Sinergetika – fanning har xil shoxlari ichki sohalarini birlashtiruvchi
fanlararo yo’nalish. Boshqacha nomi- noto’g’ri chiziqli dinamika.
Sinergizm (grek. cynergio – hamkorlik, hamjamiyat)- ish amaliyotidagi
umumiy natija ushbu natijaga kiruvchi alohida samaralar summasidan oshib
ketuvchi hodisa.
Stsenariy (ital. scenario)- syujet chizmasi, ya’ni nimanidir amalga
oshirishning oldindan tayyorlangan rejasi.
Soliqli rejalashtirish - bu xo’jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan soliq
to’lovlarini amaldagi qonunchilik qoidalarini buzmasdan uzoq muddatga
kamaytirishga ko’maklashuvchi xo’jalik jarayonini tashkil qilish va boshqarish va
xo’jalik yuritishning tashqi huquqiy shakllarini tanlash usuli.
Taksomaniya (grek. taxic tartib bo’yicha joylashish+ monos -qonun)- odatda
ierarxik qurilishga ega haqiqatni murakkab tashkil qilingan sohalarini tasniflash
va tizimlashtirish, u birgalikda bo’ysunuvchi guruhlar va kategoriyalarning o’zaro
munosabatini tadqiqot qiladi.
Teleologik (grek. telos (teleos)- maqsad) yondoshish- ilmiy-texnik va
moliyaviy riyojlanish jarayonlari tashqi rag’batlar (ehtiyojlar, zaruratlar,
mo’ljallar, maqsadlar)ga javob qaytarilish sifatida izohlanadigan nuqtai nazar.
Texnologik inkubator (lot. Inkubare jo’jalarni ochib chiqarish) -korxona
(bo’lim, laboratoriya)ning ilg’or texnologiyalarni ishlab chiqish bilan
shug’ullanuvchi tarkibiy bo’linmasi.
Tranzitli (lot. transitis- o’tish) iqtisodiyot - o’tish davri iqtisodiyoti.
Tranizmlar (grek. tropos)- qaytarish, yo’nalish.
Tanlov – o’yinning partiyada haqiqatdan ham tanlangan variantini
bildiruvchi elementi.
To’g’ri chiziqli bo’lmagan dinamika – sinergetikaning xuddi o’zi.
Tahliliy model’ – fundamental qonunlar va tamoyillar asosida operatiy
natijalarni oldindan aytib berishga imkon beruvchi model