O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   173
Kompyuter o‘quv mahsulotlari
(KO‘M) ni yaratish tavsifiga
o‘tishdan oldin, ularni ma’lum sinflarga bo‘lib olamiz. Dastavval
barcha KO‘M larni ikki: lokal texnologiyalar va internet
texnologiyalar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar guruhiga ajratamiz.
Lokal texnologiyalar deganda, alohida kompyuterda ishlash
uchun mo‘ljallangan disk yoki lokal tarmoq vositalari yordamida
boshqa kompyuterga uzatish imkoniga egaqilib yaratilgan ilovalar 
tushuniladi.
Internet texnologiya global (Internet) tarmoqlari uchun ilovalarni 
o‘zlari emas, ularning nusxalari foydalanuvchiga maxsus dasturlarning 
veb sahifalari orqali kirish mumkin bo‘lgan ilovalar yaratishni ko‘zda 
tutadi.
Lokal gipermatnli ilovalarni yaratish uchun hozirgi kunda
ko‘pgina dasturlar ishlab chiqilgan. Masalan, HelpWrirer Windows
boshqaruvida ishlaydigan konstruktor. Windows uchun mo‘ljallangan
MS Access dasturi.
Elektron o‘quv nashrlar yaratish jarayoni ta’lim borasida oliy o‘quv
yurti faoliyatining etakchi yo‘nalishiga aylanib bormoqda. Elektron
o‘quv nashrlarini (EO‘N) yaratish murakkab didaktik talablarni o‘z
ichiga oladi, lekin hozirgi zamonaviy axborot texnologiyalari bu
muammoni hal qilishda keng imkoniyatlar yaratib beradi. Bunda 
quyidagi talablarga e’tibor qaratish lozim:

kursning bo‘limlar birligida namoyish qilinishi;

mundarija bo‘limlariga to‘liq ruxsat etilishi;

turli ko‘rinishdagi ma’lumotlardan foydalanish;

o‘quv materialining o‘rganuvchi xususiyatlari yuzasidan moslashuv-
chanligi.
EO‘N ni yaratishda turli darajadagi o‘rganuvchilar uchun
individual ta’lim xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bunda qanday 
ma’lumot tasvirlanayapti, qanday qilib, qanaqa ketma-ketlikda, qaysi
o‘qitish uslubiyati qo‘llanilmoqda – bularning hammasi ma’lum o‘quv
jarayonining individual chizgilari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda


207 
masofaviy o‘qitishda keng ko‘lamdagi elektron o‘qitish tizimlari
mavjud bo‘lib, ularga misol sifatida VLE (o‘qitishning virtual
vositalari-Virtual Learing Environment), V2K- Bridge to Knowledge,
WebCT, Learning Space, OpenClass, KADIS va Prometey tizimlari va
boshqa shu kabi o‘quv jarayonining asosiy
vazifalarini avtomatlashtiruvchi tizimlarni keltirish mumkin.
Zamonaviy adabiyotlar va ta’lim tizimidagi mavjud me’yoriy
xujjatlarga asoslanib, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan EO‘N larni 
qo‘llanilish maqsadiga ko‘ra quyidagi belgilariga asoslanib guruhlarga
ajratish mumkin: tuzilishiga ko‘ra, funksional vazifasiga ko‘ra, matnni
tashkil qilishiga ko‘ra, ma’lumotni tasvirlash xarakteriga ko‘ra, 
ma’lumotni ifodalash shakliga ko‘ra, maqsadga yo‘naltiril-ganligiga ko‘ra,
tarqatilish texnologiyasiga ko‘ra, foydalanuvchi va elektron vosita
orasidagi bog‘liqlik xarakteriga ko‘ra va hokazo. EO‘N lar
moslashuvchanligini oshirishda uning ko‘p darajaliligi ham yuqori
samara beradi. Ko‘p darajali EO‘N lar o‘quv materialini ko‘rib
chiqishning bir nechta yo‘llarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi, ya’ni turli 
qiyinlik darajalaridan iborat bo‘lishi mumkin. Bunda har bir daraja 
modullarga ajratilib, har bir moduldagi yangi ma’lumot oldingi
ma’lumotlar bilan nazariy bog‘langan bo‘lishi lozim. EO‘N ning har
bir moduli test topshirig‘i ko‘rinishidagi nazorat savollarini echish 
bilan tugallanishi mumkin. Bu tuzilishni
biz quyidagicha tasvirlaymiz:
Shu o‘rinda biz uch darajadagi moslashuvchanlik xususiyatiga
ega bo‘lgan EO‘N larni yaratishni keltirib o‘tmoqchimiz.
Birinchi darajada o‘quv materiali bo‘limlari oddiy HTML tilida,
oq-qora rangda ikki o‘lchamli tasvirlardan iborat, oddiy chizmalardan
foydalanilgan holda tasvirlanishi mumkin.
Ikkinchi darajada o‘quv materiali bo‘limlari HTML, Java, JavaScript 
ilovalari, 2-D, 3-D va rangli tasvirlar, bo‘limlarning bir-biri bilan
o‘zaro bog‘liklik holida keltirilishi mumkin.
Uchinchi darajada o‘quv materiali har bir bo‘limda HTML, Java, 
JavaScript ilovalari, 2-D, 3-D va rangli tasvirlar va matnlardan
tashqari, ovozli, video, namoyishli tarzda va albatta testlash dasturi bilan 
birga keltiriladi.


208 
Yuqorida sanab o‘tilgan uch xil darajali EO‘N larni yaratish
o‘quvchi bilim salohiyatini oshishi, masofaviy o‘qitishda bilimni
o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va darslikning o‘quvchiga bo‘lgan
moslashuvchanlik darajasini yuqoriga ko‘tarilishiga olib keladi.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin