O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə59/106
tarix27.09.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#149763
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
Adabiyotlar:

  1. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. –Toshkent: Ma’naviyat, 2007.

  2. Karimov I.A. YAngicha fikrlash va ishlash davr talabi. T.5.-T: “O‘zbekiston”, 1997.

  3. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. T.9.-T: “O‘zbekiston”, 2001

  4. Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. T.11.-T: “O‘zbekiston”, 2003

  5. Angaeva S.P., Tыxeeva YU.S. Klyuch k obщeniyu (etnokulturnыe i etnopsixologicheskie osobennosti kommunikaqii. –Ulan-Ude, 2007.

  6. Pochepqov O.G. Osnovы pragmaticheskogo opisaniya predlojeniya. Kiev Viщa shkola. 1986.

  7. Susov I.P. semantika i pragmatika predlojeniya. Kalinin KGU. 1980.

  8. Mahmudov N. Til. -T.: YOzuvchi, 1998.

  9. Mahmudov N., Mirtojiev M. Til va madaniyat. -T., 1992.

  10. Mengliev B., Sayfullaeva R., Mamatov A. va boshq. Milliy tilshunoslik mustaqil rivojlanish yo‘lida // Ma’rifat, 2007 yil 21 may.

  11. Safarov SH. Pragmalingvistika. – T., 2008.

  12. Safrov SH., Toirova G. Nutqning etnosotsiopragmatik tahlili asoslari. –Samarqand, 2007.



Yettinchi ma’ruza
KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA UNING VAZIFALARI.O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LINGVOKOGNITIV MASALALARINING O‘RGANILISHIDAGI MUAMMOLAR.


Reja:
1. Konsept tushunchasi. Tushuncha va bilim.
2. Bilim sqenariysi.
3. Kognitiv tadqiq terminologiyasi haqida. Kognitiv tadqiq metodologiyasi.


Tilga bilim manbai sifatida yondashuv masalalari. Har bir til borliqning o‘ziga xos surati bo‘lib, bu suratda shu tilda fikrlovchi va so‘zlashuvchi insonning dunyo va o‘zi haqidagi bilimi, shuningdek, bilish faoliyati namoyon bo‘ladi. Kognitiv yondashuvda ham o‘rganish manbai va o‘rganish predmeti farqlanadi. SHunga ko‘ra, tilshunoslar ta’kidlash-ganidek, kognitiv tilshunoslikning o‘rganish manbai bilimning tabiati hamda mohiyati bo‘lsa, o‘rganish predmeti tilning bilimni saqlash, uzatish va uni qayta ishlashning umumiy mexanizmi sifatidagi xossalaridir. SHu asosda uning vazifalari belgilanadi. Masalan, ulardan biri har xil bilim turi haqidagi tasavvur strukturasi, nutq hosil qilish va qabul qilish jarayonida bilimning konseptual qurilishi usulini tadqiq qilishdir. SHuningdek, kognitiv tilshunoslik uchun insonning til bilish mexanizmi va uning tuzilish tamoyillarini tushuntirish va sistem tavsiflash ham zarur. Lingvokognitiv tekshirishda tilda namoyon bo‘luvchi bilim o‘ziga xos ob’ekt hisoblanadi. Ma’lumki, bilim – inson ongida borliq belgi va xossalarining aks etish natijasi bo‘lgan kognitiv qurilishi asosidir. Bilim unsurlari, odatda, turli ko‘rinishlari keyingi vaqtlarda freym deb ataladigan o‘ziga xos majmua, aqliy sistema, bilish yoki kognitiv strukturada jamlanadi.
Tilda inson tafakkuri asosida yotuvchi va madaniyat mohiyatini tashkil etuvchi barcha kognitiv kategoriyalar mujassam. Bu kategoriyalar insonda tug‘ma holda mavjud emas, balki uning til va borliq bilan muloqoti natijasida vujudga keladi. Modomiki, inson ko‘pincha borliqning o‘zi bilan emas, balki uning ko‘rinishlari, kognitiv kartina va qoliplari bilan ish ko‘rar ekan, demak, unda borliq xalq tili va madaniyati orqali namoyon bo‘ladi.
Ma’lumki, tilning vazifasidan biri – inson ongida qayta ishlanadigan, takomillashtiriladigan va muayyan struktura ko‘rinishida voqelanadigan borliq haqidagi axborotni namoyish qilish. Kognitiv tilshunoslik olingan axborotning qayta ishlanishi, strukturlashishi, qurilishi, transformatsiya qilinishi hamda tilning kommunikativ jarayonini ta’minlashi qanday yuz berishini ko‘rsatib beradi.
Kognitiv tilshunoslik nazariyasi muammolari doirasi keng. Ulardan asosiylari quyidagilar:
- borliqni bilish va idrok qilishda tilning roli;
- lisoniy hodisalarni konseptuallashtirish va kategoriyalashtirish jarayoni;
- tilda bilim tasavvuri strukturasi, tiplari, ildizlari va funksiyasi;
- u yoki bu tilning konseptosferasini tashkil etuvchi universal va o‘ziga xos konseptlar sistemasini tasvirlash;
- borliqning konseptual va lisoniy surati va boshq.
Har bir til borliqning o‘ziga xos in’ikosi ekan, buni aniqlash va ilmiy baho berish tillarning muqobilli va muqobilsiz nominativ birliklarini maxsus tekshirish asosida amalga oshiriladi. Bu esa o‘zbek tili konseptlarini ham tiklash, tilning milliy konseptosferasini aniqlash va ilmiy o‘rganish zaruratini kun tartibiga qo‘ymoqda.
Ko‘rinadiki, o‘zbek tilning kognitiv aspektini ilmiy tekshirish va o‘zbek tafakkuri munosabatini oydinlashtirish o‘zbek tilshunosligi asosida til va tafakkur mushtarakligining milliy voqelanishi, o‘zbek tili oldidagi dolzarb vazifalardan biridir.
Lingvokulturologiyada ham lingvokognitologiyada bo‘lgani kabi konsept asosiy termin sifatida qo‘llanadi. Konsept madaniyat nuqtai nazaridan qaralar ekan, uni inson ruhiy-idrokiy olamidagi madaniyatning asosiy uzvi sifatida tushunish lozim. Konsept bamisoli madaniyatning inson ongidagi “mag‘zi”si sifatida qaraladi. Tadqiqotchilar shu asosda “madaniyat inson ruhiy-idrokiy olamiga kiradi” degan konsepsiyaga tayanishadi. Boshqacha aytganda, konsept vositasida inson – oddiy, madaniy qadriyatlar ijodkori bo‘lmagan kishi – madaniyatga daxldor bo‘ladi, ba’zan unga ta’sir ham qiladi.
Konsept o‘ziga xos milliy mental qurilma bo‘lib, uning mazmun jihatini ma’lum ob’ekt haqidagi bilimlar jami tashkil etsa, shakliy tomoni lisoniy (leksik, frazeologik, paremiologik) birliklar majmuidir. Konsept har qanday emas, balki umuminsoniy yoki milliy madaniyatga daxldor bo‘lgan mohiyatni aks ettiruvchi tushuncha. Konsept nazariyasi nafaqat kognitiv lingvistika, balki til nazariyasining barcha aspekti – semantika, grammatika, qiyosiy tipologiya, matn lingvistikasi, tarjima nazariyasi uchun ham birday zarur. Ayniqsa, turli, xususan, o‘zbek tili bilan boshqa qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillarning muqobil konseptlarini chog‘ishtirma-qiyosiy tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin