O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik


XIX asrning birinchi choragida Buxoro va Rossiya munosabatlariga



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   112
XIX asrning birinchi choragida Buxoro va Rossiya munosabatlariga 
doir nashr etilgan tarixiy manbalar. 
XIX asrning birinchi choragida Buxoro va 
Rossiya munosabatlariga doir nashr etilgan manbalarni o‗rganishda, bu ikki davlat 
aloqalari ishtirokchilarining asarlari asosiy o‗rinni tutib, ular ichida 1820 yilda 
A.F. Negri boshchiligida Rossiyadan Buxoroga yuborilgan diplomatik missiya 
tarkibida qatnashgan G. Meyndorf, E. Eversman va Budrin asarlari ayniqsa 
xarakterlidir. Bu asarlarda XIX asrning birinchi choragida Buxoro va Rossiya 
o‗rtasida olib borilgan savdo va diplomatik aloqalarning umumiy holatini; o‗zaro 
savdoda chiqariladigan va olib kelinadigan mollarning turi, hajmi, narxlari va 
savdo oborotida ularning tutgan o‗rni hamda diplomatik missiyasi va 
elchiliklarning yuborilish sabablari, ularning oldiga qo‗yilgan asosiy vazifalari va 
keltirilgan natijalarini aniqlab beruvchi juda qimmatbaho ma‘lumotlar keltirilgan. 
Meyndorfning «Orenburgdan Buxoroga sayyohat» nomli asari Fransuz tilida 
turkolog Amediy Jobert taxriri ostida 1826 yili Parijda nashr etilib, shu yilning 
o‗zidayoq nemis tilidagi tarjimasi K. Xerm va V. Sheyder tahriri bilan chiqilgan.
Kitob uch qismdan iborat bo‗lib, kitobning eng ajoyib va qimmatli qismi 
uchinchi qismi bo‗lib, unda Buxoro xonligining geografik o‗rni, ijtimoiy-iqtisodiy 
va davlat tuzilishi sistematik ravishda bayon qilingan. Asarning bu qismida Buxoro 
xonligining iqtisodi, etnografiyasiga, tarixiga hamda tashqi davlatlar jumladan 
Rossiya bilan olib borgan savdo va diplomatik aloqalariga bag‗ishlangan maxsus 
qimmatli bo‗lim bo‗lib, ularda Buxoroning aholisi, mashg‗ulotlari, qishloq xo‗jalik 
sug‗orish sistemasi, hunarmandlarning, ayniqsa xotin-qizlarning ahvoliga oid juda 
ko‗p qimmatbaho ma‘lumotlar keltiriladi. 
G. Meyndorfning asari, asosan avtorning shaxsiy mulohazasi, kishilardan 
eshitgan va so‗rab bilgan ma‘lumotlari asosida yozilib, kitobda keltirilgan 


138 
ko‗pdan-kop izohlar va dalillar G. Meyndorfning O‗rta Osiyo mahalliy tarixiy 
asarlaridan 
hamda 
O‗rta Osiyoga o‗zidan avval kelgan Yevropalik 
sayyohatchilarning yozib qoldirgan xotiralaridan keng foydalanganligini 
ko‗rsatadi. 
Buxoro va Rossiya munosabatlari tarixini bayon qilishda avtor A. Jenkinson 
(1558 y.), Bekovich Cherkasskiy (1714-1718 yy.), F. Beneveni (1720-1725 y.) 
elchilari to‗g‗risida yozilgan adabiyotlar hamda O‗rta Osiyo geografiyasiga oid 
ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi. Meyndorf bu asarni yozishdan oldin 1819 yilda 
Xiva Xonligiga yuborilgan rus elchilari N. Muravyov, R. Danibek, E. Eversman 
asarlaridan hatto Ulug‗bek, Abulg‗ozi asarlaridan foydalanilgan. 
G. Meyndorf o‗z asarlarida Buxoro va Rossiya munosabatlari ustida 
to‗xtalib, ularning tarixiga oid juda kizik materiallar keltiradi. Ular orasida qadimgi 
Sharqiy Yevropadan sharq mamlakatlari: Hindiston, Xitoyga o‗tgan tranzit savdo 
yo`li Buxoro orqali o‗tib, bu savdo Buxoroning vositachilik rolini ko‗rsatuvchi 
ma‘lumotlar bor. Avtor Buxoroning sharqiy yevropa davlatlari bilan bo‗lgan savdo 
aloqalari eramizgacha bo‗lgan III asrlardan boshlab, somoniylar davriga kelib (X) 
ayniqsa rivojlanganligi. Chingizxon davrida buzilib Temur tomonidan yana qayta 
tiklanganligi to‗g‗risida yozadi.
