6
Termodinamika asoslari
6
2
2
-
2
7
Suyuqliklar. Qattiq jismlar
10
2
2
4
2
8
Elektr maydon vakuumda. Elektr 
maydonida dielektriklar
6
2
2
2
9
Elektr maydonida o‘tkazgichlar 
O‘zgarmas elektr toki
12
2
2
4
4
10
O‘tkazgichlar, dielektriklar. Yarim 
o‘tkazgichlar
6
2
2
2
11
Metallarning klassik nazariyasi. 
Vakuumda elektr tok. Termoelektrik 
hodisalar
10
2
2
4
2
12
Elektromagnetizm. Moddalardagi 
magnit maydoni
6
2
2
2
13
Elektromagnit induksiya
10
2
2
4
2
14
Elektromagnit maydoni. Maksvell 
tenglamalari 
O‘zgaruvchan elektr toki
12
2
2
4
4
15
Elektromagnit tebranishlar va 
to‘lqinlar
6
2
2
2
16
Kvant fizikasi. Kvant optikaviy 
hodisaning asoslari
6
2
2
2
17
Mikro zarrachalarning to‘lqin 
xususiyatlari. Atomning energetik 
sathlarining diskretligi. Vodorod atomi 
tuzilishining kvant nazariyasi
8
2
4
2
Jami 
136
34
36
26
40
45

2. «Fizika» o‘quv fanining mazmuni
1-mavzu. Mexanik harakatning kinematik va dinamik tavsifi
O‘zbekiston   Respublikasining   istiqboli   texnika,   texnologiya,   ishlab 
chiqarishni dunyo standartlari darajasida rivojlanishi va ularni amalga oshiruvchi 
kadrlarning malakasi va salohiyati bilan aniqlanadi. Bunday masalalarni yechishda 
fizika fanini ahamiyati katta.
Fizika   hozirgi   zamon   jamiyati   hayotida   juda   muhim   o‘rinni   egallaydi. 
Sanoatda, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda, maishiy xizmatda, madaniyatda u inson 
hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sharoitini tubdan o‘zgarishiga ko‘maklashmoqda.
Talabalarni   mutaxassisliklari   uchun   fizika   fanining   rivojlanish   tarixi, 
maqsadi, vazifasi, tadqiqot uslublari va amaliy ahamiyati haqida keng ma’lumotlar 
berish. Mexanik harakatning harakteristikalari, turlari va amaliyotda foydalanishi 
haqida chuqur bilim berish.
9-16 asrda ilmiy izlanishlar markazi Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga 
siljidi.   Bu   davrga   kelib,   fan   rivojiga,   jumladan   fizikani   rivojiga   O‘rta   Osiyo 
olimlari   ulkan   hissa   qo‘shdilar.   Fizika,   matematika,   astronomiya   va 
tabiatshunoslikka oid masalalar Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, 
Termiziy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Ali Qushchi va boshqa o‘rta osiyolik olimlarning 
ishlarida o‘z aksini topgan.
Beruniy dunyoning moddiyligi, harakatning turlari, jism inersiyasi, fazoviy 
jismlarning vaznsizligi to‘g‘risida fikrlar yuritdi.
Ibn Sino harakatning nisbiyligi, inersiya, kuch, massa va tezlanish orasidagi 
bog‘lanish,   aylanma   harakat,   markazga   intilma   kuch,   chiziqli   tezlik   va   boshqa 
mavzularga   tegishli   mulohazalarining   aksariyati   hozirgi   zamon   tushunchalariga 
juda mos keladi.
2-mavzu. Mexanik ish. Energiya. Quvvat
Biz o‘zimizni o‘rab olgan sharoitda bir-biriga qandaydir kuchlar bilan ta’sir 
qilayotgan jismlarga duch kelamiz. Tabiiy ravishda kuchlarning jismlar ko‘chishi 
bilan bog‘liq bo‘lgan ta’sirni ish deb ataladigan fizik kattalik harakterlaydi.
Biror ish bajara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan har qanday jism yoki jismlar 
sistemasi energiyaga ega bo‘ladi.
Energiya   jismning   yoki   jismlar   sistemasining   holatini   uning   bir   holatdan 
boshqa holatga o‘tishida ish bajarish qobiliyatini harakterlaydi.
Amaliyotda katta ahamiyatlarga ega bo‘lgan fizik kattaliklar – mexanik ish, 
quvvat, energiya to‘g‘risida chuqur bilimlar berish.
Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni – tabiatning eng muhim asosiy 
qonuniyatlardan biri.
Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni vaqt simmetriyasi, vaqtning bir 
jinsligi xususiyati bilan bog‘langan.
Sharq olimi Beruniy energiya aylanishi to‘g‘risida fikrlar yuritdi.
3-mavzu. Qattiq jismlar mexanikasi. Mexanik tebranishlar
46

Mexanikada   ko‘p   foydalaniladigan   modellardan   yana   biri   absolyut   qattiq 
jism tushunchasidir. Shuni nazarda tutish kerakki, tabiatda absolyut qattiq, ya’ni 
mutlaqo   deformatsiyalanmaydigan   jismlar   yo‘q.   Bunday   modeldan   foydalanib, 
qattiq jism kinematikasi va dinamikasidan bilimlar berish va ulardan amaliyotda 
foydalanishni o‘rganish.
Beruniy   Yerning   o‘z   o‘qi   atrofida   aylanishini   o‘zi   yasagan   asboblar 
yordamida isbotlandi va Yer radiusi 6490 km ga yaqin ekanligini aniqladi. Yer va 
boshqa   sayyoralarning   Quyosh   atrofidagi   harakatlari   ellips   shakliga   yaqinligi 
to‘g‘risida fikrlar yuritdi.
Tabiat   va   texnikada   juda   ko‘p   tarqalgan   takrorlanuvchi   jarayon   asosida 
tebranishlar va ularni hosil qilgan to‘lqinlar yotadi.
Bizning planetamizning hayotida ham tebranma harakat ro‘y beradi.  Tirik 
organizmda ham tebranish ro‘y beradi.
Fizikaviy tabiatga qarab tebranishlarning ikki turi bor. Tebranayotgan jism 
hamisha boshqa jismlar bilan bog‘liq va ular bilan birga tebranayotgan sistemani 
hosil qiladi.
Hozirgi zamon fizikasida tebranishlar fizikasi maxsus soha sifatida ajralib 
chiqqan bo‘lib, unda turli xil tebranishlar yagona nuqtai nazardan qaralib chiqiladi. 
Tebranishlar   fizikasining   xulosalari   mexanik   tebranishlar,   o‘zgaruvchan   tok, 
elektrotexnika va radiotexnikaning nazariy asosini tashkil qiladi.
Beruniy dengiz hamda ummon suvlarining ko‘tarilishi va pasayish sabablari 
to‘g‘risida fikrlar yuritdi.
4-mavzu. Mexanik to‘lqinlar. Tovush to‘lqinlari
Mexanik tebranishlarning elastik muhitda tarqalish jarayoni mexanik to‘lqin 
deb aytiladi.
Qandaydir sistema muhitda tebranma harakatda bo‘lsin. Muhit zarralari bir-
biri bilan bog‘langan bo‘lsa, tebranish harakat energiyasi sistemani o‘rab turgan 
muhit zarrachalariga beriladi va ularni tebranma harakatga keltiradi. Ana shunday 
tebranishlarning muhitda tarqalishi to‘lqinlar deb ataladi.
To‘lqinlar   tebranishlari   va   tarqalish   yo‘nalishining   o‘zaro   munosabatiga 
qarab ikki xil bo‘ladi.
Elastik   muhitda   tarqalayotgan   to‘lqinlar   chastotasi   16   Gs   dan   20000   Gs 
gacha bo‘lsa, bunday to‘lqinlarni inson eshitish organi – qulog‘i orqali sezadi va 
bo‘ylama mexanik to‘lqinlar tovush to‘lqinlari yoki tovush deb ataladi.
Abu Nasr al-Forobiyning tovush tezligi, tovushning to‘lqin tabiati. Tovush 
chastotasi,   tovush   to‘lqinning   uzunligi   haqidagi   fikrlari   va   ularga   asoslanib 
yaratilgan   musiqa   notasi   hamda   optikaga   oid   ko‘pgina   ishlari   fizika   fanining 
rivojlanishiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ladi.
5-mavzu. Gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasining asoslari
47

Molekulyar fizika va termodinamika ayni bir doiradagi hodisalarni, xususan, 
jismlardagi makroskopik jarayonlarni, ya’ni jismlar tarkibidagi ulkan miqdordagi 
atomlar va molekulalar bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalarni o‘rganadi.
Molekulyar   fizika   moddaning   atom-molekulyar   tuzilishi   haqidagi 
tasavvurlardan   kelib   chiqadi   va   issiqlikni   atom   va   molekulalarning   tartibsiz 
harakati deb qaraydi.
Jismlarning   ichki   xossalari   issiqlik   harakatiga   bog‘liq,   shuning   uchun 
issiqlik   harakatini   o‘rganish   jismlar   ichida   yuz   beradigan   ko‘p   jarayonlarni 
tushunib olishga imkon beradi.
Issiqlik   hodisalarining   qonunlari   kashf   etilishi   bu   hodisalardan   amalda, 
texnikada samarali foydalanishga imkon beradi.
Gazsimon, suyuq va qattiq holatdagi moddalarni o‘rganishda molekulyar-
kinetik nazariya asosiy nazariya bo‘lib qoldi.
Hozirgi   zamon   fanida   jismlarning   fizik   xossalarini   o‘rganishda   ikki   xil 
yondashishdan – termodinamik va molekulyar-kinetik usuldan foydalaniladi.
Hozirgi   zamon   texnikasida   ko‘pgina   jarayonlarda   ko‘chish   hodisasi 
kuzatiladi. Masalan, qandni ishlab chiqarishda – lavlagidan qandni hosil qilishni 
(ekstraksiya) diffuziya hodisasi ta’minlaydi.
Beruniy bo‘shliq, atmosfera bosimi, suyuqliklar gidrostatikasi, qor, yomg‘ir 
va do‘lning paydo bo‘lish sabablari to‘g‘risida fikrlar yuritdi.
Ibn Sino bo‘shliq va atmosfera bosimi, konveksiya, issiqlik uzatilishining 
turlari to‘g‘risida fikrlar yuritdi.
A.Eynshteyn,   polyak   fizigi   M.Smoluxovskiy   va   fransuz   fizigi   J.Perrenlar 
broun harakati atom hamda molekulalarning issiqlik harakati ekanligini isbotlab, 
molekulyar-kinetik   nazariya   asoslari   bo‘lgan   broun   harakatining   miqdoriy 
nazariyani yaratdilar.
Materiyaning   kinetik   nazariyasi   taraqqiy   etishi   L.Bolsman   tomonidan 
statistik mexanika – Bolsman statistikasining yaratilishiga olib keldi.
6-mavzu. Termodinamika asoslari
Termodinamika   termodinamik   muvozanat   holatida   turgan   makroskopik 
sistemalarning   umumiy   xossalari   va   bu   holatlar   orasidagi   o‘tish   jarayonlarni 
o‘rganadi.
Termodinamika   turli   issiqlik,   mexanik,   elektr   va   hokazo   jarayonlarda 
molekulalarning   issiqlik   harakati   tufayli   energiyaning   o‘zgarishi   va   bir   turdan 
ikkinchi turga aylanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Termodinamika fundamental qonun va tamoyillar asosida quriladi.
Termodinamika   asosida   insoniyatning   ko‘p   asrlik   tajribasi   natijasida 
tasdiklangan   ikkita   fundamental   qonun   yotadi.   Birinchi   qonun   energiyaning 
aylanish jarayonining miqdoriy va sifat tomonlarini tavsiflaydi. Ikkinchi qonun bu 
jarayonlarning yo‘nalishlari haqida fikr yuritishga imkon beradi.
Termodinamikaning   uchinchi   qonuni   entropiyaning   mutloq   qiymatini 
aniqlaydi, Nernstning issiqlik qonuni deb ham ataladi.
Bu   uchta   qonun   termodinamik   jarayonlarni   tahlil   qilish   va   turli   issiqlik 
mashinalarini hisoblashga imkon beradi.
48

Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni issiqlik hodisalari nazariyasining 
asosiy   qonuni   bo‘lib,   u   termodinamikaning   birinchi   bosh   qonuni   deb   ataladi. 
Termodinamikaning rivojlanishida S.Karno, R.Klauzius, U.Tomson, E.Klapeyron 
va   D.I.Mendeleevning   xizmatlari   katta   bo‘ldi.   S.Karno   issiqlikning   mexanik 
harakatga   aylanishini   aniqladi.   R.Klauzius,   U.Tomson   issiqlik   nazariyasining 
asosiy qonuni – termodinamikani ikkinchi bosh qonunini ta’rifladilar.
7-mavzu. Suyuqliklar. Qattiq jismlar
Moddalar   uch   agregat   (gaz,   suyuq,   qattiq)   holatda   bo‘lib,   ularning   fizik 
xususiyatlari holat parametrlari o‘zgarishi bilan bir-biriga o‘xshash bo‘lishi ham 
yoki tubdan farq qilishi ham mumkin.
Moddaning suyuq holati uning gazsimon hamda qattiq holatlari orasidagi 
oraliq holat bo‘lib, u ikkala holat bilan ma’lum o‘xshashliklarga ega bo‘ladi.
Suyuqlik sirtini tarang holati sirt taranglik deb ataladi.
Sirt taranglik moddaning suyuq holati uchun harakterli bo‘lgan hodisalarni 
tushuntiradi.
Suyuqlikning   egrilangan   sirti   ostida   ichki   bosimdan   tashqari   yana 
qo‘shimcha bosim ham vujudga keladi. Qo‘shimcha bosim kapillyar hodisalarda 
katta rol o‘ynaydi.
Ayrim suyuqliklar qattiq jismni ho‘llasa, boshqalarni ho‘llamaydi.
Ho‘llash va ho‘llamaslik hodisasi sanoatda  va turmushda katta ahamiyatga 
ega. Kapillyar hodisalar tabiat va texnikada katta rol o‘ynaydi.
Qattiq   jismlar   bir-biridan   ichki   tuzilishi   jihatdan   batamom   farq   qiluvchi 
kristall   va   amorf   jismlar   ko‘rinishida   uchraydi.   Qattiq   jismlar   asosan   kristall 
holatda bo‘ladi.
Tabiatda   kristall   holat   juda   ko‘p   tarqalgan.   Ko‘pchilik   qattiq   jismlar 
kristallardir.
Yangi   texnologiyalarning   rivojlanish   xususiyatlarini   turli   xil   fizik 
jarayonlarni boshqarish uchun mumkin bo‘lgan yangi materiallar va moddalarni 
olish bilan bog‘liqdir.
8-mavzu. Elektr maydon vakuumda. Elektr maydonida dielektriklar
Fizikaning harakatsiz elektr zaryadlar maydoni va ularning o‘zaro ta’sirini 
o‘rganadigan bo‘limi – elektrostatikadir. Harakatsiz elektr zaryadlar hosil qilgan 
elektr maydon elektrostatik maydon deyiladi.
Elektrostatikaning asosiy qonuni – Kulon qonuni. Elektr zaryadlarni o‘zaro 
ta’siri faqat elektr maydon orqali amalga oshadi.
Zaryadlangan har bir jismli elektr maydon o‘rab oladi.
Xizmat ko‘rsatish sohalarida, texnikada eng ahamiyatli materiallardan biri 
ham elektr o‘tkazmaydigan moddalar, dielektriklar.
Texnikada ishlatiladigan dielektriklar har xil. Ular tabiiy va sun’iy bo‘lishi 
mumkin.
Tashqi   elektr   maydon   ta’sirida   dielektrik   qutblanadi,   uning   sirtidagi   bir 
tomonda   musbat   ishorali   bog‘langan   zaryadlar,   ikkinchi   tomonda   esa   manfiy 
ishorali bog‘langan zaryadlar paydo bo‘ladi.
49

Tashqi maydon bo‘lmaganda spontan (o‘z-o‘zidan) qutblanish qobiliyatiga 
ega bo‘lgan moddalar bor, shu moddalarning barchasi segnetiklar deb aytiladilar.
Sharq olimi Ibn Sino yashin va yashinning turlari, momaqaldiroq hodisasini 
yoritishdi, fizika faniga katta hissa qo‘shdi.
18-asrda fransuz olimi Sh.Dyufe elektrning ikki turi mavjudligini aniqladi. 
G.Kavendish va undan mustasno Sh.Kulon qo‘zg‘almas elektr zaryadining o‘zaro 
ta’sir kuchini tajribada aniqladilar hamda matematik ifodasini topib, asosiy qonun 
– Kulon qonunini ochdilar.
Rus   fiziklari   G.Rixman,   M.V.Lomonosov   va   amerikalik   olim   B.Franklin 
atmosferada hosil bo‘ladigan elektr, yashinning tabiatini tushuntirib berdilar.
Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin