109
ishtirok etsa, ularning faoliyati monopoliyaga xos bo‘ladi va bozorda yetakchi
korxona modeliga bo‘ysunadi.
Narx bo‘yicha peshqadamlikning muhim jihati shundan iboratki, yetakchi
korxona tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga naxni belgilaydi, raqobatchi
korxonalar shunga asoslanib o‘z narxlarini o‘rnatadilar. Yetakchi korxona o‘z
raqiblariga mahsulotlarni o‘zlari uchun nafli bo‘lgan narxda sotish imkoniyatini
berganligi uchun narxni pasaytirish uchun hyech kim manfaatdor emas. Aksincha
raqobatchi korxonalar narxni oshirgudek bo‘lsalar bozor ulushini yo‘qotadi. Bu
shuni ham anglatadiki, tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulot yuqori darajada
standartlashganligi bilan ham ajralib turadi. Raqobatchi korxonalar mahsulotining
sifati bir muncha past bo‘lsada, yetakchi korxona hisobiga bozor ulushiga ega
bo‘ladi. Bu kabi strategiyadan ko‘pgina koreya, gonkong firmalari taniqli yevropa
va yaponiya brendlari nomidan foydalanish orqali qo‘llaydi.
Dostları ilə paylaş: