―Bexabarman to‗yingdan, hatto,
Seni ko‗rmoq edi ilinjim.
Endi yupanchig‗im bir Xudo,
Anhor to‗yga aytdi meni jim.
Sen-ku, aytmay turmush quribsan,
Men-ku, mayli qilaman bardosh.
Lekin nega anhorimizni
To‗yga aytmay yig‗latding, bebosh?
Sevgimizdan mag‗rur oqardi,
Endi g‗ussa ichida ma‘yus.
Hatto, suvdan muhabbat ketdi,
Hatto, suvda vafo yo‗q, essiz‖
degan satrlarda o‗rtangan
qalbning o‗tli nolalari aks etadi. Ulardagi so‗zlardan yoshlikka
xos jo‗shqinlik, shiddat ufuradi. She‘rda anhor, undagi suv
ajoyib tarzda jonlantiriladi. Anhor va suv yuragi yongan
yigitning otashin sevgisi guvohi bo‗lib ko‗rinadi. Mansur
G‗aniyevning ―Oydinlashar olam, shu‘lalar ichib‖, Shodi
Otamurodning ―Olis-olislarga ketar xayolim‖ sarlavhali
168
chiqishlari ham asrimizning navqiron avlodi vakillari ijodkor
sifatida yoshiga nisbatan ancha erta ulg‗aygani, ular jo‗shqin
tuyg‗ularini haroratli so‗zlarda ifodalayotgani, topgan tashbeh,
timsollari ma‘nodor, ta‘sirchan ekanligiga aniq isbot bo‗la oladi.
Nargiza Odinayeva, Shavkat Odiljon, Jo‗rabek Jahon
tengdoshlarining barcha mavzudagi she‘rlari avvalo o‗zining
jozibador ohangi, satrlaridagi so‗zlar saralanganday tanlangani,
bir so‗z bilan aytganda jo‗shqin ilhom samarasi sifatida qalbdan
otilib chiqqani bilan diqqatni jalb etadi. Odamning ko‗ngli esa
xush ohangdan quvvat olib, ruhi oziqlanadi. Jaranglagan ohang
go‗zallikning eng mukammal nomoddiy shakli bo‗lib, hech bir
narsa inson qalbiga ohang singari kuchli ta‘sir ko‗rsatmaydi.
Shoir, umuman, ijodkor barchadan ko‗ra faolroq
bo‗lishga, ko‗proq mehnat qilib izlanishga majbur. U mana
shunday yashaganidagina haqiqiy san‘atkorga aylanadi. Ijodkor
muttasil mehnat qilish orqali o‗ ziga berilgan qobiliyat uchun
shukrona keltiradi. Shoir, adibning shukronasi halol yashab,
tinimsiz ijod qilishida namoyon bo‗ladi. Shoirning qalbida nima
bo‗lsa, shu narsa she‘riga ko‗chadi. Yaratganning o‗zi ato etgan
tiniqlikni asrab-avaylasa, uni nafsning tuganmas hoyu havaslari
yo‗lida kirlantirmasa, ijodining avji hech qachon pasaymaydi.
Chunki ruh toza, pokiza bo‗lsa, kishining ezgu amallariga
baraka inadi. Ijod esa bevosita ruh bilan bog‗ liq. U qalbning
qa‘ridan sizib chiqadi. Maftuna Normatovaning ―Shohona
shodliklar‖ to‗plamidagi she‘rlar bunga aniq misol bo‗la oladi.
Ushbu to‗plamga ham boshqa shoirlarning kitoblaridagi singari
turli mavzudagi she‘rlar kiritilgan. Lekin shoira bu
mavzularning har biri to‗g‗risida yangi fikr ayta olgan.
Jumladan, Vatan mavzusidagi she‘rlar toza tuyg‗ularga
169
yo‗g‗rilgani, yoshlikka xos hayajon ifodasi ekani bilan e‘tiborni
tortadi.
―Yomg‗irdek shitir-shitir
Yuzlaringni yuvgayman.
Qor bo‗lib tarnovingdan
Qo‗lingga suv quygayman‖.
Ushbu bitikda ham yosh shoira qalb kechinmalarini so‗z
ranglari jilosida mahorat bilan ifodalagan.
Ularda ohorli obrazlar, kutilmagan xulosalar bo‗rtib
ko‗rinadi. So‗zlar o‗z o‗rnida qo‗llanganidan jaranglab sado
beradi. ―G‗alaba‖ she‘rini o‗qigan kishi, albatta, bunga yana bir
karra ishonch hosil qiladi:
―Sekin oyni tishlayman,
Uzib olaman shu on
Va yugura boshlayman,
Yeta olmaydi osmon.
Kulgularim kelar toshqinday,
Sig‗dirolmayapti qaroqlar.
Meni qiynamoqni eplolmay,
Qiynalib qolmoqda qiynoqlar‖.
Ushbu she‘r ikki qismdan iborat. Birinchisida oyni tishlab
uzib olib qochish to‗g‗risida, ikkinchisida zavqlanib kulish
holati haqida so‗z ketadi. Shoira moddiy narsa – Oyni kuzatish
va nomoddiy narsa – kulish bilan bog‗liq bu ikki holatni ajoyib
tarzda ―g‗alaba‖ tushunchasida birlashtiradi. She‘rdan inson
moddiy olamni ham, o‗zining ichki dunyosini ham
boshqarishga, zabt etishga qodir, degan ko‗tarinki, umidbaxsh
xulosa kelib chiqadi. To‗plamning ―Shohona shodliklar‖ deb
nomlanishi ham asrimiz navqiron shoirlarining didi, so‗zni his
etishi ellik yil avvalgi avlodnikidan ancha baland ekaniga yorqin
170
dalil bo‗la oladi. ―Ko‗ngil qoyasi‖ to‗plami muallifi Yulduz
Zoirova ham o‗z tengdoshlari singari she‘rni muqaddas biladi.
Jamlanmadagi
talay
she‘rlari shundan dalolat beradi.
Zamonamiz yosh shoirlari to‗plamlarida she‘r taʼrifiga
bag‗ishlangan she‘rlar talay. Ular ko‗pincha o‗zining ilhom
og‗ushidagi onlari, ko‗ngliga she‘r misralari quyilib
kelayotganini izhor etishni yaxshi ko‗rishadi. Ijodkordagi ayni
holat uning ilhom og‗ushida qolgani, shu paytdagi tuyg‗ularini
boshqacha ifoda etolmasligini bildiradi. ―Ko‗ngil qoyasi‖dagi
―Har satrim jonimdan otilgan otash‖, ―Ilhomning nuridan,
oyning nuridan, She‘rim, xonam va tun gullaydi‖ singari
satrlarda she‘r sharobidan sarmast ko‗ngilda mavj urgan
ehtirosli kechinmalar ko‗rinadi.
Nurxon Turg‗unboyeva 1997 yilda tug‗ilgan. Lekin u
―Oydin
orzular‖
to‗plamidagi
she‘rlarida
his-tuyg‗u,
kechinmalarini havaskor qalamkash sifatida emas, uncha-
muncha tajribali ijodkorlar ham havas qiladigan tarzda
ta‘sirchan ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |