SOTSIOLINGVISTIKANING MAQSADI VA VAZIFALARI Til ijtimoiy hodisa bo‘lganidan jamiyat bilan, jamiyatning hayoti bilan uzviy aloqadadir. Demak, uning ijtimoiy mohiyati, ijtimoiy vazifasi, tilga soqial omillarning ta’siri, til taraqqiyotida til siyosatining roli kabi qator masalalarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslik yo‘nalishining yaralishiga katta ehtiyoj.tug‘ildi.
Ana shunday amaliy ehtiyoj bilan tilshunoslikda soqial yo‘nlish va soqialingvistika dunega keldi. Soqialingvistikaning asosiy o‘rganish muammolaridan biri tilning soqial differensiyasi masalasidir.
Muayyan bir tilda gaplashuvchi jamiyatning soqial guruhlanishi xilma-xildir. SHunga ko‘ra, har qaysi guruhning o‘ziga xos lingvistik belgilari mavjud. Masalan, hududiy farqlanish, kasbiy farqdanish va boshq. Har qaysi soqial guruhning o‘z lingvistik belgisiga ko‘ra farqlanishi, uning ijtimoiy sabablarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Sotsiolingvistikaning ikkinchi muhim muammosi ma’lum bir jamiyatdagi tilning yashash shakllari majmuasi sifatida baholanadigan til vaziyati masalasidir. Masalan, sobiq sho‘rolar davrida bir necha tillarning mavjud bo‘lgani holda, bitta tilga, asosan rus tiliga katta imtiyoz berilgani tufayli, boshqa tillar rus tili ta’sirida qolib ketdi.
Til vaziyati ikki guruhga bo‘linadi: ekzogloss vaziyat, ya’ni turli tillar mansub bo‘lgan tillarning bir jamiyatda faoliyat ko‘rsatishi; endogloss vaziyat, ya’ni bir tilning turli kichik sistemalari-ning faoliyat ko‘rsatishi.
Tillarning o‘zaro ta’siri va leksik olinmalar muammolari ham sotsiolingvistikaning o‘rganish ob’ektidir.
Sotsiolingvistikaning eng muhim muammolaridan yana biri bilingvizm masalasi. O‘zbekistonning turli hududlarida ikki tilda teng gaplashuvchi aholi istiqomat qiladi. Ularning har ikki tilda erkin fikr almashishi qonun bilan himoya qilinadi. Bilingvizm sharoitida, albatta, ikki til o‘zaro bir-birining ta’siriga uchraydi. Ana shu ta’sirni o‘rganish ham sotsiolingvistikaning o‘rganish ob’ektiga kiradi.
Sotsiolingvistika muammolari ichida til va til siyosati masalasi eng muhim o‘rinni egallaydi. Sobiq Ittifoq davrida millatlarni va ularning tillarini birlashtirish siyosati olib borildi. Buning natijasida etmish yil ichida ayrim mayda etnoslar va ularning tillari (masalan, yukagirlar) yo‘qolib ketdi. Rus bo‘lmagan boshqa millatlar va ularning tillarida ham turg‘unlik, faoliyat doirasining cheklanishi xukm surdi.
O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgach demokratik tamoyilga asoslangan til siyosati yuritila boshladi. Buning yorqin guvohi sifatida Davlat tili haqidagi qonunning to‘qqizta moddasi O‘zbekiston hududida yashaydigan boshqa xalq vakillari va ularning tillari himoya qilinishiga qaratilganidir. Bundan tashqari, sotsiolingvistika millat va milliy til, til va jamiyat kabi masalalar bilan ham shug‘ullanadi.