O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Seleksion materialni baholash usullari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/69
tarix09.06.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#127302
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69
Seleksion materialni baholash usullari. Kartoshka ekini seleksiyasida 
duragaylarni kasalliklarga, zararkunandalarga, tashqi sharoitning noqulayliklariga 
chidamliligini va tuganaklarning sifatini baholash katta ahamiyatga ega.
Kasalliklarga 
chidamliligiga 
qarab 
baholash. 
Virus 
kasalliklariga 
chidamlilikni urugʻ koʻchat (maysaning) dastlab oʻsa boshlaganidan aniqlash 
mumkin. Buning uchun urugʻ koʻchatlar sun‘iy ravishda maxsus pistolet – 
purkagich bilan (10 – 15 sm masofadan virus ―X‖ va ―Y‖ viruslarning inokulyum 
bilan zararlantiriladi, ya‘ni inokulyasiya qilinadi. Inokulyasiya qilingandan soʻng 
urugʻ koʻchatlar suv bilan purkalib, barglardagi qurib qolgan inokulyum qoldiqlari 
qolmasligi uchun yuvib quyiladi. 7–10 kundan keyin ular issiqxonadan dalaga 
chiqarib qoʻyiladi. Tashqi belgilariga qarab inokulyasiya oʻtkazilgandan keyin 
o`simliklar 1,5 – 2 oy davomida bir necha marta brak qilinadi. Keyin sogʻlom 
oʻsimlikliklar serologik usulida baholanib, zardob bilan ijobiyreaksiya berganlari 
chiqarib tashlanadi (brak qilinadi).
Mexanik shikastlanishga chidamliligiga qarab baholash. Bunday baholash 
ikkinchi yil duragaylarini pitomnigidan boshlab har yili oʻtkazilishi kerak. Avval 
laboratoriya usuli qoʻllanib, maxsus moslama yordamida (PDP – pribor 
dinamicheskoy prochnosti), keyinchalik esa, asosan konkurs sinovida – dalada 
mexanikaviy yigʻish orqali baholanadi. Kovlash kuni tuganaklarni tashqi 
koʻrinishiga qarab (poʻstining shilinishi, etini ochiq qolishi, tuganakning yorilishi), 
10 – 20 kundan keyin, 16 – 18
0
S saqlangan, tuganaklarni ichki shikastlanishlariga 
(tuganak magʻzining qora rangli boʻlib qolishiga) qarab baho beriladi.
Tuganaklar sifati. Bu xususiyat bir necha koʻrsatkichlarga: tuganaklarning 
shakli, koʻzchalarning joylashishi (chuqur, yuzali), poʻstining va etining rangi
ta‘mi kraxmal, oqsil, vitaminlar miqdoriga bogʻliqdir. Birinchi beshta belgi koʻz 
bilan chamalab baholanadi. Kraxmal, oqsil, vitaminlar esa laboratoriya usullari 
orqali aniqlanadi.
Tuganaklarning bir xilli (bir shaklli) ligini tuzning suvdagi eritmasi 
yordamida, tuganaklarning etining qorayib ketishini ularning kesimidan bilish 


34 
mumkin. Tuganaklarning ozuq – ovqatga yaroqliligi, tuganakning pishirishdan 
soʻng qattiqligi, unsimonligi (ezilib ketuvchanligi), yopishqoqligi, suvliligi, ta‘mi, 
hidi, va tuganak pishirgandan keyin tuganak eti rangining qorayib ketishi kabi sifat 
koʻrsatkichlari degustasiya vaqtida aniqlanadiKartoshka navlarining tuganaklarni 
uzoq vaqt saqlanib, oziq – ovqat sifatlarini yoʻqotmaslik xususiyatlarini baholashi 
ikki marta oʻtkaziladi.Birinchisi yigʻib olingandan 1 – 2 oy keyin, ikkinchisi 
kishning oxiri–bahorning boshlanishida, tuganaklarning oʻsa boshlashidan oldin.
Tuganaklarni chipsi tayyorlashga yaroqliligi. Bu usul laboratoriya sharoitida 
tuganak tarkibida reduksiyalashgan qandlar miqdori va chips sifatiga qarab 
oʻtkaziladi. Qand miqdorini aniqlash xromotografik ekspress usulida oʻtkaziladi. 
Kartoshka navlari tuganaklarini chipsga yaroqliligi namunalarni ikki xafta 
davomida 23
0
S haroratda rekondisionlashtirgandan keyin aniqlanadi. Kartoshka 
tuganaklari 1,1 – 1,2 mm qalinlikda kesilib 160–180S

haroratida 2 minut 
davomida yog`da qovuriladi. Tayyor boʻlgan chipslar sifatini tuqqiz balli shkala 
boʻyicha baholaydilar.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin