Kleyton Qonuni (Закон Клейтона / Clayton Act) – 1914 yilda qabul
qilingan
AQShning
antitrest
federal
qonunining
to‘ldiruvchisi. Narx
diskriminasiyasi, amaliyotda raqobatning cheklanishiga va monopoliyaga olib
keluvchi tijorat, qimmatbaho qog‘ozlarni harid qilish faoliyatiga barham berishga
qaratilgan.
Konglomerat (конгломерат / conglomerate) – bosh kompaniyasi faoliyati
an‘anaviy tarmoq bilan texnologik va ishlab chiqarish aloqalari mavjud bo‘lmagan
yirik korporasiyalarning tarmoqqa kirib kelishiga asoslangan birlashma.
Konsern (Концерн / Concern) – turli tarmoq korxonalarining umumiy
boshqaruv va moliyaviy maqsadlarda birlashuvidan iborat monopolistik tuzilma.
Lerner koeffisiyenti (коэффициент Лернера / Lerner index)
tovar
narxi va uni ishlab chiqarishga sarflangan marjinal xarajatlar o‘rtachidagi farqning
narxga nisbati.
Linda koeffisiyenti (
коэффициент Линда / Linda index)
bozordagi
yetakchi ta‘minotchilar o‘rtasidagi raqobat darajasini aniqlovchi ko‘rsatkich.
MERKOSUR (МЕРКОСУР / Mercado Comun del Sur)
Janubiy
Amerika iqtisodiy integrasiyasi
Mijozlarga yo’naltirilganlik (клиентоориентированность / customer focus)
kompaniyaning mijozlar bilan bitim tuzishi, takroriy bitim tuzishi va
doimiy hamkorlik qilishi asosida foydani oshirishga qaratilgan strategiya.
Milgrom-Roberts modeli (модлеь Милгром-Робертца / Milgrom- Roberts model) – axborot assimetriyasiga asoslangan bo‘lib, unga ko‘ra yetakchi
firma ulkan ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lganligi bois mahsulotlarga past
narx belgilaydi.
Modilyani modeli (модель Моделяни /