Transpozisiyalanuvchi cholg‘ular – kuy ijro etilganida nota
yozuvida yozilganiga ko‘ra past yoki baland tovush bilan yangraydigan
cholg‘ular. Masalan, qashqar rubobi, afg‘on rubobi yangrashiga
nisbatan bir oktava yuqori yoziladi. Nay pikkolo esa yangrashiga
nisbatan bir oktava past yoziladi.
Unison (it. unisono – bir xil sado) – bir xil balandlikdagi ikki
(yoki bir necha) tovushning bir vaqtda yangrashi.
Xromatizm (yun.
Chroma
-rang)
– diatonik laddagi
pog‘onalarning yarim tondan o‘zgarishi. Ular alterasiya belgilari –
diyez yoki bemol bilan ko‘rsatiladi. Xromatik yarim ton bir
pog‘onadagi ikki turli tovushdan tuziladi. Masalan, «do» va «do-
diyez».
Xromatik gamma – kuyning yarim tonlar bo‘yicha baland-pastga
izchil harakati. To‘liq xromatik gamma 12 tovush (yarim ton)dan
iborat. Gammadagi xromatik va diatonik yarim tonlarni tartibli
almashinib kelishi lad tuzilishi (major va minor) va harakat yo‘nalishi
(yuqorilanishi yoki pasayishi)ga bog‘liq. Xromatik gamma diatonik
gammadagi butun ton pog‘onalarini ko‘tarish yoki pasaytirish yo‘li
bilan to‘ldiriladi.
Ad libitum – xoxishga ko‘ra, istalgancha
A2, A3 – ikkala, uchchala (cholg‘u)
Archi – torli cholg‘ular guruhining belgilanishi
Arco – kamon
Arpa – arfa
Attacca – keyingi asarni tanaffussiz chalish
Bachetta – tayoqcha (zarbli cholg‘ularda chalish uchun)
Bassklarinette (nemischa) – bas-klarnet
Basso, bassi – bas, baslar; kontrabas
Batterie (fransuzcha) – zarbli cholg‘ular guruhining belgilanishi
Becken (nemischa) – tarelkalar
Bratsche (nemischa) – alt
Campana – qo‘ng‘iroq