O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universisteti



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/63
tarix18.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#144996
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63
Adabiy tanqidchilik taraqqiyoti 
Ilk adabiy-tanqidiy qarashlar
 
 
Tanqidchilik taraqqiyoti 
Sho‘rolar davri adabiy 
tanqidchiligi 
Mustaqillik davri adabiy tanqidchiligi
Modernizm va adabiy tanqid 
Shakily-uslubiy izlanishalar 
haqidagi qarashlar 
Oshkoralik davri adabiy 
tanqidchiligi 
Adabiy tanqiddagi o‘zgarishlar 
Tanqidchilikdagi turfa xil 
fikrlar 


186 
yozuvchi yoki adabiy asarni faqat tanqid qilish emas, balki 
adabiy asar yoki hodisaga haqqrniy baho berish, undagi yutuq 
va kamchiliklarni xolislik bilan yoritishdir. 
Istiqlol va u bergan imkoniyat har bir jabhada o‗zgacha 
yondashishni taqazo qildi. Bu tabiiy hol. Chunki mustaqillik 
tufayli tuzum o‗zgardi. Tuzumning o‗zgarishi tafakkurning 
o‗zgarishi bilan bogliqdir. Yangicha tafakkur tufayli 
adabiyotshunoslik va adabiy tanqid tubdan o‗zgardi. Xo‗sh, 
bu nimada ko‗rinadi? Birinchidan, asarni baholash, unga 
yondashish mezoni o‗zgardi. Ya‘ni sosialistik realizmning 
dogmatik 
prinsiplari 
hayotni 
revolyusion 
taraqqiyotda 
ko‗rsatish, sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik ideal, davr 
olib borgan mafkura, siyosat o‗rniga tarixiy haqiqat, o‗zbekona 
milliy xususiyat, insonga sinfiy nuqtai nazardan emas, inson 
nuqtai nazardan yondashila boshlandi. Demak, metodologiya 
uzgardi. Ikkinchidan, o‗z davrida chin haqiqatni to‗la ravishda 
aks ettirgani uchun qoralangan asarlar va ularning mualliflari 
o‗zining to‗g‗ri bahosini olib, mazkur asarlar istiqlolni 
mustahkamlash va uning mohiytini anglatishdagi roli inkishof 
qilina boshlandi. Uchinchidan, asarlar totalitar tuzum 
paytidagidek mavzusi, qahramoni, KPSS syezdlarida ilgari 
surilgan g‗oyalar aks etgan, etmaganligi nuqtai nazaridan 
emas, estetik nuqtai nazardan, ya‘ni asar zamiridagi go‗zallikni 
kashf etish, inson tuygulari va ruhiyatini ochib berish jihatidan 
tahlil qilish. To‗rtinchidan, sosializm davrida yaratilgan 
asarlarni yangicha tafakkur nuqtai nazardan tahlil qilish. 
«Tanqid» so‗z sifatida ham yoqimli emas. U juda sovuq 
eshitiladi. Avvalo, shundan bo‗lsa kerak, tanqid hech kimga 
yoqmaydi. Birorta odam astoydil:»meni tanqid qiling» demasa 
kerak. Eng to‗g‗ri tanqid ham dilni og‗ritadi.Kayfiyatni xira 


187 
qiladi. Har bir yozuvchi, shoir esa o‗zini jamiyatning eng 
peshqadam odami sanaydi. Ular o‗ziga xos g‗urur, kibr bilan 
yashaydi. Ko‗pchilik kishilar yozuvchi, shoirni o‗zlariga ibrat 
namunasi deb biladilar. Tabiyki, bunday maqomdagi odamlar 
tanqidni xushnudlik bilan qabul qilisholmaydi. Asari haqidagi 
zarracha tanqidiy fikr ham ijodkorga nashtarday botadi. Chunki 
unga har bir asari xuddi vujudining bir bo‗lagiday, farzaididay 
ko‗rinadi. Ammo o‗quvchilvrga taqdim qilingan asar 
adabiyotning mulkisanaladi. Bu mulk odamlarning didiga, 
fikriga ziyon yetkazmasligi shart. Adabiy tanqidchilik esa 
elning adabiy saviyasi uchun o‗ziga xos himoyachi sanaladi. 
Shuning 
uchun 

ba‘zi 
ijodkorlarning 
diliniog‗ritadi.Ayrimlarini esa elga tanilishiga sababchi 
bo‗ladi.Adabiy tanqidchilikning madaniy jamiyatdagi o‗rni, 
vazifasi ayni shu bilan belgilanadi. 
Keyingi 
davr 
adabiy 
tanqidchiligi 
tilga 
olingan 
yangiliklardan tashqari, u faqat adabiyotshunoslik bilan 
cheklanmay, tarixshunoslik, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik 
unsurlarini o‗ziga singdirdi. Xususan, Fitrat, Cho‗lpon, Usmon 
Nosirlar ijodi xususida yaratilgan tadqiqotlarda shu hol 
ko‗rinadi. Umuman, keyingi yillar tadqiqotlarida shunday 
yondashish yetakchilik qilyapti. 
Fitrat ijodini to‗liq tadqiq etishga 80-yillarning yarmi, 
aniqrog‗i, 1987 yildan kirishildi. Bu davr fitratshunoslikda 
yangi 
bosqich 
hisoblanadi. 
I.Sulton, 
O.Sharafiddinov, 
E.Karimov, B.Qosimov, B.Nazarov, N.Karimov, U.Normatov, 
A.Aliyev, 
N.Vladimirovna, 
Sh.Turdiyev, 
S.Mirvaliyev, 
B.Do‗stqorayev, H.Boltaboyev, I.Ganiyev va boshqalarning 
tadqiqotlarini bu borada yozilgan salmoqli ishlar sifatida 


188 
ko‗rsatish mumkin. Bu yangi davrda tadqiqotlar asosan uch 
yo‗nalishda olib borildi: 
a)Fitratning tarjimai holini tiklash; 
b)asarlarini nashr ettirish va dastlabki tadqiqotlarni amalga 
oshirish; 
v)uning ijodini muayyan masalalar yuzasidan o‗rganish. 
Cho‗lpon, Usmon Nosirlar ijodiga yondashish ham shu 
tariqadir. 
Ma‘lumki, yozuvchi-tanqidchi mahoratining o‗ziga xos 
ilmiy – nazariy masalalarini o‗rganish jahon adabiy 
tanqidchiligi va adabiyotshunoslik ilmida doimo muhim o‗rin 
tutib kelgan. Chunki Dunyodagi mashhur yozuvchilar badiiy 
ijod bilan birga adabiyotshunoslik va tanšidchilik ilmining 
nazariy hamda amaliy masalalari bilan ham muntazam 
shug‗ullanishgan. 
O‗zbek tanqidchiligi tarixiga nazar solsak, Navoiy, Bobur, 
Furšat, Abdulla Qodiriy, Cho‗lpon, Fitrat, Mašsud Shayxzoda, 
Mirtemir kabi mashhur so‗z san‘atkorlari ham badiiy ijod 
jarayonining o‗ziga xos jihatlari hamda adabiy – tanšidiy 
fikrlar bayon etib risolalar va ko‗lab ilmiy tanšidiy mašolalar 
yozganlar. Yozuvchi-tanšidchi mahorati xususida turli xil ilmiy 
nazariy fikrlar bor. Yozuvchi tanšidchiligi badiiy ijod, adabiy 
hayot muhit muammolarini asosan publisistik talšin etib, 
barcha ikir-chikirlarni o‗z ichiga šamrab oladi, Yozuvchi 
tanšidchiligini keng ko‗lamda rivojlantirish zarurki, bu badiiy 
ijodning ravnašiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Adabiy tanqid hozirgi adabiy jarayon bilan hamnafaslikda 
shiddat bilan rivojlanib borayotganligini yaratilayotgan ilmiy 
risolalar, adabiy tanqidiy maqolalar, adabiy portretlar va 
tadqiqotlar orqali ko‗rishimiz mumkin. Hozirgi o‗zbek 


189 
she‘riyati, nasri va dramaturgiyasining taraqqiyot tendensiyalari, 
yetakchi tamoyillari qator o‗zbek munaqqidlari tomonidan har 
tomonlama 
chuqur 
o‗rganilayotganligini 
U.Normatov, 
B.Nazarov, N.Xudoyberganov, A.Rasulov, Q.Yo‗ldoshev 
singari olimlarning yaratgan qator risolalari orqali kuzatamiz.
Ustoz munaqqidlardan O.Sharafuddinovning «Ijodni anglash 
baxti» (2004), «Dovondagi o‗ylar» (2004) kabi risolalari; 
professor U.Normatovning «Qodiriy bog‗i» (1994), «Qahhorni 
anglash mashaqqati» (2000), «Umidbaxsh tamoyillar» (2001), 
professor A.Rasulovning «Tanqid, talqin, baholash» (2006), 
«Ilmu g‗aribani qo‗msab» (1998), «Iste‘dod va e‘tiqod» (2000); 
professor B.Sarimsoqovning «Badiiylik asoslari va mezonlari» 
(2004); I.Haqqulovning «Badiiy so‗z shukuhi», «Zanjirband 
Sher qoshida», «She‘riyat ruhiy munosabat», «Tasavvuf va 
she‘riyat»), «Abadiyat farzandlari», «Irfon va idrok», «Tasavvuf 
saboqlari», «Ahmad Yassaviy», «Kim nimaga tayanadi» (2006) 
kabi qator ilmiy risolalari mustaqillik davrida yaratildi. 
Adabiyotshunos olimlar N.Rahimjonov, B.Karimov, I.Mirzayev, 
S.Sodiqov, A.Ulug‗ov ham hozirgi adabiy jarayonning dolzarb 
muammolarini o‗rganuvchi ilmiy tadqiqot ishlari, monografiya, 
adabiy tanqidiy maqolalari bilan hozirgi o‗zbek tanqidchiligi 
ravnaqiga hissa qo‗shib kelayotirlar. Xususan, adabiyotshunos 
I.G‗aniyev «Fitrat va fitratshunoslik» masalalarini o‗rganib, bu 
sohada sezilarli natijalarga erishayotgan bo‗lsa, olim D.Quronov 
Cho‗lponning poetik maHoratini o‗rganuvchi fundamental 
tadqiqotlarini yaratdi; I.Mirzayev «Hozirgi o‗zbek prozasida 
yangi badiiy tafakkur va taraqqiyot tamoyillari» (1991); 
A.Rahimov «O‗zbek romani poetikasi» (1993); H.Boltaboyev 
«XX asr boshlari o‗zbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy 
merosi» (1996); S.Sodiqov «Abdulla Qahhor ijodi va adabiy 


190 
tanqid» (1997); B.Yo‗ldoshev «O‗zbek adabiyotshunosligi va 
adabiy tanqidchiligida uslub va mahorat muammolari» (2000); 
B.Karimov «XX asr o‗zbek adabiyotshunosligida talqin 
muammosi» (2002) kabi yirik tadqiqot ishlarini yaratdilar. 
Hozirgi adabiy tanqid diqqat markazida yozuvchi shaxsi va 
ijodkorning burchi masalalari tahlil qilinmoqda. Respublika 
matbuotida 
E.Vohidov, 
A.Oripov, 
H.Do‗stmuhammad, 
P.Qodirov, Nazar Eshonqul, Bahrom Ro‗zimuhammad, Islom 
Hamro kabi ijodkorlar hozirgi adabiy jarayon tevaragidagi 
baxslarda ishtirok etib, o‗z mulohazalarini bildirganliklari 
quvonarli holdir. «O‗zbekiston adabiyoti va san‘ati» gazetasi 
sahifalarida muntazam ravishda yoshlar she‘riyati, nasri 
muammolari, hozirgi o‗zbek hikoya va qissalariga xos uslubiy 
yo‗nalishlar to‗g‗risida «Davra suhbatlari» o‗tkazildiki, bunday 
baxslar jarayonida hozirgi adabiy jarayon muammolari u yoki 
bu darajada tahlil qilindi, xulosalar chiqarildi. 
Professor U.Normatov tomonidan yaratilgan «Umidbaxsh 
tamoyillar» nomli ilmiy va adabiy tanqidiy risolada o‗zbek 
nasriga xos o‗sish-o‗zgarishlar chuqur tahlil qilingan. Zotan, 
mustaqillikka erishilgandan keyingi barcha sohalardagi kabi 
badiiy ijoddagi izlanishlar natijalari istiqlol talablariga muvofiq 
haqqoniy yoritilmasa, taraqqiyotning butun dunyo andozalariga 
mos, bozor iqtisodiyotiga asoslangan xuquqiy demokratik 
jamiyat qurish tomon yo‗li, maqsadlari besamar bo‗lishi 
mumkin. Shu bois, Xurshid Do‗stmuhammad adabiy 
jamoatchilik diqqatini ijodkor shaxsiga, uning bugungi 
jamiyatimizda tutgan o‗rniga, mavqyeiga qaratganligi bejiz 
emas (
Х.Дўстмуҳаммад. ЎзАС. 2001 йил, 2-март.

Islom Hamro esa zamonamiz qahramonlari obrazlari 
publisistik asarlarda, ocherklarda haqqoniy, hayotiy bo‗lishi, 


191 
«soxta pafoslarga o‗ralmay» tirik insonlarday tasvirlanishi, 
ularning ichki dunyosi, ruhiyati teran badiiy tahlildan 
o‗tkazilishi zarurligini o‗rinli ta‘kidlagan edi. 
Yaxshi bilamizki, adabiy tanqidning taqriz, adabiy sharh, 
adabiy biografik ocherk, adabiy portret, badia, muammoli 
maqola singari janrlari mavjud. Ayni chog‗da, tanqidda 
qadimdan uchta uslubiy yo‗nalish bo‗lgan: falsafiy, ilmiy 
publisistik va shoirona. Bugungi kunda ana shu barcha uslubiy 
yo‗nalishlar o‗zbek tanqidchiligi tevaragida adabiy jarayonning 
muhim muammolarini tahlil va talqin qilishga yo‗naltirilganligi 
bilan diqqatga sazovor.
Taniqli tanqidchi, f.f.d., professor Norboy Hudoyberganov 
mustaqillik davri o‗zbek adabiyoti, xususan, tanqidchiligi 
taraqqiyoti bilan bog‗liq muammolarni tahlil qilib: «Tanqidchi 
hech qachon yozuvchi va badiiy ijod saviyasini oshirishga qodir 
emas, bunday vazifani bajarishga safarbar etilmaydi, faqat ta‘sir 
ko‗rsatishi mumkin», - degan fikrni ilgari surib, mustaqillik 
davri o‗zbek tanqidchiligining adabiy jarayonga, badiiy ijod 
ravnaqiga ta‘siri sezilarli darajada emasligini kuyunib yozadi. 
Bugungi adabiy tanqid «har yili bir necha yuzlab emas, minglab 
she‘rlaru dostonlar, hikoyalar, qissalar, hatto romanlarni 
do‗ndirib, ularning aksariyatini ham poytaxtdagi ham 
viloyatlardagi 
nashriyotlarda; 
shuningdek, 
hozir 
respublikamizda chiqayotgan sakkiz yuzga yaqin gazetalar, 
jurnallarda chop etiyotgani-yu, pirovardida bu boradagi sifatni 
emas, faqat sonu miqdorni rivojlantirayotgani...» kabi salbiy 
holatga ta‘sir ko‗rsata olayaptimi? – degan haqli savolni 
ko‗ndalang qo‗yib, bu borada jiddiy mulohaza yuritish vaqti 
allaqachon yetganligini to‗g‗ri ta‘kidlaydi. 


192 
Shunga 
qaramay, 
adabiy 
tanqid 
adabiy 
jarayon 
muammolarin baholi qudrat tadqiqu tahlil qilishga intilib 
kelayotganligini O‗zAS gazetasining 2005 yil may sonidagi, 
«Jahon adabiyoti» jurnali sahifalarida 2005-2006 yillarda bo‗lib 
o‗tgan baxs-munozaralar misolida kuzatish mumkin. 
Hozirgi o‗zbek nasri bilan bog‗liq muammolarni tahlil qilib
munaqqid U.Normatov quyidagi qarashlarini bayon qildi: 
«Hozirgi nasrimiz rivoji bilan bog‗liq munozarali masalalar 
ko‗p. Ayniqsa, nasrdagi an‘anaviylik va modernizm muammosi 
qizg‗in tortishuvlarga asos bo‗lmoqda. So‗nggi yillarda prozaga 
bag‗ishlangan birorta muhokama, davra suhbatlarida bu mavzu 
chetlab o‗tilganini bilmayman... Shunisi quvonarliki, bu bahs-
munozaralarda mustabid tuzum davrida bo‗lgani kabi masalaga
g‗oyaviy-siyosiy tus berish hollari yo‗q endi! Badiiy asar 
qimmati qaysi yo‗nalish – an‘anaviy yoki modernizm shaklida 
yaratilganida emas, balki u chinakam san‘at namunasi darajasiga 
ko‗tarilgan yoki ko‗tarilmaganligi bilan belgilanadi... an‘anaviy 
realizm imkoniyatlari hali tugagan emas, qolaversa, realizm 
hududlari cheksiz, uning bag‗ri jamiki yangiliklarga, dadil 
izlanishlarga keng ochiq». 
Yuqoridagi fikrlardan ma‘lum bo‗layotirki, istiqlol davri 
o‗zbek tanqidchiligida badiiy asarlarning san‘at asari sifatidagi 
qadr-qimmatini 
yuksaltirish; ijodkorlarning bu 
boradagi 
mas‘uliyatlarini oshirish; realizm bag‗rida unib o‗sayotgan 
yangi yo‗nalishdagi uslubiy izlanishlarni haqqoniy tahlilu tadqiq 
qilib qo‗llab quvvatlash; o‗zbek she‘riyati va nasriga xos 
yangilanish jarayonlarini tahlil qilib, yaratilayotgan asarlarning 
fazilatlari bilan bir qatorda kamchiliklarini ham yoritish 
tendensiyasi yetakchilik qilmoqda. Ayni chog‗da o‗zbek 
munaqqidlari yosh iste‘dodlarni asrab-avaylash, uslubining 


193 
takomillashuviga ta‘sir ko‗rsatayotgan ijobiy va salbiy holatlarni 
ham haqqoniy va asosli tarzda ochib berayotirlarki, bu ham 
hozirgi adabiy jarayon va butun o‗zbek adabiyoti ravnaqiga o‗z 
ta‘sirini o‗tkazmoqda.
Bir necha yillar muqaddam mashhur adibimiz Shukur 
Xolmirzayev ―Adabiyot o‗ladimi?‖deb bong urib chiqqan 
edi.Adabiyot-ku mustaqillik yillarida ham to‗xtab qolgani yo‗q 
,lekin tanqidchilikning ovozi yetarli darajada eshitilmay qolgani 
aniq.Shukur Xolmirzayev o‗zbek tanqidchiligining taniqli 
namoyondalari to‗g‗risida,mana nima deydi:‖...Ozod aka 
Sharafiddinov batamom publisist bo‗lib oldilar.Domla 
Qo‗shjonov anchayin havaskor yozuvchining ham boshini 
silayaptilar, xolos.Umarali aka shoirona ehtiroslarga beriladigan 
bo‗p qoldilar.Norboy aka, umuman,safdan chiqib ketdi.Ibroxim 
G‗ofurov boshqa yo‗lda ijod qilyapti.Qozoqboy Yo‗ldoshev 
zo‗r-u,ba‘zan uning shaxsiy ―men‖i ―shunos ‖ligini bosib 
ketadi...‖Biz uzoq yillar adabiy tanqid yo‗lida tishov bo‗lib 
kelgan mafkuraviy-siyosiy tazyiqlar,yagona hukmron markscha-
lelincha metadologik yo‗l-yo‗riq,sinfiy-partiyaviy yondashish 
andozalaridan xalos bo‗ldik;adabiy hodisalarni umumbashariy 
badiiy-estetik 
mezonlar 
asosida 
xilma-xil 
talqin 
etish 
imkoniyatlari paydo bo‗ldi.
O‗tgan asrning 90-yillari davomida faol fidoyi munaqqidlarimiz 
uchun hozirgi adabiy jarayondan ko‗ra yangi o‗zbek 
adabiyotining mustabid adabiy siyosat tufayli toptalgan tarixini 
tiklash,qayta baholash,qatog‗on qilingan adiblar merosini xalqqa 
qaytarish 
muhimroq 
va 
zarurroq 
bo‗lib 
qoldi.chunonchi,Cho‗lpon 
sheriyatini,nasri,hayoti,Fitrat 
dramaturgiyasi,adabiy-tanqidiy merosi,Qodiriyning hayot va 
ijod yo‗li bo‗yicha salmoqli tadqiqotlar yaratildi.Etibor 


194 
berilsa,qizg‗in bahs-munozaralar yangi zamonaviy asarlar ustida 
emas,ko‗proq ―Boy ila xizmatchi‖,‖Qutlug‗qon‖,‖Zaynab va 
Omon‖, ‖Muqanna‖, ‖Ko‗kan‖, ‖Sarob‖, ―O‗g‗ri‖, ‖Sinchalak‖, 
‖Alisher Navoiy‖,‖Mirzo Ulug‗bek‖ kabi mumtoz asarlar 
Qodiriy, Hamza, G‗.G‗ulom, A.Qahhor, H.Olimjon hayoti,ijodiy 
merosi talqini ustida ketdi. Qizg‗in tortishuvlar jarayonida qator 
muommolarga oydinlik kiritildi.Bu yo‗nalishdagi bahs-
munozaralar hamon davom etyapti. 
Qayta qurish,oshkoralik yillari,xususan,istiqlol davriga 
kelib tarixiy-inqilobiy,fuqorolar urushi mavzularida hukmron 
mafkura ruhida yozilgan deyarli barcha asarlarning chuvi chiqib 
qoldi:bir vaqtlar ―yangi sovet kishisi‖timsoli-ibrat namunasi deb 
ko‗klarga ko‗tarilgan‖ijobiy qahramonlar‖ham birdaniga 
―qahramon‖ligini,‖ibrat‖ kuchini yo‗qotdi.Ayni o‗sha xx-asr 80-
yillarining o‗rtalarida paydo bo‗la boshlagan ―Lolazor‖kabi 
romanlarda,‖Qora 
kamar‖dramasida,‖Maymun 
yetaklagan 
odam‖singari hikoyalarda sho‗ro davri tarixining,yaqin 
kechmishning tubdan yangicha talqini boshlandi,‖kommunistik 
ideallar‖ yo‗liga jonini tikkan fidoyi shaxslarning kinoyaviy-
fojiaviy obrazlari yaratildi. 90-yillarga o‗tib‖Tushda kechgan 
umrlar‖(O‗.Hoshimov),‖Olabo‗ji‖(ShukurXolmirzayev),‖Otamd
an qolgan dalalar‖(Tog‗ay Murod),‖Ming bir qiyofa ‖,‖Ko‗zgu 
oldidagi 
odam‖, 
‖Tepalikdagi 
xaroba‖(O.Muxtor), 
‖Istilo‖,‖Tobut‖,‖Qora kitob‖ (N.Eshonqul) kabi hikoya, qissa, 
romanlarda esa ―yorqin kelajak ―yo‗lida behuda,ma‘nisiz o‗tgan 
umrlar,adashgan odamlar qismati butun ziddiyati,fojealari bilan 
ochib berildi.Ularda hatto xx asr jahon modern adabiyotidagi 
muhim 
bir 
oqim-modern 
adabiyotiga 
xos 
absurd 
tuyg‗usi,g‗oyasi ko‗zga tashlandi,lekin bu xil asarlarning 
tanqidchilikdagi talqini mutlaqo qanoatlantirmaydi.Bu xil 


195 
asarlar haqida yozilmadi emas,yozildi,yozilmoqda.Hatto maxsus 
ilmiy 
tadqiqotlar 
olib 
borildi, 
dissertasiyalar 
himoya 
qilindi.Biroq ularda bu asarlarning chinakam badiiyati,yangiligi 
jahon adabiyoti kontekstida yetarli ilmiy kashf etib berilgani 
yo‗q.Bu yo‗ldagi ba‘zi urinishlar,chunonchi,milliy nasrimizdagi 
jahon 
modern,jumladan,absurd 
adabiyoti 
bilan 
ayrim 
mushtarakliklar 
borligi 
xususidagi 
mulohazalar 
ba‘zi 
hamkasblarimizning keskin e‘tiroziga uchradi. Chunonchi, 
munaqqid A.Rasulov: ―Biz o‗z adabiyotimiz namunalarini 
osongina G‗arb absurd adabiyoti xirmoniga qo‗shib 
qo‗ymayapmizmi?‖ -deya ajablanadi va buni ―xavfli bir 
holat‖deb ataydi. Professor B.Sarimsoqov esa o‗zbek 
adabiyotida absurd tuyg‗usi,g‗oyasini ifodalaydigan asar 
yaratilmaganini aytish bilan kifoyalanmay,umuman,absurd 
adabiyoti sha‘niga jiddiy aybnomalar qo‗yadi.Uningcha,‖absurd 
asar ma‘naviy–axloqiy konsepsiyasiz, muayyan g‗oya 
tashimaydigan, hayotga loqayd va ma‘nisiz munosabatni 
ifodalaydi‖.
Yaxshiyamki,zamon o‗zgacha,Sho‗ro davrida bunaqa 
―xavfli holat‖ga moyillik bildirgan munaqqidgina emas,absurd 
yo‗lida ―ma‘naviy-axloqiy konsepsiyasiz ‖asar yaratgan 
yozuvchining ham sho‗ri qurigan,quritilgan bo‗lardi.Xolis ilmiy 
tahlil,baho o‗rniga shu tarzdagi vahima,dag‗dag‗alar qilishdan 
qachon qutilar ekanmiz?!Milliy adabiyotimizda‖G‗arb absurd 
adabiyoti xirmoniga‖qo‗shishga loyiq,aniqrog‗i,G‗arb adabiyoti 
bilan mushtarak jihatlari bor asarlar yaratilayotgan bo‗lsa,buning 
nimasi xavfli! 
Asrlardan qolib kelayotgan haqiqat shuki,haqiqiy adabiyot 
xalqni o‗z ortidan ergashtirishi,uning saviyasini ko‗tarishi 
kerak,nainki ommaning didiga moslashishi!Bizda esa hozir 


196 
teskari jarayon ketyapti:kshpchilik shoir va yozuvchilarimiz 
o‗quvchilar darajasiga tushib,g‗oyaviy-badiiy jihatdan sayoz va 
bo‗sh asarlar yaratmoqdalar.O‗tish davrining qiyinchiliklari 
tufayli bizda keyingi yillarda kitobxonlik darajasi bir qadar 
susayib shunga muvofiq ravishda o‗quvchilarning saviyasi 
tushib,didi o‗tmaslashib qolganligi sir emas.Qolaversa,chinakam 
adabiyot chuchun hech qachon omma talabi va didi mezon 
bo‗lgan 
emas.Ommaning 
maishiy 
mavzudagi,sarguzasht 
xarakteridagi 
yengil-yelpi 
asarlarga 
moyilligidan 
kelib 
chiqib,kitob bozorini shu xildagi asarlar bilan to‗ldirish 
emas,balki uning e‘tiborini jiddiy adabiyot tomon yo‗naltirish 
chora tadbirlarini ko‗rish kerak.Shunday qilinganida,yengil-
yelpi asarlar bunchalik bolalab ketmas edi.Achinarlisi 
shundaki,adabiyotimizning qiyofasini belgilab turgan ba‘zi 
zabardast 
ijodkorlarimiz 
ham 
bunday 
holga 
befarq 
qaramoqdalar. 
―Xalqni ortidan ergashtiradigan‖, uning saviyasini 
ko‗taradigan noyob san‘at durdonalari hamma davrlarda 
nisbatan oz yaratilgan. Saviyasi past, zaif asarlar hamma 
davrlarda, hatto milliy adabiyot rivojining ―oltin‖ va‖ kumush‖ 
bosqichlarida ham mo‗l-ko‗l bo‗lgan. Bugun ―yengil-yelpi 
asarlar‖nihoyatda bolalab ketayotgani rost. Ayni paytda, 
Zulfiyaning ―Xotiram siniqlari‖, Said Ahmadning ―Qorako‗z 
majnun‖, ―Oftob oyim‖, O.Yoqubovning ―Qaydasan Moriko‖, 
O‗tkir Hoshimovning ―Tushda kechgan umrlar‖, Tog‗ay 
Murodning ―Otamdan qolgan dalalar‖, Sh.Xolmirzayevning 
―Dinozavr‖, ―Ozodlik‖, Erkin A‘zamning ―Shoirning to‗yi‖, 
N.Eshonqulning 
―Shamolni 
tutib 
bo‗lmaydi‖, 
X.Do‗stmuhammadning 
―Bozor‖, 
Sh.Bo‗tayevning 
―Qo‗rg‗onlangan oy‖, U.Hamdamning ―Muvozanat‖, ―Isyon va 


197 
itoat‖ singari badiiy yetuk, chin san‘at namunasi deyishga loyiq 
asarlarining dunyo yuzini ko‗rgani ham haqiqat! Bu ro‗yxatni 
yana davom ettiraverish mumkin. Ayniqsa,bugungi yangilangan, 
yangilanayotgan milliy she‘riyatimiz, dadil aytish mumkinki, 
zamonaviy jahon poetik tafakkuri bilan bemalol bo‗ylasha 
oladigan she‘riyatdir. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin