O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə69/106
tarix27.09.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#149763
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106
Til korpusi nima? Til korpusi kidiruv dasturiga bo‘ysundirilgan, ma’lum bir tilga oid matnlar majmui bo‘lib, u o‘n milliondan tortib, yuz milliongacha, hatto milliardlab so‘z qo‘llanishlarini o‘z ichiga oladi. Tilning mukammal korpuslarida til paydo bo‘lgandan buyon hozirgi kungacha yaratilgan barcha yozma, og‘zaki (audio, video) matnlar joylashtiriladi. Muayyan til bo‘yicha yaratilgan barcha lug‘atlari jamlangan holda ham tilning mukammal tuzilgan korpuslariga mutlaqo tenglasha olmaydi. CHunki u tinimsiz yangilanib borish imkoniyatiga egaligi, keng qamrovliligi va foydalanishda qulayligi bilan xarakterlanadi.
Korpusda barcha nuqt uslublariga, tilning turli davriga, turli shevalariga xos matnlar o‘z aksini topadi. Tarkibidagi matnlarning keng qamrovliligi tufayli u tilning har qanday lug‘ati nazaridan chetda qolgan eng kichik va kam uchraydigan dalillarni ham qidiruvchiga nihoyatda qisqa muddat ichida taqdim eta oladi.
Til korpusi ikki qism – matnlar maydoni va korpus menedjeri (maxsus qidiruv sistemasi) dan iborat bo‘ladi.
Til korpusi lug‘atlardan farqli ravishda so‘zlarning qo‘llanish chastotasi, tillarning rivojlanish va o‘zgarish darajasini hatto har bir so‘zning qo‘llanishi misolida ham aniqlab bera oladi. Korpus asosida tilning tadrijiy taraqqiyoti haqida ham to‘laqonli tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Umuman olganda, korpusda tildagi har qanday so‘zning barcha xususiyatlari haqida aniq va ishonchli dalillangan ma’lumotlarni olish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Korpus matnlari oddiy elektron kutubxonalardan o‘zining qidiruv dasturiga bo‘ysundirilganligi bilan farqlanadi. Qidiruv dasturining mukammalligi til korpusidan foydalanish samaradorligini belgilaydi.
Alohida ta’kidlash lozimki, til korpusi internet tizimida faoliyat ko‘rsatganligi sababli katta iqtisodiy samara ham beradi. Uzluksiz yangilanib, takomillashtirilib borilganligi tufayli esa har doim jamiyat talablariga mos bo‘lib, eskirish xususiyatidan xoli bo‘ladi. Korpus lingvistikasi esa tilshunosligimizdagi boshqa yo‘nalishlardan farqli ravishda bevosita iqtisodiy samarador yo‘nalish sifatida faoliyat yuritadi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin