89
Qissa voqealari uchta yetakchi qahramon faoliyati, qismati
asosiga qurilgan. Bular milliy-ozodlik kurashchilarining
rahbarlari - Asqaralibek, Shomirzabek va qizillar yo‘lini tutgan
mulla Jaloliddin. Bu uch obraz faoliyati va ular bilan bog‘liq
bo‘lgan shaxslar xatti-harakati uch olamni tashkil qiladi. Lekin
shunga qaramay bu olamlar yaxlitlikka ega.
Qissa voqeasi Asqaralibekni xiyonat tufayli qo‘lga olinib,
to‘laga tashlanganidan boshlanadi. Asar sujeti esa Asqaralibek
xotirasi asosiga qurilgan. Xotira quruq bayon qilinmaydi, balki
tasvirlanadi. Tasvir voqealari esa Asqaralibekning ruhiy
dunyosini inkishof qilishga, qismati va fojiasiniig mohiyatini
ochishga yo‘naltirilgan. Oqibatda sujet rivojida Asqaralibek
kishi ko‘z oldida ulug‘lashib boradi. Chunki uning o‘z xatti-
harakati va hayotiy hodisalar hamda jarayondan chiqargan
xulosalari katta falsafiy umumlashmaga ega bo‘lib, vatan taqdiri
va milliy qadriyatlar mohiyatini anglashga imkon beradi.
Ma‘lumki,
fosiqlar
dunyosi,
(tubanlik)ning
asosi
iymonsizlikdir. Biz kechagi 70 yillik hayotimizga nazar solar
ekanmiz, buning haqiqatligini chuqur anglaymiz. Chunki
sosialistik jamiyat deb atalgan tuzumda kishini iymonli
qiladigan qadriyatlarga - diniga, azaliy urf-odatlariga, milliy
ruhiyatga hujum qilingan edi. Oqibatda odamlar bo‘g‘izigacha
iymonsizlik botqog‘iga botdi, ayniqsa, keyingi 30 yil ichidagi
avlod. Lekin har qanday adolatsizlik, diyonatsizlik jamiyatida
ham go‘zal xilqatlar, insoniylik yo‘qolmaydi. Shundaylarning
sharafiga ezgulik hamisha g‘olibdir.
Dostları ilə paylaş: