Urugʻchi tuguncha, naycha va tumshuqchadan tashkil topgan. Urugʻchi
tumshuqchasi shakli va rangi boʻyicha kartoshka navlari bir biridan keskin
farqlanadi. Tuguncha oval, noksimon va oraliq holatda boʻladi. Uchining rangi
tuganakning rangi bilan toʻgʻri bogʻlanishda, ya‘ni tuguncha rangsiz boʻlsa,
tuganak oq rangda boʻladi.
Bargi kartoshkaning muxim nav belgisi hisoblanadi. U chuqur kesilgan
toqpat- simon boʻlib, barg bandi, oʻqi, unda joylashgan oxirgi (uchki ) boʻlak 3-7
juft yon barglar va ular orasida joylashgan oraliq boʻlakchalardan tashkil topgan.
Barg boʻlaklari yirikligi va shakli e‘tiborga olinadi.
Oxirgi ( uchki) barg boʻlagi asosining shakli yuraksimon, ponasimon va
oraliq koʻrinishda boʻlishi ham nav belgisi hisoblanadi. Kartoshkada birinchi juft
yon boʻlaklari plastinkasi enining boʻyiga nisbati (barg indeksi) boʻyicha
farqlanadi. Barg boʻlakchalarining yirikligi, shakli, joylashishi boʻyicha navlar
bir-biridan farq qiladi.
Bargning kesilganlik darajasi ya‘ni boʻlak va boʻlakchalari qancha koʻp
boʻlsa kuchli kesilgan, aksincha kam boʻlsa kuchsiz kesilgan, oʻta zich joylashgan
boʻlsa zich barglangan deyiladi. Barg rangi och, toʻq yashil boʻladi.
Poyasining soni, qirraliligi, balandligi, shoxlanishi va ranglanganligi bilan
harakterlanadi. Poya soni boʻyicha koʻp va kam poyali, uch va koʻp qirrali,
shoxlanmaydigan, kuchsiz oʻrtacha va kuchli shoxlanuvchan poyali navlar boʻladi.
Kartoshka tupi barglanganligiga qarab, kuchli, oʻrtacha, kuchsiz barglangan
boʻladi. Koʻrinishi boʻyicha uyumli, yarimtarqoq va tarqoq (sochma) tupli shaklga
ega.
Tuganakeng muxim nav belgilaridan biri boʻlib, rangi, shakli poʻstining
xarakteri, koʻzchalar soni, chuqurligi, magʻzining rangi kabilar bilan ta‘riflanadi.
Tuganak rangi oq, qizil, binafsha, koʻk binafsha, och qizil, dogʻli, shakli
yumaloq, oval, uzunchoq, tuxumsimon, yumaloq oval, uzun oval kabi shakllarda
boʻladi. Tuganak poʻsti silliq toʻrsimon, magʻzi esa oq, sariq, oq sargʻish rangda
boʻladi.
Koʻzchalar sonining koʻp - kamligi ham nav belgisi hisoblanadi.
37
Tuganaklarning uyada joylashish xarakteri– stolonlar uzunligiga qarab
uyada gʻuj, tarqoq joylashadi. Bu esa muhim nav belgisi boʻlib, u navning
mexanizatsiyaga moslashganligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |