O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universisteti



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/63
tarix18.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#144996
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63
 
 


31 
3-MAVZU:
MODERNIZM VA O‘ZBEK ADABIYOTI,
UNING XUSUSIYATLARI 
Reja: 
1.Modernizm adabiy oqimi to‗g‗risida umumiy tushuncha. 
2.Modernizm va Istiqlol davri o‗zbek adabiyoti. 
3.Moderin ijodkorlarining hayotni anglash jarayoni. 
4.Modernizim va adabiy-tanqidiy qarashlar talqini. 
5.Modernizim adabioy oqimimning eng xarakterli 
jihatlarining adabiy jarayondagi o‗rni. 
Modernizm juda rang-barang va murakkab falsafiy-estetik 
hodisa bo‗lib, u inson (ijodkor) ijtimoiy, siyosiy, psixologik, 
falsafiy, badiiy-estetik tafakkur tarzidagi jiddiy o‗zgarishlar 
negizida maydonga kelgan. 0 ‗zgarishlaming salmog‗i g‗oyat 
og‗ir tosh bosadi. U badiiy tafakkur shaklidagi o‗zigacha 
mavjud bo'lgan an‘anaviy qarashlami inkor qiladi. Modernizm 
haqida prof. D. Quronov (va boshq.) tayyorlagan lug‗atda 
shunday deyiladi: ―MODERNIZM (fi.modeme - eng yangi, 
zamonaviy) - XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ommalashgan 
termin, san‘at va adabiyotda dekadansdan keyin maydonga 
chiqqan norealistik oqimlaming umumiy nomi sifatida 
tushuniladi... M. o‗tgan asr oxirlaridan boshlab maydonga 
chiqqan, ijodiy dasturlari va ijod amaliyoti jihatidan turli-tuman 
adabiy maktab va yo‗nalishlar {ekspressionizm, impressionizm, 
simvolizm, akmeizm va b.) o‗ziga asos bilgan estetik tizim, 
ijodiy metod sifa253 , tida tushuniladi. M. doirasidagi maktab va 
oqimlar nechog'li turfa bo‗lmasin, ularni immmlashtiruvchi 
qator nuqtalar mavjud. Awalo, dimyoqarash jihatidan ular 
nafaqat XIX asrda ommalashgan pozitivizm, balki asrlar 
davomida shakllangan an‘anaviy xristian dunyoqarashidan ham 


32 
deyarli uzilib, F.Nitsshe, Z.Freyd, A.Bergson, U. Jeyms kabi 
mutafakkirlar qarashlaridan oziqlanadi. Shunga mos tarzda M. 
yo‗nalishidagi maktab va oqimlarning aksariyati adabiy-
madaniy an‘analami ham turli darajada inkor qiladi va yangi 
davrga mos yangi adabiyot yaratish da‘vosini olg‗a suradi... 
M.ga xos umumiy xususiyatlardan biri shuki, u obyektiv 
voqelikning tasviri o‗rniga uning ijodkor tasawuridagi badiiy 
modelini yaratishni maqsad qiladi. Ya‘ni bu o‗rinda voqelikni 
aks 
ettirish 
emas, 
ijodkorning 
o‗zo‗zini 
ifodalashi 
(ekspressionizm) 
ustuvor 
ahamiyat 
kasb 
etadi. 
Ijodda 
subyektivlikning oldingi o‗ringa chiqarilishi, mantiqiy bilishdan 
intiutiv bilishning yuqori qo‗yilishi, inson ichki olamida 
kechuvchi tizginsiz evrilishlarga ayricha e‘tibor berilishi (ong 
oqimi), ijodkor shaxs ijodiy tajxayyuli va u aks ettirgan 
voqelikning betakror hodisa sifatida tushunilishi, o‗z o‗y-
hislarini hech qanday (ma‘naviy, axloqiy, siyosiy va h.) 
cheklovlarsiz ifodalash huquqining e‘tirof etilishi ham M.ga xos 
xususiyatlardandir. Ijodiy erkinlik nafaqat g‗oyaviymazmuniy, 
balki shakliy izlanishlarda ham mutlaqo daxlsiz. M. asrlar 
davomida shakllangan adabiy kanonlami inkor qiladi va har 
qanday normativlikka qarshi {futurizm) turadi. Bu hoi M.dagi 
badiiy obraz strukturasi, asarning subyektiv va obyektiv 
tashkillanishi, bay on tarzi, sujet-kompozitsion qurilishi, til 
xususiyatlari - xullas, adabiy asarning barcha sathlarida shakliy 
o'ziga xosliklami yuzaga keltiradi‖37. Manbalar (masalan, 
―Madaniyatshunoslik‖ o‗quv qo‗llanmasi) aytadiki, modem 
istilohining paydo bo‗lganiga 1000 (ming) yildan ko‗proq vaqt 
bo'lgan. Modem so‗zi ―...ilk bor milodiy V asrda qo'llangan 
bo‗lib, rasmiy maqom egallab borayotgan zamonaviy 
masihiylikni o‗tmishdagi majusiy Rimdan ajratish uchun 


33 
qo‗liana 37 Adabiyotshunoslik lug‗ati. - Т.: Akademnashr, 2010. 
254 boshlagan. Zotan, masihiylik oqimi Rim uchun tamomila 
yangiiik edi, chunki Yahudiya uzoq yillar garchi Rim imperiyasi 
tarkibida bo‗lsa ham, masihiylikka ashaddiy qarshilik qilib 
keldi. Ammo masihiylik majusiylikka nisbatan ilg‗or, o‗z 
davridagi progressiv oqim bo‗lgani uchun barcha qarshiliklar 
behuda bo‗lib qoldi‖38. Modernizmning asosiy darakchilari 
deya Dostoevskiy (―Jinoyat va jazo‖, ―Aka-uka Karamazovlar‖), 
Uitmen 
(―Maysalar 
yaproqlari‖), 
Bodler 
(―Yovuzlik 
chechaklari‖), Rembo (―Dil yorishishi‖) va Stringberg (so‗ngi 
pyesalari) kabi yozuvchi, shoir va dramaturglar esga olinadi. 
Ijodkorlarga kuchli ta‘sir qilgan faylasuf va ruhshunoslardan 
Fridrix Nitsshe, Anri Bergson, Zigmund Freyd, Uilyam Jeyms 
va boshqalar nomini sanash mumkin. Sho‗ro davrida 
modemizmga taqiq qo‗yildi. Bu ishning o‗ziga yarasha arzigulik 
sabablari 
bo‗lsa-da 
(chunonchi, 
modemizm 
mutlaq 
individualizmni yoqlaydi, axloqiy chegara tanimaydi, har 
qanday an‘anani inkor qiladi, Ovrupa madaniyatini boshqa 
madaniyatlardan ustun qo‗yadi va h.), oqimning dunyo tan 
olgan, jahon adabiyotida alohida mavqyega ega bo‗lgan vakillari 
bor ediki, ulaming asarlarini man qilish insonni yaxshi 
bilmaslik, uning badiiy tafakkur tadrijini mensimaslik bilan teng 
edi. Zero, modemizmni bilishga intilish insonni bilishga, uning 
botinidagi puchmoqlarga bo'ylashga, ichkaridagi ziddiyatlardan 
boxabar bo‗lishga intilishdir, buning mahliyolik yoki 
g‗arbparastlik bilan aslo aloqasi yo‗q. Insonning san‘atu 
adabiyotdagi har bir hodisaning tub ildizlariga sogiom nazar 
sola bilishi alaloqibat uning dunyoqarashi butunligini ta‘min 
etibgina qolmay, ma‘naviy immunitetini ham chiniqtiradi. 
―Modemizm nima?‖ degan savolga dunyo va o‗zbek olimlari 


34 
ko'pdan beri javob berib kelishadi, haligacha bu masala ustida 
bahslar yakunlangani yo‗q. Modernizm, o‗zbek olimi prof. Ozod 
Sharafiddinov ta‘kidlab aytganidek, ―jo ‗n hodisa‖ emas. 0 
‗zbek 
adabiyotshunosligida, 
ayniqsa, 
Istiqlol 
yillarida 
modemizm atrofida qizg‗in bahslar bo‗ldi. Bahslarda 
modernizmni o‗zbek mentalitetiga butunlay yot mafkura yoki 
aksincha, 38 Adabiyotshunoslik lug‗ati. - Т.: Akademnashr, 
2010. 255 modernizm insoniyat badiiy-tafakkur tadrijining bir 
bosqichi, uni o‗qib-o‗rganishning hech bir zarari yo‗q, degan 
qarash aytildi. Chunonchi, filologiya fanlari doktori, professor 
Bahodir Sarimsoqov ―Absurd ma‘nisizlikdir‖39 maqolasida 
modernizm oqimlaridan biri - absurdni keskin tanqid ostiga 
oladi, uni ―inqiroz‖, ekzistensializm oqimini esa ―subutsiz‖ deb 
ataydi. Bu qarashga javoban filologiya fanlari doktori, professor 
Umarali Normatov o‗z qarashlarini ilgari surib, absurd va 
ekzistensializm yo‗nalishidagi asarlarga san‘at hodisasi sifatida 
qarash kerakligini aytadi: ―B. Sarimsoqovning absurd va 
ekzistensializmga bergan bahosi o‗ta munozarali. San‘at 
hodisasi sifatida absurd tushunchasi bu so‗zning lug‗aviy 
ma‘nosidan o‗zgacharoqdir. Absurd, B. Sarimsoqov da‘vo 
qilganidek, aslo ma‘nisizlik emas, balki, aksincha, teran 
ma‘noga ega. Absurd adabiyot, san‘atda adashgan, aldangan, 
behuda, samarasiz mehnatfaoliyatga, ma‘nisiz qismatga mubtalo 
etilgan shaxsning fojiasini ochib berish, kutilmagan tomonlardan 
o‗ziga xos tarzda badiiy tahlil etishdan iborat‖40. Ko‗rinib 
turganidek, qarashlar har xil, ziddiyatli. Bahsu munozaralar hali-
hanuz davom etmoqda. Talaba yoshlar bu bahsda qaysi fikr 
jo‗yaliroq ekanini bilish uchun esa modernizm va uning 
yo‗nalishlari mohiyatini teranroq o‗rganib chiqishlari lozim 
bo‗ladi. Demak, yana o‗sha savol: modernizm nima? 


35 
Modernizm .1 XIX asr so‗nggi choragida dastlab kayfiyatu 
dunyoqarashda, so‗ng tasviriy san‘atda, keyinchalik adabiyotda 
Ovrupada paydo bo‗lgan san‘at yo‗nalishi hisoblanadi. 
Modemizmning yana bir nomi ―dekadans‖ bo‗lib, buhron, 
inqiroz ma‘nolarini anglatadi. Bu narsa burjua tuzumining ich-
ichidan buhronga yuz tutishi bilan bog‗liq. Ya‘ni aw al burjua 
jamiyatida inqiroz yuz berdi, so‗ngra san‘atu adabiyotda 
modernistik oqim tug‗ildi. Modemizmning aniq paydo bo‗1 ish 
vaqtini har xil ko‗rsatishadi. 
Istiqlol davri o'zbek adabiyoti bu yangilangan adabiyotdir. 
Zero, u ozod tafakkur mevasi o‗laroq maydonga tusha boshladi. 
Ammo u yo‗q yerda paydo bo‗lmadi. Choiponning XX asr 
avvalida ―bir xil, bir xil... ko‗ngil yangilik qidiradir‖ 
deganidayoq yangilikka intilish tug‗ilib bo‗lgandi. Shu 265 
ma‘noda, muayyan an‘ana, tajriba bor edi. Demak, Istiqlol davri 
yangi o‗zbek asarlarining asosiylari, albatta, an‘anadan uzilgan 
g‗uddalar emas, aksincha, o‗sha silsilaning davomi o‗laroq 
dunyoga keldilar, kelmoqdalar. Shu bilan birga, erkin badiiy 
tafakkur mahsuli sifatida o‗zini (olam ichra olam, ya‘ni bir 
butun tizim o‗laroq) namoyon qilayotgani kishini behad 
quvontiradi. Bugun yurtimiz ijodkori o‗z nuqtayi nazarini, 
qadim Sharq adabiyotida bo‗lgani kabi, olami sug‗ro - 
mukarram Insonga, uning qalbiga qaratgan. Hamda botindagi 
murakkab dir), ayni paytda, umuminsoniy va umumzamoniy 
mezonlarga suyangan holda majojarayonlami bayonchilik yo‗li 
bilangina emas (chunki bunday usul bor, bo‗ladi va bu g'oyat 
tabiiyz vositasida ham qog‗ozga tushirmoqdalar, san‘atga 
aylantirmoqdalar. Biroq yo‗nalishlar haqida gap ketganda, 
masalaning nazariy jihatiga oid bir gapni alohida ta‘kidlab 
aytishga ehtiyoj tug'iladi. U ham bo‗lsa, adabiyot, ayrim 


36 
avangard 
oqimlar 
da‘vo 
qilayotganidek, 
boshqotirma 
o‗yinlardangina iborat emas. To‗g‗ri, unda o'yinlik xususiyati 
bor, lekin ―o‗yin‖ adabiyotning o‗nlab sifatlaridan bittasi, xolos. 
Chinakam adabiyot hamisha odamlar bilan birga bo‗ladi, 
odamlarning quvonchu tashvishini tarannum etadi va shu tarzda 
ularga yelkadosh, taqdirdosh, dildoshbo‗ladi, bo‗lishi kerak. 
Kecha — sho‗rolar zamonida adabiyotda shakl mazmun 
(g‗oya)ga qurbon qilinayozgan edi. Modemizmda esa, 
ko‗pincha, buning teskarisiga duch kelamiz: shakl ketidan 
quvilib, mazmun boy beriladi (yoki shunchalar chuqur 
berkitiladiki, natijada muallifning o‗zi ham qayta o‗qiganda o‗z 
asari mohiyatiga yetib borolmasligi mumkin). Aslida, har ikkovi 
o'rtasidagi zargarona mutanosiblik hamda buning oqibatida kelib 
chiqadigan buzilmas muvozanat badiiy asarning yaroqliligi va 
zavq ila o‗qishliligini ta‘min etadi. Bunday asarlarga davrlar va 
ulardagi o‗zgarishlar juda kam ta‘sir qiladi. Mumtoz adabiyot 
namunalari bir davr chegaralarini oshib o‗tib, barcha davrlarga 
xizmat qiladi. Shuning uchun ham u mumtoz hisoblanadi. 
Tafakkur erkinligi bois, Istiqlol davri o‗zbek ijodkori ham xuddi 
shun266 day asarlar yozish imkoniyatiga ega bo‗lib turibdi. Endi 
ijodkoming ijod maydoni ikki daryo oralig‗i emas, balki ikki 
qutbdir. Mo‗tadil iqlim, uyg‗un muhit bo'lmasa, ko‗chirib 
keltirganingiz bilan ko‗chat tomir otmaydi. Shu ma‘noda 
bugungi o‗zbek adabiyotidagi yangi izlanishlami o‗tgan asming 
birinchi yarmida Ovrupada tug'ilgan modemistik oqimning 
g‗arib taqlidi deb bo‗lmaydi. Bir-biriga monand ijtimoiy-tarixiy 
davrlar o‗xshash kayfiyatli adabiyotlami vujudga keltiradi. 
Chunonchi, dunyo folklorida qanchadan qancha bir-biriga 
mengzaydigan qahramonlar mavjud. Lekin bu, ular bir-
birlaridan ko'chirib olishgan, degan ma‘noga kelmaydi. Ijodiy 


37 
ta‘sirlanishning 
yonida 
o‗sha 
millatlar 
o‗tmishidagi 
siyosiyijtimoiy-madaniy va psixologik muhit o‗xshashligi 
omilini aslo yoddan chiqarmaslik kerak. Zero, o‗xshash muhitlar 
o‗xshash adabiy qahramonlaru ulaming bir-biriga monand 
kayfiyatlarini 
dunyoga 
keltiradi. 
Demak, 
Ovrupaning 
modemistik adabiyoti bu ovrupanikidir va bu adabiyot o‗z 
davrida o‗z vazifasini o‗tab, asosan o‗sha yerda qoldi. 0 ‗zbek 
adabiyotidagi yangi (modemnoma) adabiyot kayfiyatiga Ovrupa 
modem adabiyotining oz-moz ijodiy ta‘siri (ko‗proq shakliy 
ma‘noda) bor albatta, lekin u mohiyat-e‘tibori bilan Sharq, 
xususan, o‗zbek insoni dunyoqarashidagi ijtimoiy-psixologik 
o‗zgarishlar negizida tug‗ildi. Shunga ko‗ra, yangi (modem) 
o‗zbek adabiyoti milliy zaminda ildiz otgan bo‗lib, u Ovmpa 
modern adabiyotidan ko‗chiriigan nusxa yoki unga taqlid emas, 
deya qarash mumkin. XX asr o‗zbek adabiyoti ―Yangi o‗zbek 
adabiyoti‖ deb nomlanadi. Chunki ham nasr, ham nazmda 
tubdan o‗zgarishlar yuz bergan, ilk dramatik asarlar vujudga 
kelgan va bu chinakamiga yangi hodisa, yangi adabiyot bo‗lgan 
edi. Adabiy shakllar asosan tashqaridan - o‗zga xalqlar 
adabiyotlaridan qabul qilingani ham haqiqat: roman, drama va 
yangieha she‘r shakllari shular jumlasidan. XX asr adog‗i va 
XXI asr boshi o‗zbek ijodkori badiiy-estetik tafakkur tarzidagi 
yangilanishlar esa bir qadar boshqacha tabiatga ega. Bunda 
shakl va mohiyatning o‗zi ichkaridan yorib chiqdi. Demak, 
tashqaridagi adabiyotga ergashishning hissasi o‗ta salmoqli 
bo‗lmagan. Shunga 267 ko‗ra, uni tom ma‘noda o‗zbek modem 
adabiyoti deyish ham biroz bahstalab bo‗lib, bu boradagi 
izlanishlaming asosiysi hali oldinda. Xullas, Istiqlol davrida 
yangilangan badiiy tafakkur Erkin A‘zamning ―Stupka‖, 
Xurshid 
Do‗ 
stmuhammadning 
―Qichqiriq‖, 
Nazar 


38 
Eshonqulning ―Bahouddinning iti‖, Rahimjon Rahmatning 
―Adashvoy‖, Isajon Sultonning ―Suvdagi kosa‖, Ulug‗bek 
Hamdamning ―Bir piyola suv‖ kabi hikoyalarini berdi. Nomlari 
zikr etilgan va yana Omon Muxtor, Ahmad A‘zam, Olim 
Otaxon, Murod Karim kabi nosirlar, Bahrom Ro ‗ zimuhammad, 
Tursun Ali, Faxriyor, Aziz Said, Shermurod Subhon, Go‗zal 
Begim singari shoirlarning izlanishlari yangi (modem) o‗zbek 
nasri va nazmining o'ziga xos namunalari hisoblanadi. Xullas, 
modernizm garchi ―dunyo madaniyati markazida Ovmpa 
madaniyati (ovrupasentrizm) turadi‖, desa-da, u bilan bog‗liq 
butun boshli qarashlar tizimi, bu tizim vujudga keltirgan san‘at-
u adabiyot o‗rganilishi lozim. Chunki u bashariyatning ming 
yillar mobaynida bosib o‗tib kelayotgan falsafiy, badiiy-estetik 
tafakkur yo‗lining bitta bosqichi sifatida o‗z o‗rni va 
ahamiyatiga ega.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin