O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti kattaqo’RG’on filiali maktabgacha ta’lim yo’nalishi pedagogika va maktabgacha ta’lim kafedrasi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan


Guruh xonalari uchun sport va o’yin jihozlari



Yüklə 48,02 Kb.
səhifə6/8
tarix13.05.2023
ölçüsü48,02 Kb.
#112917
1   2   3   4   5   6   7   8
G’iyosiddinova Feruzabonu

2.2. Guruh xonalari uchun sport va o’yin jihozlari


Guruh xonalarida o’yinlar o’ynash uchun alohida jismoniy tarbiya jihozlari to’plami bo’lishi kerak. Bu, ayniqsa, kichik va o’rta guruh yoshidagi bolalar uchun juda muhimdir. Yosh bolalar uchun guruhlarda, (kichik guruh) uchun maydonlardan tashqari, ularning yoshiga qarab, yasama «tog’» va zinapoyali attraksion, zinapoyalar, gimnastika devorining ikki yoki uchinchi balandlikdagi ustunlaridan foydalanish uchun mustahkam o’rnatilishi juda muhim. Bu yerda taxtadan yasalgan buyumlar silliq va yaltiroq yuzaga ega bo’lishi kerak. Shuningdek guruh jihozlari qutilar, savat, massaj izlari va yo’lakchlar, shuningdek, to’plar, koptoklar, halqalar, arg’imchoqlar, o’yin uchun atributlarto’plamlari va h.k.z. tashkil topadi. Yumshoq atributlar bolalar uchun juda qulay va xavfsizdir. Har xil modullar, roliklar, veloyo’laklar, kublar, fitbollar, barcha turdagi o’yinchoqlar, harakatlanuvchi arg’imchoqlar bolalarni mashg’ulotga qiziqishini oshiradi.
Katta yoshdagi bolalar guruhlarida kichik jihozlari, (to’plar, arqonlar, tayoqchalar, kubiklar va h.k.) dan tashqari harakatli va sport o’yinlarini (keglilar, skuterlar, arg’imchoqlar, badminton, basketbol, stol tennisi va h. k.) tashkil etish uchun asbob-uskunalar va anjomlarga ega bo’lish lozim. Ushbu jihozlardan bolalar mashg’ulot paytida o’yin va mashqlarni mustaqil bajarishlari mumkin. Bolalar uchun guruh, yechinish xonalarida bo’sh ochiq joy qolishi kerak. Guruh xonasiga
gimnastika devori o’rnatilsa, bolalar uchun turli sport mashqlarini bajarishi uchun imkoniyat yaratiladi. Bolalarning bo’yi uzunligiga mos balandlikda basketbol shiti o’rnatiladi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, ushbu uskunalarda o’yinlar va mashqlar jarayonida barcha guruh yoshdagi bolalar uchun mutaxassis tomonidan nazorat qilinishi kerak.

  • Guruh xonasi uchun sport jihozlarining taxminiy ro’yxati

  • Gimnastika devori balandligi 1,5 m; uchun devorning poldan balandligi 20 sm.

  • 1,5 m uzunlikdagi gimnastika turnigi

  • Narvon.

  • Mat

  • Arqon (qalin)

  • Gimnastik devori 2 m balandlikda.

  • Koptok, uloqtirish uchun devorga osilgan setka,

  • Stol tennisi va koptoklar.

  • Badminton - raketka, volanlar, to’r.

  • Basketbol shiti va to’r.

  • Voleybol va to’r.

  • Sun’iy tog’lar

  • Har xil o’lchamdagi to’plar.

  • Stol tennis uchun raketka, koptok, taxta.

  • Qo’lda yasalgan o’yinchoqlar.

  • Arqonlar (bolalar bo’yiga mos).

  • Kichik qo’llanmalar: xalqa, keglilar, bulavalar, lentalar, bulavalar, gimnastik tayoqlari, va boshqalar.

  • Qumxaltalar

  • Arg’imchoqlar

  • Bayroqchalar va h.k.z




Yüklə 48,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin