O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti kattaqo’RG’on filiali maktabgacha ta’lim yo’nalishi pedagogika va maktabgacha ta’lim kafedrasi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan


II-BOB. JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARIDA INVENTAR VA JIHOZLARDAN FOYDALANISH



Yüklə 48,02 Kb.
səhifə5/8
tarix13.05.2023
ölçüsü48,02 Kb.
#112917
1   2   3   4   5   6   7   8
G’iyosiddinova Feruzabonu

II-BOB. JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARIDA INVENTAR VA JIHOZLARDAN FOYDALANISH

2.1 Sport zali uchun jihozlar va inventarlar

Qoida tariqasida, sport anjomlarining aksariyati sport zallarida ishlatiladi. Uskunani ishlatish samaradorligi, holati uni oqilona joylashtirish orqali sezilarli darajada yaxshilanadi. Turli xil jihozlarning joylashishi ularning hajmi va maqsadiga bog’liq. Shunday qilib, gimnastika devori mustahkam ravishda o’rnatilib, devorga mahkam bog’lanishi muhim. Iplar, tirgaklar, arqonlar maxsus asboblar yordamida shiftga o’rnatiladi. Gimnastika skameykalari, katta hajmli to’plar, kublar, o’rindiqlar xonaning devorlari bo’ylab joylashtiriladi.


Kichik mashq jihozlari - koptoklar, qoplar, kichik to’plar, kublar - bo’limli tokchalarga, maxsus javonlarga, sport zalining devorlari bo’ylab joylashgan shkaflarga joylashtirish tavsiya etiladi. Xalqa, arqon, sakrash arqonlari zalning turli joylarida devorlarga maxsus ilgaklar, ilmoqlarga osib qo’yiladi. Jihozlar bolalarning samarali foydalanishi uchun, bir-biriga aralashmasdan har bir jihozlarning hajmi, geometrik shaklidan kelib chiqib joylanadi. Zalning o’rtasini erkin qoldirish kerak. U mutaxassis va bolalar tomonidan tashkil etilgan o’yinlar va mashg’ulotlar uchun xalaqit bermasligi zarur.
Bugungi kunda zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va materiallari zamonaviy jismoniy tarbiya zali ko’rinishini o’zgartirishga imkonini yanada oshirmoqda.
Suzish uchun jihoz va uskunalar
Hovuzda suzishni uchun o’rgatish bo’yicha bolalarga mashg’ulotlarni tashkil qilishda suvda suzish va bolalarni xavfsizligini ta’minlaydigan himoya jihozlari bo’lishi kerak. Ular qutqaruv ballonlari, qutqaruv jaketlari, sayoz yo’laklar, uzun arqon va boshqalar vositalarni tashkil etadi.
Suvda turli mashqlar va o’yinlarni o’tkazish uchun suzish bo’yicha mashg’ulotlarni samarali tashkil etishda turli xil inventarlar va o’yinchoqlar bo’lishi kerak. Bu quyidagilarni o’z ichiga oladi: o’yinchoq qayiqlar, (rezina doiralar, to’p, baliq, timsohlar, va boshqalar shaklidagi o’yinchoqlar), qalin kauchuk kichik o’yinchoqlar (suv ostida, ularni qidirish uchun), suvga botirsa ham cho’kmaydigan o’yinchoqlar va boshqalar. Bunday qiziqarli o’yinchoqlar soni hovuzda bir vaqtning
o’zida ishtirok etadigan bolalar soniga mos kelishi kerak. Ular rangli, yorqin, bolalarni suv mashg’ulotiga jalb qila olishi lozim.
Bundan tashqari, hovuzda xona va suvning tegishli sanitariyagigiyena holatini, haroratini nazorat qilish va saqlab turish imkonini beradigan qurilmalar bo’lishi kerak.



Yüklə 48,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin