AMALIY MASHG‘ULOTLAR ISHLANMASI «O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari» dan amaliy mashg‘ulotni olib borish texnologiyasi (2-soat)
Mashg‘ulot shakli
Individual topshiriqlarni bajarishga asoslangan amaliy mashg‘ulot
Talabalar soni – 10 nafar
Amaliyot rejasi
1. «O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari» fani o‘quv dasturi doirasida ma’lum mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni berish.
2. Mavzu bo‘yicha oldindan berilgan reja asosida savol-javoblar orqali talabalarning bilim darajasini aniqlash va baholash.
3.Fanning ma’lum mavzusi bo‘yicha mavjud adabiyotlar va qo‘shimcha manbalar asosida berilgan topshiriqning ijrosini tekshirish.
4. Mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni zamon va uning muammolari bilan bog‘lash, tegishli amaliy ko‘rsatma va tavsiyalar berish.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Belgilangan mavzu bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga doir ko‘nikmalarni hosil qilish, kelgusi faoliyat uchun tavsiyalar berish.