165
4)
Imitator korxonalar o‘z biznesini raqbatlantirish uchun yetarli darajada
moliyaviy resurslarga ega.
4.
Raqobat xatarining pasayishi bo’yicha.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan
imitasiya strategiyalari bozor nishasini o‘zlashtirishga qaratilgan ―hujumkor‖
xususiyatga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida himoya maqsadlarida ham qo‘llaniladi.
Imitasiya strategiyasi innovator tomonidan tarmoqqa kirishdagi to‘siqlar orqali
himoyalanish xususiyatiga ega
87
.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 26 dekabrdagi ―2017-2019
yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab
chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom
ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarori mahalliylashtirish ko‘lamini yanada
kengaytirishga xizmat qilmoqda. Qaror bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq,
kelgusi ikki yilda mamlakatimizda 3 milliard 400 million dollarlik qariyb 1 ming
150 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda jahon bo‘yicha yangiliklar kiritish orqali modernizasiya
qilingan ishlab chiqarish 88% ni tashkil qiladi va imitasiya xususiyatiga ega.
Boshqacha qilib aytganda narxga bog’liq bo’lmagan raqobat
imitiasiya raqobati hamdir.
Muvaffaqiyatli imitasiya odatda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar uchun
xos. Bunda korxonalar transport xarajatlarini asosiy narx ustamasi hisoblanadi.
shuningdek, import mahsulotlar tashqi bozorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
mahalliy sharoitlarga yetarli darajada moslashtirilmagan bo‘ladi. Shuning uchun
ularni tezda o‘zlashtirish va mahalliylashtirish dasturi asosida ishlab chiqarishni
yo‘lga qo‘yish mumkin.
Dostları ilə paylaş: