O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universisteti


 Аъзам Э. Кечикаётган одам. Қиссалар. - Т.: Шарқ, 2002. - 311-бет



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/63
tarix18.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#144996
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63
2
 Аъзам Э. Кечикаётган одам. Қиссалар. - Т.: Шарқ, 2002. - 311-бет.
 


93 
U – faqat manfaatni, har bir gapi, xatti-harakatidan foyda 
chiqarishnigina o‘ylaydigan, xijolat bo‘lishdan mahrum 
tuyg‘usiz bir kimsa. Otashqalb bilan birga o‘qiganmiz deb da‘vo 
qilgan, aslida, shoirning otini ham tuzukroq eslay olmaydigan 
fan arbobi – turli bahonada o‘zini ko‘z-ko‘z qilib, e‘tiborga 
tushish ilinjidagi foydaxo‘r kimsa. Mafkuraxonim o‘zi 
mutasaddi sanalgan sohalardagi muammolarni hal qilish bobida 
mutlaqo avom bo‘lsa-da, siyosiy manfaatni ilg‘ash, haq gapni 
aytadiganlarning yo‘lini to‘sish borasida ustomon. 
Muallif odamlarni emas, balki ularning yaxshi-yomon 
xatti-harakatlarini tasvirlash yo‘li bilan ularning insoniy 
qiyofalarini namoyon eta olgan. 
Fojia bilan kulgi omuxta bo‘lib ketgan bu asarning 
o‘qishliligini, yuqumliligini ta‘minlagan asosiy omil roviyning 
tilidir. E.A‘zam tilning tovlanish imkoniyatlarini g‘oyat puxta 
biladi. Uni inson tabiatining eng yashirin, ichki jihatlarini ham 
ocha biladigan tarzda ishlatadi. 
Demak, mustaqillik yillarida yaratilgan o‘zbek qissalariga 
xos yetakchi tamoyillaridan yana biri bu an‘anaviy realizm 
yo‘nalishidan bir oz farq qiluvchi ijtimoiy hayot oqimining 
shaxs tabiati, ruhiyatiga ta‘sirini badiiy tadqiq va tahlil 
qilishdagi yangicha yondashuv orqali namoyon bo‘lmoqda. 
Yozuvchilar ijtimoiy hayot muammolari yoki ma‘naviy-axloqiy 
yo maishiy hayotga oid muammolarni ko‘tarib, ularning inson 
hayotiga, ruhiyatiga ta‘sirini badiiy tadqiq etishdan ko‘ra 
odamlar qismatining fojiy nuqtalarini tadqiq qilishga bor 
imkoniyatlarini safarbar etayotirlar va o‘ziga xos badiiy 
kashfiyotlar yaratmoqdalar. 


94 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin