146
Bu jangni o‗z ko‗zi bilan ko‗rgan Muhammad Solih «Tarixi Ja‘didi
Toshkent» nomli qo‗lyozma asarida qo‗yidagicha tasvirlaydi: Butun osmonni tutun
va chang qoplab oldi, nihoyat ruslar yaqindagi tepalik tomon chekinib, mudofaaga
o‗tishga majbur bo‗ldilar. Qamalda yotgan shaharliklar buni ko‗rib juda
quvondilar, yetti yashar boladan tortib yetmish yashar chollargacha g‗alabani
qutlab, sarbozlarga ovqat, sharbat, issiq non keltirib turdilar. Lekin rus qo‗shinlari
o‗zlarini o‗nglab, qayta hujumga o‗tib, Toshkent qo‗shinlarini orqaga chekintirdi».
Toshkent dahshatli xavf ostida qolgan kunlarda shaharning obro‗-e‘tiborli
vakillari yig‗ilishib, Buxoroga o‗z elchilarini jo‗natdilar. Elchi Buxoro amiri
Muzaffar Toshkent ahliga nisbatan xiyonat bilan teng darajada fikrini bildirib,
shunday maqtanchoqlik qildi: «Men bir rus lashkarboshisi bilan jang qilishni or-
nomus deb bilaman. Xohlasam to‗ppa-to‗g‗ri Moskva yoki Peterburgga borib Rus
davlati bilan urushaman» dedi. Kaltafahmlik bilan Qo‗qon xonligiga qarshi
yurishga tayyorlandi. Dushmanga qarshi kurashish o‗rniga Turkiston birliliga putur
yetkazadigan xatarli yo‗lni tanladi…
Shunday qilib, 1867 yil 14-iyulda Rossiya imperatori Aleksandr II Turkiston
general-gubernatorligiga ta‘sis etdi.
1886 yilda chor hukumati «Turkiston o‗lkasini boshqarish haqida Nizom»ni
tasdiqladi. Shu Nizomga asosan rus aholisini ko‗chirib keltirish yo‗li bilan o‗lkani
ruslashtirish harkatini qonuniy mustahkamlab, unga siyosiy tus berdi. Ko‗chib
keluvchilarga 10 desyatinadan kam bo‗lmagan yer ajratish belgilandi…
15 yil ichida, ya‘ni 1875-1890 yillar ichida Turkistonda 19 ta rus qishlog‗i
tashqil qilindi. 1891-1892 yillarda Rossiyada ocharchilik boshlanganda esa
Turkistonga ko‗chib keluvchilarning soni nihoyatda ko‗payib ketdi. Ana shu ikki
yil davomida 25 ta rus qishlog‗i paydo bo‗lib, yer dehqonlarining soni ikki baravar
ko‗paydi…
Dostları ilə paylaş: