O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Elektron va multimediali qo‘llanmalar yaratish



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   173
1.2. Elektron va multimediali qo‘llanmalar yaratish 
texnologiyalari 
Multimedia -tizimlar hozirgi paytda ta’lim va kasbga
tayyorlash sohasida, nashriyot faoliyatida (elektron kitoblar),
biznesni kompyuterlashtirish uchun (reklama, mijozlarga xizmat 
ko‘rsatish), axborot markazlarida kutubxona, muzey) va hokazolarda
muvaffaqiyatli ko‘llanilmoqda. Bilimlarni chuqirlashtirishda, o‘qitish 
muddatini qisqartirishda va bir o‘qituvchiga tinglovchilar sonini


204 
oshirishga imkon beruvchi kompyuterli dars beruvchi multimedia
tizimlar alohida o‘rin egallaydi.Kompyuterli dars berish tizimlari 
axborot izchil ravishda taqdim etiladigan videokassetadagi kurslarga
qiyoslaganda kuchli tarmoq imkoniyatlariga ega va tinglovchilarni
kiziqtirgan mavzuga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishga imkon beradi.
Bundan tashqari, mazkur tizimlar bilimlarni o‘zlashtirish va
ko‘nikmalarga ega bo‘lish jarayonlarini baholash va nazorat
qilishning samarali vositalari bilan jihozlangan.
Elektron kitoblar.
CD-ROM rusumidagi katta hajmli uncha 
qimmat bo‘lmagan xotira - qurilmalarning mavjudligi tufayli elektron
kitoblarning paydo bo‘lishi mumkin bo‘ldi. Elektron kitob atamasi
sahifalari displey ekranida tasvirlanadigan yangi rusumdagi kitobni 
anglatadi. Boshqacha aytganda, bu axborot interaktiv tizimi 
foydalanuvchi (o‘quvchi) uchun sahifama - sahifa tashkil etilgan 
axborotga kirishni ta’minlaydi.
Elektron kitob sahifalaridagi axborot uch xil bo‘lishi mumkin: 
estetik (kitobning "yoqimli" ko‘rinishini belgilovchi va uning
o‘quvchiga ta’sirini kuchaytiruvchi), axborot (kitob mazmunini ochib 
boruvchi) va nazorat (piktogramma, ikona, dialogli darchalar, dinamik 
menyu va hokazolar ko‘rinishida taqdim etilgan material).
Elektron kitoblarni to‘rt sinfga:qomusiy, axborot, o‘qituvchi va
imtihon oluvchilarga bo‘lish mumkin.Elektron kitoblarning birinchi xili 
muayayn mavzu bo‘yicha ulkan hajmdagi axborotni o‘zida saqlaydi. 
Crolier Enceclopedia, Comptons Multi media Enceclopedia , Microsoft 
Bookshelf va boshqa shu kabi mashhur mahsulotlar misol bo‘lib xizmat
qilishi mumkin. Elektron kitobning ikkinchi xili birinchisiga o‘xsha-
maydi, biroq bu kitoblarda saqlanuvchi axborot unchalik keng emas
va maqsadga yo‘naltirilgan xususiyatga ega. Masalan , Oxford extbook 
of Medicine on Compact Disk, Elsevie , s Aktive Library on Corrosion 
va boshqalar. Uchinchi xil elektron kitoblar amaliyotda ko‘p tarqalgan
va ta’lim jarayonida , bolalar bog‘chalarida ( masalan , Broderburd ,
sLivingook) hamda o‘qishdan keyingi malaka oshirish kurslarida 
foydalanishi mumkin. Bundan tashqari , mazkur kitoblar badiiy
asarlarni o‘zida saq lashi mumkin (masalan , Herman Melville ,


205 
sMoby Dick, Gustave Flaubert , s adam e Bovary, Michael Crichton , 
sJurassic Park, Adam Hitchhiker , s Guide to alaxy). To‘ rtinchi xil 
kitoblarda uch muhim komponent : masalalar ( vazifalar ) banki , 
testlash va javoblar moduli , tahlil va baholash uchun o‘quvchi 
javoblaridan foydalanuvchi ekspert tizimi mavjud .
Yuqorida keltirilgan elektron kitoblar tasnifi yagona emas.
Masalan, elektron kitoblarda saqlanuvchi axborot turi: matnli kitoblar, 
statik rasmlar, berilgan kitoblar, harakatlanuvchi rasmli kitoblar, 
"gapiradigan" kitoblar, multimedia-kitoblar, gipermedia - kitoblar, tele -
media -kitoblar va kibernetik kitoblarga ko‘ra tasnif qilish taklif etilgan 
edi.
Multimedia-kitoblar bitta tashuvchida (CD – ROM yoki magnit 
diskda) yozilgan va bir chiziqda (to‘g‘ri) tashkil qilingan, ya’ni zarur 
axborot izchil ravishda aks ettirilgan matn audio, statik tasvir va 
videodan foydalaniladi.
Polimedia - kitoblarda, avvalgilardan farqli ravishda o‘quvchi 
axborotni aqdim etish uchun bir necha turli tashuvchilar (CD–ROM,
magnitli disk, og‘oz va boshqalar) kombinatsiyasidan foydalaniladi.
Gipermedia - kitoblar, multimedia - kitoblar bilan ko‘p 
umumiylikka ega bo‘lsa - da, o‘zidagi xborotning notekis tashkil etilishi 
bilan farqlanadi, masalan, o‘quvchi sichqon" yordamida asosiy materi 
alni bir chetga qo‘yib, konmatn va oydalanilayotgan usul bo‘yicha
atama va tushunchalar tizimiga tuzatishlar, arhlar so‘rashi mumkin.
Intellektual - kitoblar ma’nosi jihatidan ilgari kiritilgan imtihon
oluvchi kitoblarga yaqtinva o‘quvchi qobilyatlariga u bilan muloqot
jarayonida jadal moslashishi mumkin. So‘nggi ikki kitobning
istiqboli ham qiziqligi shubhasizdir. Telemedia – kitoblar masofadan 
urib o‘qitadigan taqsimlovchi interaktiv tizimni qo‘llab - quvvatlash
uchun elekomunikatsiya imkoniyatlaridan foydalanadi. Kibernetik -
kitoblar ham matematik modellash vositalarini o‘zida saqlaydi va shu 
bois bayon etilgan hodisalar va ob’ektlarni har tomonlama o‘rganish 
hamda tadqiq etish mkoniyatini o‘quvchiga taqdim etadi.
O‘qitish axborot ta’minotini yaratish turli soha mutaxassislarini
jalb etilishini talab qiladigan, uzoq muddatli va qimmat jarayondir.


206 
Bu holda axborot ta’minoti bo‘shlig‘ini kompyuter o‘quv ilovalarini 
yaratish bilan amalga oshiriladi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin