O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universisteti



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/63
tarix18.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#144996
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63
Tayanch iboralar:
Bolalar adabiyoti: kichik yoshdagi
o‗rta yoshdagi bolalar uchun, ularning o‗ziga xosliklari, 
badiiylik, obraz, talqin, qarashlar, ruhiyat. 
Bolalar adabiyotida obraz yaratish an‘anasi. A.Obidjon va 
T.Adashboyev ijodi va bolalar adabiyoti. O‗zbek bolalar 
adabiyoti, tasvir uslubilari, yetakchi tamoyillar, taraqqiyot 
tendensiyalari, xalq og‗zaki ijodi ruhi, epik obraz va motiv, epik 
tafakkur, mavzu va g‗oya, ruhiyat tahlili. 
Hozirgi adabiy jarayonda bolalar adabiyotining mavzu-mundarijasi 
Ifodada nozik piching va axloqiylikning etakchilik qilishi 
Bolalar tafakkurini o‗stirishda turli xil o‗xshatishlarning qo‗llanilishi 
Tabiat hodisalari bilan bog‗liq uyg‗unlikda badiiy obrazlar yaratish 
Zamonaviy internet vositalarining bola tafakkuriga ta‘sirini
 
yoritish
 
Milliy-ma‘daniy-ma‘naviy qadriyatlarga bo‗lgan mehrini oshirish 
Teran mushohada serqatlamligi zamirida didaktika kuchliligi


177 
Har bir davr o‗z adabiyotini yaratgani kabi istiqlol davri 
bolalar adabiyoti ham tasvir uslubi hamda muammoga 
yondashilganligiga ko‗ra o‗ziga xos xususiyat kasb etadi. Agar 
sho‗ro davri bolalar adabiyotida to‗g‗ridan-to‗g‗ri nasihatbozlik 
keng ko‗lamda yoritilgan bo‗lsa istiqlol davri bolalar 
adabiyotida har qanday mavzuning estetik tarbiyaviy mohiyatiga 
alohida e‘tibor qaratilayotganini ko‗rish mumkin. 
Kichik kitobxonni ijtimoiy muammolar bilan tanishtirish 
bolalar adabiyotida aslida nisbatan ertaroq – o‗tgan asrning 80-
yillarida boshlangan edi. Anvar Obidjonning «0099 raqamli 
yolg‗onchi», «Ey yoru dunyo», «Alamazon va uning piyodalari» 
kabi qissalarida hamda «Botinkaning tufliga xati» tipidagi 
turkum she‘rlarida mos masala qilib qo‗yilgan edi. Istiqlol 
davrida 
jamiyat 
taraqqiyoti 
bilan 
bog‗liq 
g‗oyalar 
S.Barnoyevning 
publisistik 
chiqishlarida 
T.Adashboyev, 
K.Turdiyeva, A.Akbar, Q.Ismoil kabi shoirlarning she‘riy 
asarlarida o‗z ifodasini topmoqda. Ayniqsa, har xil shaklga oid 
she‘rlar ijtimoiy munosabatlarning ta‘lim-tarbiyadagi o‗rnini aks 
ettirishga qaratilishi bilan alohida e‘tiborga loyiqdir.
«Gulxan», «Tong yulduzi», «G‗uncha», «Yosh kuch», 
«Sinfdosh» kabi vaqtli matbuot nashrlarida ham istiqlol 
g‗oyalarini tarannum etishiga qaratilgan turli janrga xos 
asarlarning chop etilishi quvonarli holdir. 
Yurtimiz istiqlolga erishgan ilk kunlardan boshlaboq 
yoshlarimizni sog‗lom, barkamol qilib kamol toptirish 
masalasiga jiddiy e‘tibor qaratdi. Bu masala davlatimiz 
siyosatining o‗zagiga aylandi, jahon andozasi darajasida 
dasturlar ishlab chiqildi. Ular hayotga tadbiq etilmoqda.
Har bir bolalar ijodkori uchun o‗z asarlari bilan yosh 
kitobxon qalbini zabt etish, ularga xushnudlik onlarini baxsh 


178 
etishdan ortiqroq baxt bo‗lmasa kerak dunyoda. Anna shunday 
baxtga muyassar bo‗lgan, kichkintoylar yuragidan joy olgan 
iste‘dod egalari o‗zlarining badiiy jihatdan barkamol, go‗zal va 
betakror asarlari bilan o‗zbek bolalar adabiyoti, she‘riyatiga 
yangi ruh olib kirdilar. Keksa yozuvchilarimiz Obid Rasul 
ijodini ko‗zdan kechirar ekanmiz, tasvirda qisqalikka intilish , 
ma‘noni kuchaytirish yo‗litdagi izlanishlari yaxshi natijalar 
berganini ko‗rish mumkin. Shoir ijodiga xos yetakchi 
xususiyatlar uning «Ahmad va Ahad» she‘rida o‗z aksini 
topgan. 
Muallif shunday yozadi:
Ahmad keksa boboning
Qo‗lidan yukini oldi. 
Ahad: - begona-ku, deb, 
Ohista jo‗nab qoldi. 
Bs misralar bir qarashda jo‗ngina tuyulsa-da, ularda jajji 
kitobxon tasavvuriga ma‘naviy oziq bo‗ladigan ma‘no mavjud. 
Shoir asar qahramonlari Ahmad va Ahad xulq-atvorlarini 
turmushimizda tez-tez uchrab turadigan oddiy hayot hodisasidan 
katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‗lgan umumlashma xulosa 
chiqargan. Biroq Obid Rasul ijodida yuqoridagi asarning 
butunlay aksi bo‗lgan, quruq va‘z-nasihatgo‗ylikdan iborat 
bo‗lgan she‘rlar ham uchraydi. Masalan, uning «Mehmon ulug‗» 
she‘rida shunday satrlarni o‗qish mumkin.
Mehmon kelsa hurmat qilib,
Assalomu-alaykum, de. 
Dasturxon yoz, non ushatib, 
Ol-olishib o‗zing ham ye. 
Shoir ushbu asari orqali o‗quvchiga mehmonni hurmat qilish 
joizligi, o‗zbek xalqi azaldan mehmondo‗st xalq ekanligini 


179 
uqtirmoqchi bo‗ladi. Lekin mehmonga munosabat haqida yo‗l-
yo‗riq ko‗rsatish bilangina kichkintoylarni mehmondo‗st qilib 
tarbiyalash kutilgandek natija berishi qiyin.
Ma‘lumki, bolalik – tabiatan, quvnoqlik, o‗ynoqilik davridir. 
Kichkintoylar hayotini o‗yinsiz tasavvur qilish qiyin, albatta. 
Ammo «yaxshi bola doimo xizmatda bo‗lishi kerak» degan 
siyqa aqida ongimizga shu qadar o‗rnashib olganki, Obid Rasul 
ijodida ham shu ma‘no o‗zini yorqin namoyon qiladi. Shoir 
«Yomon bola-ozori jondir» she‘rida quyidagicha yozadi: 
Yomon bola ish desa qochar,
Aybin aytsang, zahrini sochar. 
Ijodkor nazarida yomon bola – dangasa, fanlarni 
o‗zlashtirmaydigan o‗quvchi. Yaxshi bola – hamisha oilada 
xizmatda bo‗ladigan, kattalar nima desa albatta bajaradigan 
o‗quvchi. Shoirning «Yaxshi bola – hayot naqshidir» she‘rida 
shunday misralar o‗qiymiz: 
Kattalarga izzatda –u, 
Oilada xizmatda – u. 
To‗g‗ri, dangasa, fanlarni o‗zlashtirmaydigan o‗quvchilarni 
«yaxshi bola» deb bo‗lmaydi. Lekin kichkintoylar hayoti o‗yin 
bilan chambarchas bog‗liq ekanligini unutib qo‗ymasligimiz 
kerak.
Kichkintoylarning orzu-umidlari, quvonchu armonlariini 
tilimizning cheksiz imkoniyatlaridan samarali foydalangan 
holda aks ettira olgan, bu borada o‗zbek bolalar adabiyotida 
o‗ziga xos maktab yaratgan shoirlardan biri Anvar Obidjondir. 
Shu rang-barang mavzularda she‘rlar yozadi, uning barcha 
asarlari kitobxonlar tomonidan sevib o‗qilmoqda. 
Sir emaski, «Alifbo bayrami» - bolalar adabiyotidagi 
unutilmas, behad katta quvonch, shodliklarga to‗la bayram. Bu 


180 
mavzuda shu qadar bolalar ijodkorlari bir qancha she‘rlar, 
topishmoqlar yaratdilar. Harflarning xususiyatlari haqida qalam 
tebratish o‗zbek boalalar adabiyoti she‘riyatida yangi hodisa 
emas. Biroq Anvar Obidjon shu sohadan ham yangilik izlaydi va 
kashf qiladi.
Voqyelikni idrok etish, uni o‗ziga xos tasvirlashga bo‗lgan 
intilish Dilshod Rajabov she‘rlarida aks etadi. Shoirning «Kuz», 
«Poyezdning bolasi», «Qishki safar» she‘rlarida bolalar uchun 
qadrdon bo‗lgan manzaraga yosh kitobxonlar ko‗zi bilan boqadi.
Kuz faslida yaproqlar sarg‗ayib, qish kelayotganidan darak 
beradi. Biroq shoir kuz fasli tarovatini o‗zgacha ranglarda, 
o‗ziga xos uslubda namoyon qiladi: 
Kuzak yurish boshladi, 
Ya‘ni urush boshladi. 
Sarg‗ayib so‗ldi ko‗plab 
Yam-yashil barg-u o‗tlar. 
Kuzning bu «yurishi»dan dastlab kitobxonda tushkunlik 
kayfiyati ustunlik qiladiganday. Lekin she‘rning birdaniga dil 
ravshan tortadi: 
Tiqildi ko‗p asirlar –
Sholg‗om, piyoz, sabzilar. 
… Bu g‗alaba Kuzniki, 
Endi maza bizniki! 
Yuqoridagi misralardan ham ko‗rinadiki, istiqlol davri 
bolalar she‘riyati uchun tom ma‘noda izlanishlar, rivojlanishlar 
davri bo‗lmoqda. Yangi-yangi shakllar, yangicha qarashlar o‗z 
samarasini bermoqda. Faqat bugungi kun uchungina emas, balki 
kelajakka, yosh avlodni xalqparvar, vatanparvar, mehnatsevar 
qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratilmoqda.


181 
Bolalar adabiyotida o‗ziga xos o‗ringa ega bo‗lgan 
ijodkorlardan yana biri Miraziz A‘zamdir. Uning ijodida 
bolalarga bag‗ishlangan she‘r, qo‗shiq, ertak-dostonlar asosan, 
maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga bag‗ishlangan bo‗lib, 
bu asarlarda bola ruhiyatiga xos xususiyatlarni talqin etishga 
initiladi. Uning «Yer aylanadi» she‘rida xuddi ana shu 
xususiyatni talqinini kuzatamiz. Bu she‘r murg‗aq qalbni larzaga 
soluvchi xususiyatlarga ega. Masalan:
Asta-asta shamol esadi,
Asta-asta yer aylanadi, 
Asta-asta odam o‗sadi, 
Asta-asta yer aylanadi, 
Asta-asta ulg‗ayar aql, 
Asta-asta yer aylanadi, 
Bu misralarda bola ruhiyatiga ta‘sir etuvchi badiiy 
takrordan unumli foydalanadi. Chunki ko‗pincha kichkintoy 
bolalar hayot murakkabligidan bexabar bo‗ladilar. Ular 
kattalarning ko‗magida hayotiy ziddiyatlarni anglab boradi. Shu 
o‗rinda ularning ma‘naviy yuksalishida badiiy adabiyotning ham 
roli beqiyos ekanligi kuzatiladi. Shoir she‘riyatida o‗y-o‗ylash, 
xayol surish, o‗zining chuqur xayollari bilan odam va olamni 
anglash jarayoniga jiddiy diqqat qiladi. Xuddi shu xususiyatni 
«Xayol surish» she‘rida ko‗rish mumkin. Bunda bolalarga xos 
qiziqish, har bir narsani tezroq bilib olishga initilish, uning 
poyoniga yetishga harakat qilish bilan bir qatorda bola 
psixologiyasiga, aqliy tafakkuriga ta‘sir etuvchi holatlar o‗rin 
olgan. Yoki shoirning «Biz yengamiz bo‗ronlarni» she‘rida 
bugungi mustaqillikka juda qiyinchilik bilan kurashlar orqali 
yetib kelganligimiz badiiy talqin etiladi. 


182 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin