Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Istiqlol davri adabiyotida publisistik janrlar taraqqiyotini
qanday izoylaysiz?
2.Sobiq sho‘rolar davri pudlisistikasining xususiyatlari?
3.Nima uchun istiqlol yillarida publisistik janralr takomili
o‗z ifodasini topmoqda?
4.Suhbat janrining bugubki kundagi taraqqiyotini izohlang?
Adabiyotlar:
1.И.Султон. Адабиѐт назарияси.- T.: 1986. 258- 262-
бетлар.
2.Умуров Ҳ. Адабиѐт назарияси. – T.: ―Шарқ‖, 2002.
220-221- бетлар.
3.Имомов К. Ўзбек халқ прозаси.- T.: ―Фан‖ 1981. 3-11-
бетлар.
4.Ўрта Осиѐ ва Қозоғистон халљлари адабиѐтидаги
роман жанрини тирологик ўрганиш. – T.: ―Фан‖, 1991. 4-45-
бетлар.
5. Раҳимов З. Ўзбек романида конфликт кўринишлари
// Ўзбек тили ва адабиѐти, 1999. 5-сон, 47-49-бетлар.
153
11-MAVZU
HOZIRGI DRAMATURGIYANING UMUMIY
XUSUSISYATLARI
Reja:
1.Keyingi yillar dramaturgiyasining umumiy xususiyatlari.
2.Dramada inson talqini masalalari.
3.Sh.Boshbekov,
A.Ibrohimov
dramalarida
badiiy
konflikt.
4.Dratik asarlarning istiqlol yillaridagi taraqqiyti va badiiy
xususiyatlari haqidagi qarashlar nimalardan iborat.
5.Odil Yoqubovning ―Avlodlarga vasiyat‖ dramasida
tarixiy voqelik talqini va ijodkor mahorati.
Tayanch iboralar:
Dramalarning taraqqiyoti, badiiylik,
funksiyasi, taqlin, konflikt, tushunvhalar ifodasi.
Dramaturgiya janrining shakllanishi, tarqqiyoti, adabiy
jarayondagi o‗rni, dramada xarakter va badiiy konflikt.
Sh.Boshbekov, A.Ibrohimov dramalarida hayotiy ziddiyatlar
talqini.
O‗zbek milliy tafakkuri, estetik qarashlarida sodir bo‗lgan
evrilishlar dramaturgiya taraqqiyotiga ham jiddiy ta‘sir ko
o‗rsatdi. Bu vaqtda yaratilgan asarlar orasida Usmon Azimning
―Bir qadam yo‗l‖, Ilxom Hasanning ―Bir kam dunyo‖, Abdulla
A‘zamning
―Dugohi
Xusayniy‖,
Erkin
Samandarning
―Arabmuhammad Bahodirxon‖, O. Yoqubovning ―Bir koshona
sirlari‖ kabi asarlari dramaturgiyada erishilgan o‗ziga xos
yutuqlardan bo‗ldi. Dramaturgiya garchi sahna talablariga
bog‗liqlik nuqtai nazaridan kanservativ tur bo‗lsa-da, shakliy
izlanishlar qilish, ijodiy tajribalar o‗tkazish to‗xtab qolgan emas.
U.Azim, E.Samardar va A.A‘zam qalamiga mansub dramalar
sahna asarlari yaratishdagi dadil tajribalar mahsulidir.
154
Dramaturglar tomonidan son-sanoqsiz hayotiy vaziyatlarda
harakat qilayotgan qahramonlar tabiatidagi evirilishlar ham
adoqsiz darajada turfa bo‗lishi mumkinligini nozik his etilgan va
drama – versiya, drama – vaziyat singari ifoda shakllari o‗ylab
topilgan. Bu hol mazkur sahna asarlarining muvaffaqiyatli
chiqishini ta‘minlagan.
Ayni vaqitda, milliy dramaturgiyada tilga olishga loyiq
badiiy yutuqlar kam ekanligini tan olish kerak. Istiqlol
dramaturgiyasi bozor iqtisodi talabalariga eng ko‗p berilgan
adabiy tur bo‗ldi deyish mumkin. Bu hol sahna asrlarining
sifatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmay qo‗ydi, albatta.Aytish
kerakki,miqdor jihatijan dramachilik taraqqiyotida e‘tiroz
bildirib bo‗lmaydi.Lekin keyingi o‗n yillikda dunyoga kelgan
dramalardan qirqqa yaqini tekshirib chiqilganda ularning uchdan
biri
turli
yubiley
munosabati
bilan
yozilganligi
aniqlandi.Komediya degan nomga davogar sahna asarlarining
esa
deyarli
barchasi
teatrlarning
buyurtmasi
bilan
yaratilgan.Albatta, ijtimoiy buyurtma yo‗li bilan ham yetuk
badiiy asarlar dunyoga kelishi mumkin.Bunga milliy va jahon
adabiyoti tajribasidan istagancha misollar topsa bo‗ladi.Ammo
butun boshli miilliy dramaturgiyani faqat buyurtma yo‗li bilan
taraqqiy ettirishga urinishni badiyat nuqtai nazaridan sog‗lom
hol deb bo‗lmaydi.
Dramalar, asosan,shaxslarning yubileylari munosabati bilan
yaratilayotgani sahna asarlarining nomlarini sanashdayoq
ma‘lum bo‗ladi. To‗ra Mirzoning ―Amir Temur‖, Abdulla
Oripovning ―Sohibqiron‖, Odil Yoqubovning ―Fotixi Muzaffar
yoki bir parivash asiri‖ dramalari jahongir Amir Temurga
bag‗ishlangan bo‗lsa, Hayitmat Rasulning ―Piri koinot‖,
Yo‗ldosh Sulaymonning ―Al-Farg‗oniy muhabbati‖, Ibrohim
155
rahimning ―Farg‗ona farzandi‖ asarlari buyuk matematik va
astranom ajdodimizga atalganligi ko‗rinib turibdi. Shuningdek,
Mashrab,
Cho‗lpon,
Usmon
Nosir
singari
mashhur
yurtdoshlarimiz yubilaylari munosabati bilan ham bir qator
sahna asarlari dunyoga keldi. Badiyat nuqtaiy nazaridan u
asarlarni yoppasiga salbiy baholab bo‗lmaydi. Lekin ularning
estetik kashfiyot bo‗lmaganligi ham haqiqatdir. Bu xil asarlarda,
aksariyat hollarda, drama mualliflarining ezgu niyati badiiy
voqelikka aylanmay qolgan. Chunki asar ichki ruhiy ehtiyojdan
ko‗ra ko‗proq ijtimoiy zaruriyat tufayli dunyoga kelgan.
Istiqol davri komediyalarining saviyasi kishida haqli e‘tiroz
va jiddiy havotir uyg‗otadi. Negaki, o‗zbek komediyachiligining
dastlabki qadamlaridayoq juda zalvorli va esda qolarli bo‗lgan.
Hamza, A. Qahhor, Sh. Boshbekovlarning teran ma‘noli kulgi
asarlarini eslashning o‗zi da‘voyimizning nechog‗lik haq
ekanligini ko‗rsatadi. Bugungi komediyalarning badiiyati na
ijrochilarga, na tamoshbinlarga va na o‗quvchilarga biror estetik
ozuqa bera oladi. Sahnaviy ijodning komediya deb atalmish
muqaddas bir turiga ko‗cha so‗zlari, ko‗cha hissiyoti, tiyiqsiz
chuchmallik, pardasizlik dadil kirib kelmoqda. Mualiflar
to‗qnashuvlar tarangligi haqida emas, balki bachkana qiliqlar,
pardasiz so‗zlarni ko‗proq qo‗llash haqida bosh qotirishmoqda.
Bu xildagi bitiklar to‗xtovsiz sahnalashtirilayotganligi, boz
ustiga ko‗plab tomoshabinlarga ega bo‗layotganligi esa milliy
estetkamiz uchun jiddiy xavfdir. Chunki millatning badiiy didi
shakillanishiga to‗g‗ri yo‗nalish bermay turib, uning
ma‘naviyatini yuksaltirib, komil shaxsni tarbiyalash haqida
gapirish behudadir.
Istiqlol davrida she‘riyat va nasl borasida mustaqillikkacha
bo‗lgan yaqin o‗tmishdagi estetik yuksakliklargayetilibgina
156
qolmay, undan balandroq cho‗qqilarni egallash imkoniyati
yuzaga kelganligi ayon haqiqat bo‗lsa, dramaturgiya bobida shu
vaqtgacha
erishilgan
sahnaviy
yuksaklikka
yaqin
kelinmayotganligi ham bor gapdir.
Davr ahli ruhiyatidagi oshkora asabiylik, sezimlar nozikligi,
munosabatlar dramatizmidagi taranglik hali – hanuz pesalarga
ko‗chganicha, sahna hodisasiga aylanganicha yo‗q. Ehtimol,
miliy tafakurdagi to‗xtamlarning estetik qarashlardagi
qanoatlarning qat‘ilashmaganligi, hozirgi voqelikning
ijodkorlardan yetarlicha uzoqlashmaganligi, shu hayot tufayli
yuzaga kelmagan hissiyotlar junbushining tiniqmaganligi,
ijtimoy to‗qnashuvlar ruhiyatida bergan aksi sadoni sahnabob
shakilda moddiylashtirish qiyinligi bunday holning ro‗y
berishiga sababdir. Holbukiy,har qanday keskin ijtimoiy
o‗zgarish va yangicha hayotiy vaziyat dramatik turdagi asarlar
yaratilishi uchun mo‗l-ko‗l material bera oladi.
Har bir odamda bo‗lgani kabi xar bir millatning va har bir
davrning ham o‗z mo‗ljallari, egallanishi orzu etiladigan
marralari bo‗ladi. Mustaqilikka erishilganidan keyingi davr
o‗zbek adabiyoti uchun inson ma‘naviyati qirralarini tekshirish,
odam ruhiyatidagi ko‗z ilg‗amas sezimlarni tadqiq etishga ana
shunday baland marradirki, milliy adabyotimiz ana shu marrani
egallashga intilmoqda.
Tarixiy haqiqatni ta‘sirchan gavdalantirish uchun adabiy
asarlarda turli badiiy vositalar qo‗llaniladi. Real voqelikni
manzarasi to‗qima qahramonlar taqdiri, faoliyati orqali
yorqinlashtiriladi. Asar sujetini to‗qima voqealar asosiga
shakllantirish
va
ularga
tayanib
Amir
Temurdavri
murakkabliklarinimanzaralantirishgaintilish‖Sohibqiron‖dramas
ining ham mohiyatini belgilaydi.
157
―Sohibqiron‖ dramasida hayot haqiqatining ta‘sirchan
manzarasini ko‗rsatish, Amir Temur shaxsida mujassamlashgan
ulug‗vorlikni
gavdalantirish
maqsadida
qator
to‗qima
qahramonlar obrazi ham yaratilgan. Sartarosh, yasovul
Qosimbek, Kayxisrav, shatranji Alovuddin, xufya Buqalamun,
turli mamlakatlarning elchilari obrazlari real voqyelikni
akslantiruvchi adabiy qahramonlar sanaladi. Bir-ikki ko‗rinib
ketuvchi ushbu to‗qima qahramonlarning har biri sohibqiron
siymosining ulug‗vorligini gavdalantiruvchi muayyan ‖yuk‖
bilan harakatlanadi.
Sartarosh obrazi ―men hazrat emas, Men ham Temur deb
atalmish oddiy bir banda ― (43-bet) degan sohibqironning barcha
qatori inson ekanini namoyon qilgan.Bu asar boshida
ham,xotimasida
dramaning
falsafiy
mazmunini
chuqurlashtirgan.Amir Temur:
Sartaroshsan,mana senga boshimni egdim...(9-bet)
Sartaroshga bosh egar,ha,jahongirlar ham.
Boshqalarga egilishdan asrasin xudo!...
Har qaydayin bandaga ham kerakdir sirdosh(8-bet)
deb sartaroshga ko‗nglini ochadi.
Qo‗ni-qo‗shni uluslarning hukmdorlari
Shamshirimdan qo‗rqadilar,shonimdan emas(9-bet)
deydi. O‗zining tug‗ilgan tuprog‗i ozodligi uchun qay tarzda
jangu jadalga otlangani, ‖mansabparast, g‗ayur, battol, o‗g‗ri,
firibgar, xushomadgo‗y kimsalarni o‗ziga mahram sanamasligi,
ularning yuragida ne kechishini oyinaga boqqan kabi ko‗rib
turishini‖ (9-bet) aytadi.
Sohibqiron faqat sartarosh bilan emas, yon-veridagi boshqa
odamlar bilan ham samimiy suhbat qiladi.Bu bilan buyuk
shaxslar
ham
barcha
singari
oddiy
odam
ekanligi
158
ta‘kidlanadi.Dramada ham Amir Temurning qahridan ko‗ra
mehri baland bo‗lganini ko‗rsatishga alohida e‘tibor qilinadi.
Atoqli adib Chingiz Aytmatov: ‖Amir Temur buyuk davlat
arbobiga xos tadbirkorlikni ham, harbiy tafakkurni ham,
oldindan ko‗ra olish iqtidorini ham, ruhoniyligu islohotchilikni
ham o‗zida mujassam etgan‖
2
, deydi. Chunki u qonli urushlar,
zulm, bosqinchiliklar avj olgan bir zamonda yashagan.Davrning
turfa to‗siqlarini beqiyos zakovat,hayratlanarli tadbirkorlik bilan
yengib o‗tgan. Amir Temurning saltanatni boshqarish san‘atiga
dunyo ahli tan bergan. Uning jang yo‗riqlari, dushmanlariga
qarshi olib borgan kurash usullari shohu sultonlar uchun o‗ziga
xos ibrat bo‗lib kelgan. ‖Sohibqiron‖da ham Amir Temurning
raqiblarini yengish yo‗lidagi tadbirlari ta‘riflanadi. Temur
o‗zining saltanatini boshqarish tadbirlari haqida so‗zlay
turib,jumladan,shunday deydi:
Bolalarim,unutmangki,
Davlat ishida
Har qanday yumushning ham
O‗z o‗rnibordir.
Minglab xufya xizmat qilar bizga,masalan,
Ammo ular tanishmagay bir-birlarini.
Xabarlarni shoshilmasdan,tinglab,o‗rganib,
Barchasiday chiqargaymiz zarur xulosa.
Dramada shu minglab xufyalardan biri-Buqalamunning
obrazi yaratilgan.Sohibqironning ishonchli kishilaridan biri
bo‗lgan Buqalamunning asl ismi Itolmas.Butun qiyofasini,hatto
ko‗zlarining rangini o‗zgartira oladi,ko‗p ellarning tillarini
biladi,deb ta‘riflangan.Buqalamun eng mushkul topshiriqlarni
ham epchillik bilan bajaradi. Ushbu to‗qima qahramonining
159
hatti – harakatlari Amir Temurning siyosat maydonidagi makr –
xiylalardan qay tarzda xabardor bo‗lganini bayon etadi.
―Shatranch ilmi jahongiri‖ deb ta‘riflangan Aloviddinning
obrazi esa sohibqironning buyuk iroda, kuchli ruh kishisi
bo‗lganini dalolatlaydi. Sulton Boyazid lashkarlari bilan hayot-
mamot jangi ketayotgan bir paytda Amir Temur Aloviddin bilan
shatranj o‗ynab o‗tiradi.Chodir ortidan jang suronlari eshitilib
turadi.‖Ayni chog‗da mening bunday o‗ltirishim dushmanga
allaqachon ma‘lum bo‗ldi.Bu firibimdan ularning dilida qo‗rquv
tahlikasi boshlandi‖,deydi Amir Temur.Shoir xayolining kashfi
bo‗lgan bu jarayonni shatranj o‗yini qoidalariga muvofiq
manzaralantiradi.AmirTemur taxta ustida ruh donalarini
harakatlantirib,kutilmaganda Aloviddinni chiroyli mot qiladi
.Sohibqironning buyuk iroda egasi ekanini,ulug‗ donishmand
egasi ekanini,uning ulug‗ donishmand bo‗lganini gavdalantirish
maqsadida asarga kiritilgan bu o‗yin ham falsafiy ruh bilan
yo‗g‗rilgan.Aloviddin o‗yin chog‗ida Temurga g‗alabaga
erishish uchun asp donalaringizni harakatlantiring,deydi
Sohibqiron esa unga:
Tangrim madodkor!
Ruh surish fikrini u o‗rgatdi menga...
Eshitingiz,
Ruh haqiqat qilichidek keskir,beomon.
Men ruh bilan jang qilishni sevaman juda,
Shoyad ruhlar menga mudom bo‗lgay madodkor(68-69-
betlar)-deydi.Amir Temur shatranj o‗yinida ruh donalari
yordamida g‗olib kelishi qo‗shinlarining dushman lashkarini
yengib,Rum sultoni Boyazidni asir olishiga to‗g‗ri keladi.
Tarixiy voqelikka mana shunday badiiy tus beriladi.
160
Ma‘lumki,
qahramonlar
o‗rtasidagi
keskinlikni
chuqurlashtirishga
berilib
ketish
asarga
hamisha
ham
muvaffaqiyat keltiravermaydi. To‗qnashuvlarni kuchaytirishga
kirishib ketish asosiy qahramon taqdiri bir yoqda qolib, boshi,
oxirini tutib bo‗lmaydigan sarguzasht tafsilotlari oqimiga tushib
qolishga olib keladi‖. Sohibqiron‖dramasida ana shunday
saqlanilgan.Asosiy
maqsaddan
chalg‗imaslik
uchung
qahramonlar o‗rtasida ziddiyatlar zanjiri hosil qilinmagan.
Voqyealar keskinlashib ketishi mumkin bo‗lgan o‗rinda yangi
bir qahramon sahnaga chiqarilib, vaziyat iliqlashtirilgan.Yasovul
Qosim-ana shunday obrazlardang biri. U Temur Aloviddinni
shatranj o‗yinida o‗tirgan chog‗da Sulton Boyazidning asir
olingani haqida xushxabar keltiradi.Sohibqiron bu qutlug‗ xabari
uchun Samarqandga qaytib borgach,unga nabiralaridan birini
berishini aytadi.Samarqandga qaygach, halolligi,sadoqati uchun
vazir Muhammad Qovchinni ham kechiradi.O‗lpon talab qilib
kelgan chin elchisiga ham g‗azab qilmaydi.Uni mehmon sifatida
nabiralari to‗yiga taklif qiladi.Biroq sohibqiron shu lahzalarda
yana jangu jadalga chiqish zarurati paydo bo‗lganini o‗ylab ich-
ichidan ezilib o‗tiradi:
Evoh,meni avlodlarim kim deb eslashur?!
Urushqoq bir jahongirmi yo haq posboni?
Adolat deb umrim bo‗yi kurashdim,biroq,
Afsuski,u bo‗lmas ekan jangu jadalsiz(117-bet)
Tarixdan ham ma‘lum, Amir Temur g‗oyat chigal davrda
yashagan.Adolat uchun kurash yo‗llarida qonli janglarga
kirishga majbur bo‗lgan.Ana shu ziddiyatli buyuk siymo
ulug‗vorligini gavdalantirishda Abdulla Oripov tarixiy shaxslar
obrazi bilan bir qatorda to‗qima qahramonlar obrazlaridan ham
mahorat
bilan
foydalangan.‖Sohibqiron‖dagi
adabiy
161
qahramonlar tarixiy shaxslar obrazi bilan uyg‗unlashib, o‗tmish
hodisalarning jonli, ta‘sirchan manzarasini namoyon qilgan.
Dostları ilə paylaş: |