Asarda o‗rta asrlarda Buxoro va Rossiya munosabatlarining Sibir va 
Astraxan orqali olib borilishi va rus podsholari Temuriylar bilan savdo 
munosabatlari olib borganliklari to‗g‗risida juda ko‗p qiziqarli materiallar berilgan. 
Avtorning yozishicha, Buxoro savdogarlari XVIII asrgacha Tara, Tomsk va Tobol 
shaharlariga borib, o‗z gazlamalarini Sibir mo‗ynalariga va temirga ayirbosh 
qilardilar. 
Meyndorf o‗z asarida XIX asrning boshida Buxoro savdogarlari uchun 
Rossiyada yaratib berilgan yengilliklar va yarmarkalarda buxoroliklarning olib 
borgan savdo operaciyalari to‗g‗risida ko‗pdan-ko‗p ajoyib ma‘lumotlar keltiradi. 
Uning yozishicha: Buxoro savdogarlari Rossiyaning O‗rta Osiyo bilan 
chegaradosh shaharlarida 1807 yildan boshlab esa Nijgorod, Ibriy yarmarkalarda 
savdo qilish imtiyoziga ega edilar.
Meyndorfning fikricha: Buxoro savdogarlari uchun Rossiyanin gichki 
bozorlarida ochiq savdo qilishiga ruxsat etilishi birinchidan chegara shaharlaridagi 
chakana savdoning bir muncha qiskarib ketishiga olib kelgan bo‗lsa, ikkinchidan 
buxoroliklarni 
rus 
mollarining 
haqiqiy 
bahosi 
bilan 
tanishtirib, 
rus 
savdogarlarining buxoroliklar bilan bo‗lgan savdodan oladigan foydalaridan 
anchagina mahrum etgan edi. 
Asarda keltirilgan faktik ma‘lumotlar Buxorodan Rossiyaga chiqariladigan 
mollarning asosini paxta, yigirilgan ip, mahalliy iplar, bo‗z, kashimir shoi 
ro‗mollari, quruq mevalar, qorako‗l va madaniy mollar tashkil etishini ko‗rsatib 


139 
berdi. Masalan: Bu ro‗yxat bo‗yicha 1819 yilda Buxorodan Orenburg orqali 
Rossiyaga 16 ming 813 pud paxta, 18 ming 928 pud yigirilgan ip, 20 ming 410 
to‗p ip-gazlama, ya‘ni bo‗z, 151 ming 600 to‗p, har to‗pi 24 metrdan rangli 
gazlama va boshqalar chiqarilgan edi. 
Meyndorf Buxoro bilan Rossiya savdo munosobatlariga baho berib, bu 
savdoning XIX asrning birinchi choragida juda ham rivojlanganligi va uzoq vaqt 
mana shu davom etishi mumkinligi to‗g‗risida yozadi. Avtorning fikricha bu ikki 
davlatning savdo aloqalari bir tomonidan Rossiyaning janubiy rayonlarida 
paxtachilik va ipakchilik rivolanmaguncha, ikkinchidan Buxoro xonligida sanoat, 
ayniqsa misni ishlab chiqarish va to‗qimachilik rivojlanmaguncha mana shunday 
rivojlana borardi. 
Haqiqatdan ham G. Meyndorfning Buxoro-Rossiya munosabatlari 
to‗g‗risida bergan mana shu fikri juda ham to‗g‗ri bo‗lib, sanoat rivojlanib, paxta 
va ipak singari xom ashyoga muhtoj bo‗lgan Rossiya ham o‗zida metal va sanoat 
mollari ishlab chiqarishga ega bo‗lmagan va ularga muhtoj bo‗lgan Buxoro xonligi 
ham bu savdodan manfaatdor ekanligidan dalolat beradi. 
XIX asrning 30-40 yillarida buxoro xonligi bilan Rossiya o‗rtasidagi 
munosabatlar, ayniqsa diplomatik aloqalarning ayrim holatlari ustida to‗xtalar 
ekanmiz, xuddi shu vaqtlarda O‗rta osiyo bozorlariga ingdiz sanoat mollarining 
kirib kelishi va bu yerda ingliz raqobatchilarining olib borgan qo‗poruvchilik 
ishlari kabi misollarning umumiy holatini aniqlab olishiga to‗g‗ri keladi. 
Chunki, XIX asrning 30-yillariga kelganda Rossiya O‗rta Osiyo bozorlarida 
kapitalistik jihatdan juda rivojlangan davlat Angliya bilan to‗qnashgan edi. Mana 
shuning uchun ham xalqaro miqyosida paydo bo‗lgan bu vaziyatda Rossiyaning 
O‗rta osiyoga nisbatan olib borayotgan siyosatiga shuningdek, Buxoro bilan 
bo‗lgan munosobatlarga katta ta‘sir ko‗rsatgan edi. 
XIX asrning 30 yillarida ingliz siyosatchilari va diplomatlari O‗rta Osiyo 
hamda unga qo‗shni bo‗lgan davlatchilarni bosib olish uchun tayyorgarlik ko‗rish 
bilan bir vaqtda, go‗yo Rossiya Hindistonga qarshi yurish uchun zo‗r berib 
tayorgarlik ko‗rsatayotgan emish, deb butun dunyoga ovozlarini baralla qo‗yib 
baqirar edilar. Shu bilan birga, ular Rossiya bosib kelayotgani uchun Angliya faqat 
«o‗zining Hindistonni» himoya qilayapti, deb isbot qilishga zo‗r berib urinadilar. 
Haqiqatda esa bu bilan ular o‗zlarining O‗rta Osiyoni bosib olish uchun qilayotgan 
agressiv harakatlarini bekitmoqchi bo‗lgan edilar. 
Inglizlar O‗rta Osiyoda, jumladan Buxoro xonligida o‗z hukmronligini 
o‗rnatish uchun, hammadan avval, bir tomonidan bu rayonlar bilan iqtisodiy 
aloqalar bog‗lab, O‗rta Osiyo bozorlarini Angliya ta‘siriga olish, ikkinchidan 
diplomatik munosabatlar bilan siqib, u yerda o‗z hukmronligini o‗rnatishni ko‗zda 
tutgan edilar. 


140 
Savdogarlarning bergan ayrim ma‘lumotlariga qaraganda, Angliyaning 
sanoat mollari O‗rta Osiyo bozorlarida birinchi marta 1820 yillarda paydo bo‗lgan 
edi. 
Ingliz mollarining O‗rta Osiyo bozorlariga kirib kelishi bilan Rossiyada 
paydo bo‗lgan bezovtalik Ost-Indiya kompaniyasining leytenanti A. Bernsning 
1821-1833 yillarda Buxoroga qilgan «sayyohatidan» keyin kuchayadi. Chunki, A. 
Bernsning oldiga qo‗yilgan vazifalaridan biri Hind daryosi bo‗ylab O‗rta osiyoga 
Hindistondan yangi savdo yo‗lini ochish va bu daryo orqali mollar olib borish 
uchun Hind hokimi bilan shartnoma tuzishdan iborat edi. 
Shubxasiz, inglizlarning O‗rta Osiyoga kirib kelishi uchun bu yangi yo‗lning 
barpo etilishi xonlikdagi rus savdo munosabatlariga bevosita xavf tug‗dirardi. 
Shunday qilib, XIX asrning 30-yillaridan boshlab, O‗rta Osiyoga ingliz-rus savdo 
raqobati vujudga keldi. 
Berns o‗zini arman savdogari deb tanitdi. Qo‗lida hind va afg‗on 
savdogarlarining tavsiyanomalari bo‗lgan Berns Qushbegi bilan aloqa bog‗lay oldi. 
U Qushbegi bilan olib borgan suhbatlarida Angliya bilan Buxoro o‗rtasidagi savdo 
rivojlanishi masasalarini muhokama qildi. Berns ta‘kidlashicha, qushbegi uning 
yana elchi bo‗lib kelishi mumkinligicha ijobiy qaragan va harbiy kuch to‗g‗risida 
so‗roqlab bilib olgan. Berns qaytayotganida joyning topografiyasini, uning tabiiy 
sharoiti, oziq-ovqat hamda yem-xashak zaxiralari, daryo kechuvalari va 
hokazolarni o‗rganib oldi. 
Aslida, XIX asrning 20 yillarida O‗rta Osiyoga yuborilgan ingliz missiyalari 
asosan, Angliya burjuaziyasi tomonidan yuborilib, 30 yillarga kelganda burjuaziya 
Britaniya hukumatini o‗zi bevosita rahbarlik qila boshlaydi. Bu voqea inglizlarning 
agressiv rejalarini amalga oshirish O‗rta Osiyoga qa‘tiy suratda kirib kelishidan 
darak berar edi. 
Buning asosiy sababi 1825 yilda Angliyada boshlangan krizis bo‗lib, u butun 
Angliya sanoatining deyarli ko‗pgina qismini o‗z ichiga olgan edi. Oqibatda 
mamlakatning butun iqtisodiyoti katta zarar qurgan edi. Bu og‗ir ahvoldan qutulish 
uchun ingliz hukumati XIX asrning 30-yillarida butun O‗rta Sharq hamda O‗rta 
Osiyo bo‗ylab keng savdo va diplomatik yurish qilishga boshlaydi. 
Shunday 
yurishning 
muhim 
etaplaridan 
biri 
1831-1833 
yillarda 
Hindistondan ingliz-hind harbiy va siyosiy razvedkasining agent A. Berns Qobulga 
va Buxoroga yuborilishidan boshlanadi. 
A. Berns o‗z oldiga qo‗yilgan vazifalarni muvafaqqiyat bilan bajarish uchun 
har xil va‘dalar, hamda vaqti kelganda «ochiqo‗llik» bilan oltin ulashish kabi 
yo‗llarni qo‗llaydi. U Buxoroda xonlikni ingliz hokimligiga bo‗ysundirish uchun 
kerak bo‗lgan har xil iqtisodiy, siyosiy va harbiy ma‘lumotlarni to‗playdi. 
Buxoroda u O‗rta Osiyo savdosi to‗g‗risida, savdo yo‗llari va markazlari, 


141 
chiqariladigan va olib kelinadigan asosiy mollar, ayniqsa uni O‗rta Osiyoga 
Rossiyadan keltiriladigan sanoat mollari qiziqtirar edi. Hatto Buxoro bozorlariga 
olib kelingan rus sayyohlari mollarining ro‗yxatini ham olgan edi. 
Keyin A. Berns Turkmaniston va Eron orqali Hindistonga qaytib kelib, 
general gubernator Uilyam Bentinkaga o‗z safari to‗g‗risida batafsil hisobotini 
taqdim etdi. 
Shunday qilib, A. Berns Buxoroda, umuman O‗rta Osiyoda juda chuqur 
razvedka olib bordi va inglizlarning O‗rta Osiyoning eng ichkari rayonlariga bosib 
kirish va O‗rta Osiyo xalqlarini qul qilish rejalarini amalga oshirish uchun juda 
kerakli ma‘lumotlar bilan Britaniya hukumatini voqif etadi. 
«Tarixi Turkiston» asarining avtori Mulla Olim Majdum xojaning bergan 
ma‘lumotlariga qaraganda, 1834 yilda Eron orqali Buxoroga Abdulsamad tabriziy 
nomli bir kishi yuboriladi. Abdulsamad birinchi marta Eronda ingliz agenturasi 
tomonidan yollanib, Hindistonda maxsus harbiy va siyosiy josuslik maktabini 
o‗qib bitirgan va Afg‗oniston orqali Buxoroga yuborilgan edi. Bu ingliz 
razvedkachisining faoliyatini ingliz agressorlari O‗rta Osiyoda olib borilgan 
qo‗poruvchilik ishlarining qanchalik chuqur va o‗tkir ekanligini ko‗rsatadi. 
Abdusamad Buxoroga kelgach, ingliz agenturasi tomonidan topshirilgan 
vazifalarni bajarishga kirishdi. Tez orada u Buxoro amiri Nasrulloning ishonchini 
qozonib, Buxoroda Yevropa tartibida muntazam qo‗shin tuzishga erishdi. U 
muntazam qo‗shin uchun hatto ikki yuzga yaqin Eron asirlarini ham sotib olgan 
edi.
