O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 gipermatnli izohlarga ko‘p marta murojaat qilishda vaqtni sezilarli  darajada tejaydi



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   173
 

gipermatnli izohlarga ko‘p marta murojaat qilishda vaqtni sezilarli 
darajada tejaydi;
 

qisqa matn bilan birga namoyish qiladi, aytib beradi, modellashtiradi 
va hokazo;
 

muayyan bo‘lim bo‘yicha bilimlarni tez tekshirish imkonini beradi.
 
Elektron o‘quv qo‘llanmalarning kamchiligi displeyning ma’lumot 
olish vositasi sifatida noqulayligi va kitob bilan narxi orasidagi farqning 
yuqoriligidir. 
 
Elektron nashr (EN) - 
bu grafikli, matnli, raqamli, nutqiy, musiqiy, 
video-, foto- va boshqa ma’lumotlar, shuningdek foydalanuvchining 
bosma xujjatlari majmuasidir. Elektron nashr istalgan elektron ma’lumot 
tashish qurilmalarida tarqatilishi mumkin - magnitli (magnitli lentalar, 
magnitli disk), optik (CD-ROM, DVD, CD-R, CD-I, CD+), shuningdek, 
kompyuter tarmoqlari orqali tarqatish mumkin. 
 
O‘quv elektron nashr (O‘EN) 
ilmiy-amaliy bilimlar sohasiga mos 
keladigan tartiblashtirilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi, talabalar va 
o‘quvchilar tomonidan bu sohaga oid bilim, ko‘nikmalarni ijodiy va faol 
egallashlarlarini ta’minlashi kerak. 
 
Elektron darslik (ED) - 
ma’lum yo‘nalish va mutaxassislikning 
Davlat ta’lim standartlariga to‘liq mos tuzilgan yuqori ilmiy-uslubiy 
darajada yaratilagan asosiy o‘quv elektron nashrdir. 
 
Elektron o‘quv qo‘llanma (EO‘Q) 
– bu o‘quv qo‘llanmani qisman 
yoki to‘liq o‘rnini bosuvchi va mazkur turdagi nashr sifatida rasmiy 
tasdiqlangan elektron nashrdir. 
 
Gipermatnt 
– bu elektron shaklda berilgan va tarmoqlangan, tizimli 
bog’lanishli, bir fragmentdan ikkinchisiga bir lahzada o‘tishni 
ta’minlaydigan matndir. 
 
Intellektual yadro (IY) 
– matematik amallarni sonli va belgili 
shakllarda ifodalovchi maxsus dasturlar uyg’unligi. 
 
Kompyuterli tushuntirish 
– induktiv xulosa chiqarish va savollarga 
“ha” “yo‘q” qabilidagi javoblar orqali ko‘rgazmali tushuntirish. 


203 
 
Vizuallashtirish 
– rasm, grafik va animatsiyalar vositasida 
ko‘rgazmali tarzda taqdim etish. 
Вarcha murakkab tizimlarni yaratishdagi kabi elektron o‘quv 
qo‘llanmalarni tayyorlashda ham ishning muvafaqqiyati muallifning 
qobiliyatiga bog’liq. Shunga qaramay, elektron o‘quv qo‘llanma 
tayyorlash uchun o‘quv qo‘llanma asosini tashkil etuvchi elementlar 
mavjud. Ular quyidagilar: 
 
Тest. 
Тashqi ko‘rinishidan bu elektron o‘quv qo‘llanmaning oddiy 
shakli. Asosiy qiyinchilikni savollarni tanlash va aniq ifodalash, 
shuningdek savollarga javoblarni izohlash tashkil etadi. Yaxshi test 
ma’lum fan sohasi bo‘yicha o‘quvchilardagi bilim, mahorat va 
ko‘nikmalar haqida ob’ektiv xulosa qilish imkonini beradi. Вu esa bilim 
cho‘qqilariga erishish uchun optimal yo‘lni tanlash imkonini beradi. 
 
Ensiklopediya. 
Вu elektron o‘quv qo‘llanmaning asosiy shakli. 
Мa’no jihatidan ensiklopediya atamasi elektron o‘quv qo‘llanmada 
to‘plangan ma’lumot to‘liq va ta’lim standartlariga nisbatdan ortig’i 
bilan bo‘lishi kerakligini bildiradi. Chunki u barcha foydalanauvchilarni 
qanoatlantirishi kerak. 
 
Мasalalar to‘plami. 
Вu elektron o‘quv qo‘llanmaning muhim 
shakllaridan biri. Elektron o‘quv qo‘llanmada masalalar to‘plami 
o‘qitish vazifasini hammadan ko‘ra ko‘proq amalga oshiradi. Elektron 
masalalar to‘plamida yordam tizimi mukammal bo‘lishi kerak.
O‘quvchilar muayyan masalani yechish uchun kerakli o‘quv-ta’limga 
oid ma’lumot oladilar. Asosiy muammo butun nazariy ma’lumotlarni 
qamrab oluvchi masalani tanlashda bo‘ladi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin