Muammoning o’rganilganlik darajasi: O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning tarkib topishi va ijtimoiy tuzumlar asosida uning rivojlanishiga doir mukammal ishlangan o’quv qo’llanmalar darslik deyarli yo’q. R.Ismoilov va Yu.Sholomitskiy ilk bor (1968) «O’zbekistonda fizkultura tarixi»o’quv qo’llanmani yaratgan. Unda qadimgi ajdodlarimizning jismoniy tarbiyasi haqida jiddiy ma’lumotlar uchramaydi. X.A. Botirov (1993) va A.K. Akramov (1997) «Jismoniytarbiya va sport tarixi» ommabop va o’quv qo’llanmalarida ajdodlarimiz jismoniy madaniyati to’laqonlik bilan mazmun topmagan. R.Abdumalikov, J.E. Eshnazarov «Ajdodlar jismoniy madaniyati tarixini o’rganish masalari» (1993) o’quv qo’llanmasida asosan xalq og’zaki ijodi durdonalari, tarixiy muzeylardagi ashyolar, Rossiya olimlarining tadqiqotlari natijalaridagi ba’zi ma’lumotlarga tayangan holda mazkur muammoga ozroq bo’lsada, oydinlik kiritilgan.
Kurs ishining maqsadi: Jismoniy madaniyatning umumiy amaliy kasb samaradorligi, kishida har tomonlama rivojlangan jismoniy sifatlar va harakat kònikma,malaka boyligini oshirish.Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati rivojlanish davrlarini òrganish.
Kurs ishining ob’yekti: Jismoniy tarbiya nazariyasining rivojlanishiga hissa qòshgan olimlarning olib borgan tadqiqot izlanishlari natijalari.
Kurs ishining predmeti: Jismoniy tarbiya nazariyasing rivojlanishidagi olib borilgan izlanish yòllari,maqsadlari.
Kurs ishining vazifalari: Jismoniy tarbiya va sport tarixini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida erishilgan yutiqlarni, O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixini, usullari va vositalarini, shakllarini, hamda eng ilg’or tajribalarda foydalanishni o’rgatishdan iborat.
Kurs ishining metodlari: Muammoga oid malakaviy ishlar va adabiyotlar tahlili, ekspert bahosi, pedagogik eksperiment, semantik defferentsial umumlashtirish, pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalariga matematik statik ishlov berish.
Kurs ishining metodologik asosi: Òzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Òzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qonun va farmonlari, ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi",R.Ismoilov va Yu Sholomitskiy ilk bor (1968) ,,Òzbekistonda fizkultura tarixi" òquv qòllanmasi, Jismoniy tarbiya va sport tarixi fanini òrganishda mutaxassis olimlar RI.Ismoilov, Yu.S.Sholomitskiy, R.Abdumalikov, J.T.Toshpòlatov, A.K.Akramov, H.A.Botirov kabi tadqiqotchilarning natijalariga asoslanildi.
Dostları ilə paylaş: |