III-bob. Elektron va multimediali qo‘llanmalarni yaratish texnologiyalari va dasturiy ta’minoti 1§. Elektron va multimediali qo‘llanmalar va ularning turlari va yaratish texnologiyalari 1.1. Elektron va multimediali qo‘llanmalar va ularning turlari Тurli xil manbalarda elektron o‘quv qo‘llanmalarga quyidagicha
ta’riflar berilgan:
Elektron o‘quv qo‘llanma – bu garfik, matnli, raqamli, tovushli,
musiqiy, video, foto va boshqa turdagi axborotlar majmuasi. Elektron
nashr ixtiyoriy ma’lumot tashuvchilarda–magnit va optik disklarda, shuning-
dek kompyuter tarmoqlarida amalga oshirilishi mumkin;
Elektron o‘quv qo‘llanma – mos ilmiy-amaliy bilimlar sohasiga
oid tartiblangan materiallardan iborat bo‘lishi kerak, ta’lim oluvchilar va
talabalarning faol va ijodiy tarzda bu sohaga oid bilim, ko‘nikma va
malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlashi kerak. Elektron o‘quv nashri
yuqori darajada ijro etilganligi va bezatilganligi, axborotlarning
to‘liqligi, metodik ko‘rsatmalar sifati, texnik ijro sifati, ko‘rgazmalilik,
mantiqiylik va ketma-ket ifoda uslubi bilan ajralib turishi kerak.
Elektron o‘quv qo‘llanma – ma’lum yo‘nalish va mutaxassis-
likning davlat ta’lim standartlariga to‘liq mos tuzilgan yuqori ilmiy
uslubiy darajada yaratilgan o‘quv nashridir.
Elektron o‘quv qo‘llanma – bu o‘quv qo‘llanmani qisman yoki
to‘liq o‘rnini bosuvchi va mazkur turdagi nashr sifatida rasmiy
tasdiqlangan elektron nashrdir.
Elektron o‘quv qo‘llanma - bu elektron shaklda taqdim etilgan va
uning bir qismidan boshqa qismiga bir zumda o‘tish imkonini beradigan
tarmoqlanuvchi aloqa tizimi bilan ta’minlangan matn.
Odatda elektron o‘quv qo‘llanmalar shaxsiy kompyuterlar xotira
qurilmalarida joylashtiriladigan o‘qitish, nazorat qilish, modellashtirish
va boshqa dasturlar majmuasidan iborat bo‘lib o‘quv predmetining
asosiy ilmiy mazmunini aks ettiradi. Elektron o‘quv qo‘llanma oddiy
o‘quv qo‘llanmani to‘ldiradi va quyidagi hollarda yanada samaralidir:
bir lahzada qayta bog’lanishni ta’minlaydi;
202
oddiy o‘quv qo‘llanmalarda izlash qiyin bo‘lgan ma’lumotlarni tez
topish imkonini beradi;