O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
 
Madaniy me‟ros
O`tmish davrlardan insoniyatga qolgan modiiy va 
ma‘naviy madaniyat boyliklari majmui.
Madaniyat
Jamiyat va inson tarixiy taraqqiyotining muayyan bir 
darajasi. 
Kishilar 
hayoti 
va 
faoliyatining 
turli 
ko`rinishlarida, shuningdyek ular yaratadigan modiiy va 
ma‘naviy boyliklarda ifodalanadi.
Tasviriy san‟at
San‘at turi. Rassomchilik san‘ati, grafika, haykaltaroshlik 
va foto san‘ati sohalarini o`z ichiga oladi. Tasviriy san‘at 
real 
borliqni 
ko`rgazmali 
obrazlarda, 
mavjud 
predmyetlarni ularning tabiiy shakli, o`rni va belgilarni 
o`ziga 
o`xshatib, 
umumlashtirib 
va 
tipiklashtirib 
ifodalaydi.
 
 
 
 


398 
Xulosa 
Jahon tarixi sahifalarini yoritishda O‗zbekiston madaniyati, tarixi ham 
ajralmas qismi hisoblanadi. Yurtimiz tarixini o‗zida aks etgan tarixiy manbalarda,
o‗rganilgan jihatlari tarixshunoslik va manbashunoslik fanining amaliyotdagi 
faoliyat doirasi hisoblanadi. Tarixiy bilim va uning insoniyat hayotidagi o‗rni 
beqiyosdir. O‗zbekiston tarixiga oid ilk yozma ma‘lumotlarning informativ 
xususiyatlarini har xil omillar bilan izohlash mumkin. 
O‗zbekiston – Markaziy Osiyoda sivilizatsiya bosqichlari o‗ziga xos kechdi. 
Ibtidoiy tarix davrda asosan hayotiylikni ta‘minlashga qaratilgan bilimlar 
arxeologiya, etnografiya kabi fanlarning ilmiy xulosalariga bog‗liq. Taraqqiyotning 
keyingi davrlarida yozuvning kashf etilishi natijasida tarixni uzoq davrga 
avlodlarga yetkazish imkoniyati paydo bo‗ldi. Yurtimizda mulkchilikning ilk 
shakllari, dehqonchilik, shaharsozlik madaniyati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar 
avloddan avlodga tarixiy xotira sifatida o‗tib kelmoqda. 
Tarixiy asarlardagi ma‘lumotlar Sharq madaniyati an‘anasidagi 
tarixshunoslik fanining qaror topishiga olib keldi. O‗rta Osiyoda tarixshunoslik va 
manbashunoslik sharq mamlakatlari tarixnavislik maktabining negizida shakllandi. 
Tadqiqot asoslari asrlar davomida tarixshunoslik va manbashunoslik fan 
yo‗nalishining uzoq vaqt davom etgan an‘analariga aylanib boradi. Bu 
yo‗nalishdagi asosiy xususiyatlardan biri tarixchi olimlar, tarixshunos va 
manbashunoslik mutaxassisliklarining o‗zaro mujassamligi hisoblanadi.
Ilk davlatchilik tarixshunosligiva manbashunosligi nisbatan yozma tarixiy 
ma‘lumotlar islom renesansi davriga nisbatan kamchilikni tashkil etadi. Ayniqsa 
Somomniylar, Amir Temur va Temuriylar davri tarixshunoslik maktablarining 
yaratgan asarlari dunyo ma‘naviy yodgorliklari qatori qadrlanadi.
Tarixshunoslikning o‗zbek xonliklari davri tarixnavislik maktablarining 
Qo‗qon, Xiva, Buxoro kabi markazlari shakllanib, ularning tarixiy asarlari hozir 
ham dunyo tarixshunoslik va manbashunoslik fanining yuksak qadriyati baland 
baholanadigan namunalari hisoblanadi. 


399 
Turkiston mustamlaka davri tarixshunosligi va manbashunosligida xorij 
tarixchi olimlarining o‗lka tarixiga oid ma‘lumotlari ham o‗zining ko‗p qirrali 
jihatlari bilan ajralib turadi. 
O‗zbekiston sovet davri tarixshunosligi va manbashunosligida kommunistik 
mafkura ta‘sirida tarixiy asarlarni tahlil qilishda ob‘ektivlik va haqiqat mezonlari 
bir yonlama yoritilganligi bilan ajralib turdi. 
O‗zbekiston tarixining mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti tarixshunoslik va 
manbashunoslik fani rivojlanishi uchun etalon darajada qabul qilish mumkin. Bu 
davrda o‗zbek tarixchi olimlari izlanishlarini tarixshunoslik va manbashunoslik 
fani talablari darajasidagi erishilgan yutuqlar deb baholash mumkin. 
Tayyorlangan darslik tarix fakulteti ixtisoslik fanlaridan bo‗lgan 
―Tarixshunoslikva manbashunoslik‖ fani bo‗yicha yaratildi. Darslikda 
tarixshunoslik va manbashunoslik fani yuklamasidagi ajratilgan soatlarni hisobga 
olgan holda tuzildi. Darslikda keltirilgan ma‘lumotlar nashr qilinib amaliyotda 
sinovdan o‗tgan materiallardan foydalanildi. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin