85
o‘tkazganda yuzaga keladigan iztirob, armon yetakchilik qilad
i.
Bu holatlar Toshkentdan Bobur kutubxonasidagi nodir kitoblar
bilan tanishish istagida kelgan tarixchi olim Hofiz Ko‗ykiy bilan
bo‘lgan muloqotda o‘z ifodasini topadi.
Bu muloqotda
bildirilgan fikrlar Bobur Mirzoning
qalbiga tinchlik bermay
kelayotgan iztiroblarining mohiyatini, ruhiy dunyosini inkishof
qilish bilan birga, juda katta ma‘rifiy kuch ham kasb etadi.
Ko‗ykiy Bobur Mirzoning oldiga dastlab kirganda va uning
«Ona yurtdan ko‘p salom keltirdim, yurtimizning tabarruk yodi
xotiralaridan ko‘tarilmagan bo‘lsa», - degan so‘ziga u shunday
javob beradi: «Ul viloyatlarning latofatlarini kishi nechuk
unutgay? -deydi Bobur ohista. Ovozi titrar edi. - Unutgan
kishining ko‘zlariga tiriklayin tuproq to‘lmasmi?» Bunday
so‘zni Vatan sog‘inchi bir daqiqa ham qalbini tark etmagan
kishigina ayta oladi. Ularning o‘zaro suhbatlari asnosida Bobur
Mirzo shoir, davlat arbobi bo‘lish bilan birga, zukko tarixchi va
faylasuf olim, kamtarin insonligi bo‘y ko‘rsatadi.
Bobur Mirzo keyingi paytda tushida ko‘p dengiz ko‘rishini,
―Na
dengizning poyoni bor, na yo‘limning, vahm ichra qaro
terga botib tentib yuramen...‖ munajimlardan so‘rasam, «ul
kanal inshoolloh saodat sohili bo‘lur deydilar, u qayerda o‘zi», -
deganda, Ko‗ykiy beixtiyor «Saodat sohili - Vatanda,
olampanoh», - deydi. Bu javobdan Boburning ko‘zlari yalt etib,
katta
ochilib ketadi, chunki K‗oykiy uning dilidagini tiliga
chiqargan edi. Uning ichki iztiroblarining mohiyati ana
shundadir.
Qissaning yana bir o‘rnida Bobur shunday deydi: Eh,
saltanat... Ne bo‘lsa Ollohdan Shu Saltanat minnati umr bo‘yi
oyog‘imga kishan bo‘ldi, murodimga - g‘ov...
Lekin endi bir
zo‗r bilan jahl qilurmenu, bu kishanni tilka - tilka eturmen!».
86
Afsuski,. bunga uning umri imkon bermadi. Bu falsafiy
haqiqatning ma‘rifiy qimmati
kattaligiga hech kim shubha
bildirmaydi, deb o‘ylaymiz.
Mazkur adibning «Yozning yolg‘iz yodgori» qissasi ham
diqqatga sazovor.
Uning qahramoni oddiy kishi — kolxoz
bog‘ining qorovuli. Asar dramatik dostondek chuqur ehtiros va
uyg‘unlik bilan yozilgan. Chunki qissada «Nega menga faqat
sitamni ravo ko‘rding? Yozug‘im ne edi, xalloqi olam», deya
samoga qarab nola qilayotgan, bugun umri toat-ibodatda o‘tsa-
da, kechmishi qora kunlarga to‘la bo‘lgan odamning qalb
dramasi, uning o‘z-o‘zi kurashi yoritiladi. Bu iztirobga to‘la
qismatdan xulosa chiqarishda o‘quvchiga adibning o‘zi yordam
beradi. Chunki osmondan kelgan sado - bu asli adibning ovozi.
Adash Karvonning
savoliga berilgan javob mohiyat e‘tibori
bilan muallifning munosabatini ifodalaydi. Yozuvchi umr
kurashlardan chetda, mutelik bilan o‘tgan bu qismatga o‘z
munosabatini bildirish uchun shunday vosita, yo‘l tanlangan.
Asar qahramonining qismati chigal. Uning hayotida g‘am-
g‘ussa ko‘p. Lekin yozuvchi bu qayg‘u, g‘am-tashvishlarning
mohiyati nimada ekanligini asoslab bergan Adash Karvonning
haddan tashqari xudojo‘yligi, hamma narsani xudodan deb
bilishi - o‘g‘lini xo‘rlagan, jabr yetkazgan nopok kimsalarga
qarshi
bormasligi,
Dostları ilə paylaş: