Qisqacha xulosalar: Innovatsion faoliyat faqat moliyalashtirishning riyojlangan tizimidagi
riyojlanishi mumkin. Bozor turidagi iqtisodiyotda mustaqil korxonalar, sanoat
kompaniyalari, moliya sanoat guruhlari, kichik innovatsion biznes, investitsion va
innovatsion fondlar, mahalliy boshqaruv idoralari, xususiy shaxslar va h.k.
moliyalashtirishning sub’yektlari bo’ladilar.
Ta’sischilar va ularning sheriklarining nufuzli tarkibi, loyihaning malakali
tahlili, omilkorana tuzilgan texnik- iqtisodiy asoslanishi, loyiha tadbirlarini bank
bilan oldindan muvofiqlashtirish, loyihani yetarlicha kapitallashtirish, unig texnik-
texnologik amalga oshira olish va yuqori foydalanish xususiyatlari loyhaviy
moliyalashtirishni tashkil qilishga asosiy talablar bo’ladilar.
Mavzuni mustaqil o’zlashtirish uchun savollar: 1.
Moliyaviy resurslarning qanday turlari riyojlangan mamlakatlarda
kengroq tarqalgan?
2.
Bozor iqtisodiyotidagi moliyalashtirish sub’yektlarini aytib bering.
3.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimi nima? Innovatsion
faoliyatni byudjetdan moliyalashtirish haqida gapirib bering. Innovatsion bozorni
moliyaviy ta’minlashini ta’riflang.
4.
Investitsion bozorning tarkibi va tuzilishini tasvirlang.
5.
Korxonadagi infestitsion resurslarning manbalarini ta’riflang.
6.
Venchurli moliyalashtirish innovatsion faoliyatni moliyalashtirishda
qanday rol o’ynaydi?
7.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning asosiy tashkiliy shakllarini
ta’riflab bering.
8.
Xorijdagi venchurli biznesning alohida rolini ta’riflang.
9.
Investitsiyalarni moliyalashtirishda innofatsion fondlar va innovatsion
banklarning roli nimada?
10.
Venchurli portfel nima?
11.
Investitsiyalarni moliyalashtirishda taraqqiyot banklarining roli (ayniqsa
Yaponiyada) qanday?
12.
Firmalararo assotsiatsiyalar shakllarining qanday istiqbollari va ularni
moliyalashtirish xususiyatlarini bilasizmi?
13.
Venchurli boshqaruvchining vazifalari qanday?
14.
Innovatsion loyihalarni loyihaviy moliyalashtirishning xususiyatlarini
sanab bering.
15.
Venchurli moliyalashtirishning loyihaviydan farqi nimadan iborat?