Monopolistik faoliyat (монополистическая деятельность / monopolistic action)
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, davlat boshqaruvi
organlari va mahalliy davlat xokimiyati organlarining monopoliyaga qarshi kurash
haqidagi qonun xujjatlariga xilof bo‘lgan, raqobatga yo‘l qo‘ymaslikka, uni
cheklash yoki bartaraf etishga qaratilgan harakatlari yoki harakatsizligi.
Mudofaa strategiyasi (оборонительная стратегия /defensive strategy)
xatar darajasining pastligi va ilmiy-texnik ishlanmalar texnik darajasining
yuqoriligi hamda aniq bozor ulushini egallash.
Muzokaralar pozisiyasini suiiste’mol qilish (злоупотребление позиции переговоров /abuse of the negotiating position) – yetkazib beruvchi sotib
oluvchini manfaatini ko‘zlamagan holda kontraktga insofsiz yoki o‘z mavqyeini
suiiste‘mol qiluvchi shartlarni kiritishi.
Mukammal (yoki sof) raqobat (совершенная конкуренция /perfect competition)
bozorda bozordagi narxga ta‘sir eta olmaydigan va monopol
mavqyeidan foydalanib, bozordagi ishtirokchilarni o‘z izmiga yurita olmaydigan
sotuvchilar va haridorlarning soni juda ko‘p miqdorda bo‘lishi bilan izohlanuvchi
vaziyat. Bu sharoitda kurash doirasi juda keng bo‘lib, mavjud tarmoqqa kirish va
undan chiqish hamda ushbu tarmoq to‘g‘risida axborot olish erkinligi
kafolatlangan bo‘ladi.
Mutloq (sof) monopoliya (чистая монополия / absolute monopoly)
xo‘jalik yurituvchi subyekt tovar bozorida yagona sotuvchi yoki haridor bo‘lgan
vaziyat.
Narx sohasida kamsitish (ценовая дискриминация /price discrimination) – yetkazib beruvchi teng sharoitlarda turli tomonlardan turlicha
haq olishi. Mahsulot yetkazib beruvchining boshqa sharoitlar teng bo‘lgani holda
o‘z mahsulotini muayyan bir haridorga boshqa haridorlarga nisbatan yuqoriroq
yoki pastroq narxda sotishi.