b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI
11.2. Mahsulot va xizmatlar differensiasiyasi ―Differensiasiya‖ atamasi keng tushuncha bo‘lib, tovarning boshqa tovardan
farq qiluvchi har bir elementini o‘zida aks ettirishi mumkin
91
. (har doim tovarlarni
rangi, sifati, fasoni, o‘lchami va shu kabilar.). E. Chemberlin, differensiasiyani
«oson farqlanuvchi yoki juda katta tafovutga ega mahsulotlar‖ deb tariflagan
92
.
Mahsulot differensiasiyasi ―sifatga, rang yoki uslubga oid o‘ziga xos xususiyatlar,
mahsulotning sifati o‘zgarishi bo‘yicha variasiyalashuvi, ―yangi qadog‘i yoki
o‘rami‖ kabi belgilar orqali ham vujudga kelishi mumkin.
Monopoliya kelgusida mahsulot sifatining ortishiga yoki mahsulotning
differensiallashuviga olib kelmaydi. Monopoliya raqobatlashuvning narxga bog‘liq
jihatidir. E.Chemberlin ham shunga asosiy urg‘u berib o‘tgan holda
differensiallashuvning
sifat
bo‘yicha
raqobatlashuv
deb
hisoblaydi.
Differensiallashuv haqida gap ketganda «monopolistik raqobat‖ atamasi ham keng
qo‘llaniladi. monopolistik raqobat sifat bo‘yicha raqobatlashuv bo‘lib, ishlab
chiqaruvchilar mahsulotning sifati bo‘yicha raqobatlashishini anglatadi. Bunda
hyech qanday monopoliya haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek,
differensiasiya bazaviy tovarga xos bo‘lib, ehtiyojni qondirishi mumkin bo‘lgan
bazaviy tovarlar o‘zaro raqobatlashishini anglatadi.
Differensiallashuv natijasida tovarlar sifati turlicha bo‘lishi, mahsulotning
o‘zi turlicha bo‘lishi yoki differensiallashgan bo‘lishi mumkin.
Iste‘molchilar talabi mahsulotning nafaqat bazaviy xususiyatlari bo‘lishini,
balki mustaqil holda mavjud bo‘lmaydigan xususiyatlari bo‘lishini ham talab etadi.
Natijada tovarlarning aynan shu xususiyatiga talab shakllanadi. Masalan,
Colgate tish pastasining yangi
Colgate Total 12 markasi aynan davolash xususiyati
mavjudligi bilan farq qiladi.
Mahsulot
differensiallashuv
darajasi
bazaviy
tovarga
kiritilgan
qo‘shimchalarga bevosita bog‘liqdir. Ya‘ni: 1) yangi qo‘shimcha xususiyat
kiritilishi natijasida bazaviy tovar sifatining o‘zgarishi;
2) iste‘molchilarning qo‘shimcha ehtiyojlarini qondirishi mumkin bo‘lgan
qo‘shimcha xususiyatlarga talabning ortishi;
3) qo‘shimcha xususiyatlarga bo‘lgan talabning barqarorligi va hajmi.
91
Мокроносов, А. Г. Конкуренция и конкурентоспособность : учебное пособие / А. Г. Мокроносов,
И.Н.Маврина. – Екатеринбург : Изд-во Урал ун-та, 2014. – 194 с. -16 б
92
Самуэльсон П.Э. Монополистическая конкуренция революция в теории // Теория фирмы. Серия «Вехи
экономической мысли» / под. ред. В.М. Гальперина. СПб.: «Экономическая школа», 1995. Вып. 2. С. 357 с