Abdusamad ingliz namunasidagi to‗plar qo‗yish uchun maxsus korxonalar 
tashkil qiladi. Bu korxonalarda to‗plardan tashqari har xil qurollar va harbiy 
aravalar tayyorlattiradi. U shaxsan o‗zi qo‗mondonlik qilish uchun otliq askar va 
to‗pchilar otryadini uyushtiradi. 
Abdullasamad asta-sekin amir Nasrullo oldida shunchalik obro‗yga ega 
bo‗ladiki, hatto 1842 yilda Buxoroda bo‗lgan N. Xanikov, birdan-bir u xonlikda 
ta‘sirga ega bo‗lgan kishi deb yozgan edi. Shu vaqtlarda amir unga noiblik 
vazifasini beradi. U Buxoro xonligini butun harbiy qo‗shini ustidan 
qo‗mondonlikni o‗z qo‗liga olib, Buxoro amirining yurishlarida ishtirok eta 
boshlaydi. Uning to‗plari va yangi tartibdagi otryadlari vositasi bilan Xo‗jand, 
O‗ratepa shaharlari, Shom va mahram qal‘alari bosib olinadi. 
Ammo, oradan ko‗p vaqt o‗tmasdan Buxoroda Abdusamadning haqiqiy 
basharasi ochilib qoladi. Chunki u bu vaqtlarda Buxoroga kelgan ingliz agentlari 
bilan yaqin aloqada bo‗lib, ingliz agenturasi foydasiga ish olib bormoqda edi. U 
keyin Buxoro amiri tomonidan zindonga tashlanadi va keyinchalik osib o‗ldiriladi. 
1841 yilda Rossiyadan Buxoroga yuborilgan diplomatik missiyaning bergan 
ilmiy natijalaridan biri N. Xanikovning «Opisanie Buxarskogo xanstva» nomli 


142 
asari bo‗lib, u XIX asrning ikkinchi choragi davomida bu ikki davlatning o‗zaro 
munosabatlarining ayrim tomonlarini o‗rganishda bizni qimmatbaxo, ilmiy 
ahamiyatga ega bo‗lgan ma‘lumotlar bilan ta‘min etadi. 
N. Xanikov asari 1843 yilda Peterburgda nashr etilib, asosan avtorning 
Buxoroda olib borgan shaxsiy kuzatilishlari va kishilardan eshitgan ma‘lumotlari 
asosida yozilgan. Bundan tashkari, avtor o‗zidan avval Buxoro xonligida bo‗lgan 
sayyohatchilarning Buxoro to‗g‗risida yozib qoldirgan xotiranomalaridan ham 
foydalangan. 
Asar 8 bobdan iborat bo‗lib, uning oxirida Buxoro xonligining xaritasi, 
Buxoro va Samarqand shaharlarining plani berilgan. Adabiyotlarda ko‗rsatilishiga 
qaramasdan, bu xarita va rejalar rus diplomatik missiyasining tarkibida qatnashgan 
poliograf Yakovlev tomonidan to‗plangan materiallari asosida tuzilgan edi. 
Xanikovning asari Buxoro xonligini hamma tomonlariga tasvir etuvchi asar 
bo‗lib, u XIX asrning 30-40 yillariga oid Buxoro xonligining tarixi, shuningdek 
ayni zamonda Buxoro va Rossiya munosobatlarini o‗rganishda birinchi darajali 
manbadir. 
Bu asarning oldiga qo‗ygan asosiy vazifa, manbalarda Buxoro xonligi bilan 
Rossiya o‗ratsidagi munosabatlarga oid bergan ma‘lumotlarni izohlab berish 
bo‗lgani sababli, N. Xanikovning asari ustida to‗xtalganda, avvalo uning mana shu 
yuqorida ko‗rsatilgan masalaga doir ma‘lumotlarini izohlab, so‗ngra Buxoro 
xonligining tarixiga oid ma‘lumotlari ustida biroz to‗xtashga to‗g‗ri keladi. 
Agarda avtor Rossiya va Buxoro savdosida qatnaydigan karvonsaroylarning 
Buxorodan chiqishi va Rossiyadan qaytishi vaqlarini, savdo qilish punktlarini 
birma-bir qayd qilib o‗tadi. Shu bilan birga, asarda Buxorodan Rossiyaga va 
aksincha Rossiyadan Buxoroga chiqariladigan asosiy mahsulotlar haqida 
ma‘lumotlar keltiriladi. 
Bulardan tashqari, N. Xanikov asarida Rossiya va Buxuoro o‗rtasidagi 
savdoning umumiy hajmi to‗g‗risida ham ma‘lumotlar keltiriladi. Uning bergan 
ma‘lumotlariga ko‗ra Buxorodan Rossiyaga o‗rtacha hisob bilan yiliga 5-6 mingga 
yaqin tuyada olib borilib, har bir tuyaga 18-20 pud yuk ortilar edi. Uning bergan 
ma‘lumotlari bo‗yicha, Buxorodan o‗rtacha hisob bilan yiliga 3,5 yoki 4 mln. 
so‗mlik mol olib borilgan. 
Avtor Buxoroda sotiladigan mollarning narxini keltirar ekan, rus chitlari 
bilan ingliz chitlarining ham bahosini beradi. Rus chitining 47-48 arshinli ikki 
oltinga sotilsa, ingliz chitining 35-36 arshinli tup 2.25 va 3 oltingacha sotilar edi. 
N. Xanikovning asari asosan Buxoro xonligining tarixini o‗rganishda 
birinchi darajali manba bo‗lib, unda mamlakatning geografik o‗rni, territoriyasi, 
geografiyasi, toglari, daryosi, iqlimi, xalqlari va ularning mashg‗uloti, 


143 
mamlakatning siyosati, ma‘muriy bulinishi va ma‘rifati sistematik ravishda juda 
mufassal qilib tasvir etilgan. 
Haqiqatdan ham N. Xanikovning kitobi o‗z vaqtida Buxoro xonligi 
to‗g‗risida juda boy va yangi ma‘lumotlar asosida rus tilida yozilgan asar bo‗lib, to 
hozirgi vaqtlargacha XIX asrning birinchi yarmida Buxoro xonligi va uning 
iqtisodini o‗rganuvchi tarixchilar uchun birinchi darajali qo‗llanma sifatida xizmat 
qilib keladi. 
N. Xanikov o‗sha vaqtlarda birinchi bo‗lib Buxoro xonligida yerga bo‗lgan 
xususiy mulkchilik to‗g‗risida ma‘lumot berib, yer egaligi turlarini tasvir etadi. 
Asarda Buxoro xonligida bo‗lgan mansablar, unvonlar to‗g‗risida ham ko‗p 
ma‘lumotlar keltirilgan. Bulardan tashqari, muallif Buxoro xonligining davlat 
tuzilishini juda yaxshi tasvir etadi. Shunday qilib, N. Xanikovning asari XIX 
asrning ikkinchi choragidga Buxoro xonligining tarixi, iqtisodi, siyosiy tuzilishi, 
shuningdek geografik o‗rni, aholisini o‗rganishda birinchi darajali manbalardandir. 
XIX asrning 30-40 yillarida ingliz burjuaziyasi mamlakatning ichki va tashqi 
siyosatiga muhim rolga ega bo‗ldi, yangi mustamlaka bozorlarini va xomashyo 
manbalarini qo‗lga kiritishga, hamda zaif, orqada qolgan mamlakatlarini bosib 
olishga, u yerdagi xalqlani qul qilib ularning bu yelariga mustamlakachilari XIX 
asrning birinchi va ikkinchi choraklarida Hindistondagi hali bosib olinmagan 
mustaqil davlatlarni bosib olish bilan boshqa qo‗shni davlatlarga o‗z ta‘sirini 
o‗tkazishga katta e‘tibor berdilar. Shuningdek harbiy, siyosiy qo‗poruvchilik 
maqsadlari bilan O‗rta Osiyoga o‗z elchi missiyalarini yuborib, qo‗shni 
davlatlarning ichki va tashqi ishlariga aralashadilar. 
Inglizlar Afgonistonni bosib olishga e‘tibor berdilar. Ular O‗rta Osiyoga o‗z 
agressiv niyatlarini amalga oshirish uchun Afgonistonni qulay plasdarm deb 
hisobladilar. O‗rta Osiyo bilan ming yillardan beri bevosita qo‗shnichilik aloqasida 
bo‗lgan Rossiyaning yaqinlashish xarakterlari tojovuzlar Angliyaning gazabini 
keltirdi. 
Ingliz mustamlakachilari Afgoniston, Buxoro, Xiva va Qo‗qonga 
Britaniyaning bo‗lajak koloniyasi va shuningdek Rossiyaga hujum qilishda qulay 
plasdarm deb qaradilar. 
XIX asrning 30-yillar oxiri 40 yillarning boshida O‗rta Osiyoga Stert, 
polkovnik Stoddart, Artur, Konolli, Abbat, Shekspir va boshqa bir qancha ingliz 
agentlari yuboriladi. Bu shaxslarning asosiy vazifalari O‗rta Osiyo xonliklarini 
Angliya ta‘siriga tortish, O‗rta Osiyo va unga chegaradosh bo‗lgan yerlarda 
razvedka ishlarini olib borish, ingliz agenturasi uchun ma‘lumotlar to‗plash, 
Rossiyaga qarshi tashviqot va targ‗ibot tarqatish, Rossiyaga qarshi koloniya tuzish 
va O‗rta Osiyoni Rossiyaga qarshi kurashishda tayanch nuqtaga aylantirishdan 
iborat edi. 


144 
1839 yili Xirotga Doren Todd yuboriladi. Toddning asosiy faoliyati O‗rta 
Osiyoda ingliz kolonial va agressiv siyosatini amalga oshirishdan iborat bo‗ldi. 
Doren Todd tomonidan 1835 yili polkovnik Stoddart, 1841 yili Kanolli 
razvedka va qo‗poruvchilik ishlarini olib borish uchun Buxoro xonligiga 
yuboriladi. Ammo bu shaxslar Buxoroda to‗la mag‗lubiyatga uchraydi. 
Ingliz bosqinchilari Buxoroda mag‗lubiyatga uchraganlaridan so‗ng, Xiva 
xonligi bilan Buxoro xonligi o‗rtasidagi ixtiloflardan va Petrovskiyning Xivaga 
yurishi munosobati bilan Rossiya bilan Xiva xonligi o‗rtasidagi munosabatlarning 
keskinlashganligidan foydalanib, Xiva xonligiga suqilib kirish maqsadiga tushadi. 
Ular avvalo 1939 yilda Mulla Xusaynni Xivaga yuboriladir. Mulla Xusayn qaytib 
kelgandan so‗ng, tez fursatda Todd kapitan Abbot boshchiligida Xivaga yurish 
uchun yangi ekspedisiya tashkil qiladi. Bu ekspedisiya 1840 yili Xivaga kelib xon 
bilan uchrashadi. Ularning xon bilan olib borgan muzokaralari haqida Ogahiy, 
Muhammad Yusuf Bayoniy Xiva tarixiga oid qo‗lyozma asarlarida ma‘lumotlar 
beriladi. 
Xiva tarixchisi Ogahiy o‗z asarlarida Abbotning xon bilan olib borgan 
muzokaralari ustida to‗xtab o‗tmasa ham, uning shohona hadyalari olib 
kelganligini va xon tomonidan qabul qilinganligini eslatib o‗tadi. 
Yuqoridagi manbalarga nisbatan ingliz josusi Abbotning yaramas ishlarini 
fosh etishda va ingliz istilochilari faqat O‗rta Osiyodagina emas, balki Rossiyaning 
ham shunday dushmani ekanliklarini kursatishda Xiva tarixchisi Muhammad 
Yusuf Bayoniyning «Shajarai Xorazm shohi» nomli qo‗lyozma asarida bergan 
ma‘lumoti katta ilmiy ahamiyatga ega. 
Shunday qilib, Shekspir va Abbot singari o‗zining qabix niyatlarini amalga 
oshira olmasdan, Rossiya orqali Londonga qaytib ketadi. 1841 yilda Buxoroda 
zindonga tashlangan Britaniya agenturasining vakili polkovnik Stoddartni 
qutqarish bahonasi bilan Konolli Xiva xonligiga keladi. 
XIX asrning 40-50 yillarida ingliz mustamlakachilarining Xiva xonligidagi 
tajovuzkorlik ishlarini tasvir etishda manbalar juda katta ashyoviy va ilmiy 
ahamiyatga ega. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin