2-mavzu. Ijtimoiy ishdagi tadqiqot dasturi va uning tarkibiy elementlari Dastur Ijtimoiy ishdagi tadqiqotning asosiy xujjati sifatida. Dastur yangi sosial bilim olishning yo’llari, yondashuvlarini nazariy ishlab chiqish sifatida. Dastur tushunchasi, Ijtimoiy ishdagi tadqiqotda uning o’rni va ahamiyati. Dastur vazifalari: metodologik, metodik, bashoratga oid, tashkiliy-texnologik. Dastur mazmuni: Ijtimoiy ishdagi tadqiqotning metodologik, metodik, tashkiliy rejasi. Tadqiqotning 2 turi va ularga mos keladigian dasturlar: 1) nazariy-amaliy, 2) amaliy. Dastur tuzishning qat’iy qo’yilgan bosqichlari. Ijtimoiy ishdagi tadqiqot dasturi strukturasi: nazariy-metodologik va tashkiliy-metodik (prosedurali) qism. Dasturning nazariy-metodologik qi. Nazariy-metodologik qism bosqichlari: I. Muammo qo’yish va uni asoslash, II. Tadqiqot maqsad va vazifalarini aniqlash, III. tadqiqot obyekti va predmetini aniqlash, IV. Asosiy tushunchalarni aniqlash va ularning interpretasiyasi. V. Obyektni oldindan tizimli tahlil qilish. VI. Ishchi faraz (gipoteza) ni ilgari surish. Dasturning tashkiliy-metodik qismi: Ketma-ket va tashkiliy harakatlarni asoslash. Tadqiqotning strategik plani (rejasi). Kuzatish birliklarni tanlash tizimini asoslash. Ma’lumotlar yig’ish va olingan natijalarni tahlil qilish proseduralarini tanlash. Tanlash (tanlash) hajmi va xarakteri. Tadqiqotning obyekti va predmetiga qarab Ijtimoiy ishda ma’lumotlar yig’ish metodlarini tanlash. Dastur tuzishga qo’yiladigan talablar. Dasturga turli sosiolog olimlarning qo’yadigan talablari. Tadqiqot obyekti va ma’lumotlarni yig’ish metodlarini oldindan tasvirlash - Ijtimoiy ishdagi tadqiqot dasturini tuzishga qo’yiladigan asosiy talab sifatida. Dasturning asosiy tarkibiy elementlari - tadqiqot muammosi, maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, gipotezasi, operasional tushunchalari, tanlash prosedurasi va ma’lumotlar bilan ishlash metodlari kompozisiyasining moslashuvchanligi - tadqiqot izlanishining o’zgaruvchanligini aks etishi sifatida. Dasturga qo’yiladigan talablar: 1. Dasturning zarurligi. 2. Dasturning tadbiqiyligi . 3. Mantiqiy ketma-ketlik 4. Dasturning moslashuchanligi. Dastur tuzishning 2 bosqichi: 1-maqsad va vazifalarni aniqlab olish, gipotezalarni tuzish. 2-dala tadqiqoti dasturi tuzishda uchraydigan tipik xatolar va pilotaj tadqiqotda ularni bartaraf etish imkoniyatlari.