Qarshiliklarni o’lchash. O’zgarmas tok zanjiridagiqarshiliklarni ikki usul bilan o’lchash mumkin: ulardan biri qarshilikni bevosita o’lchaydigan asbob – ommetr bo’lsa , ikki nchisi –voltmetr va ampermetrdan foydalanib o’lchash.
Ommetr – magnitoelektrik sistemasidagi elektr o’lchash asbobidir. Asbob o’natilgan qutichaning ichiga u bilan ketma –ket ulangan o’zgarmas tok manbai (masalan, kichik batareya ) joylashtirilgan bo’ladi. Endi o’lchanadigan qarshilikni shu zanjirga ketma – ket ulasak, yopiq elektr zanjiri hosil bo’ladi va ommetr hamda qarshilik orqali tok o’tadi.
Zanjirdagi tok kuchi o’lchanadigan qarshilikning kattaligiga bog’liq emas. Qarshilik kichik bo’lsa zanjir orqali kuchli tok , qarshilik katta bo’lsa kuchsiz tok o’tadi.Tokning kuchiga qarab ommetr strelkasi siljiydi va tegishli vaziyatni oladi. Ommetrning shkalasi om hisobida qarshilik bevosita ko’rsatadigan qilib graduirovka qilingan bo’ladi. Zanjir uzub qo’yilsa zanjir orqali tok o’tishi to’xtaydi va ommetrning strelkasi cheksizlikni ko’rsatadi. Zanjirning qarshilik ulangan klemmelarini bir biriga bevosita ulansa, ya’ni zanjir qisqa tutashtirilsa, qarshilik nolga teng bo’ladi. Shuning uchun ommetrning strelkasi nolni ko’rsatadi.
5- Mavzu: Quvvatni o’luchash. Sarflangan energiya miqdorini o’lchaydigan asbob elektr energiya schyotchigi yoki o’isqacha schyotchik deb ataladi. Schyotchikning oynalari orasidagi raqamlar sarflangan energiya mig’dorini ifodalaydi. Ba’zi schyotchiklarda gektovatt–soat degan yozuv bo’ladi. Bunday schyotchiklar sarflanayotgan energiya miqdorini gektovatt-soat bilan hisoblaydi. Bu schyotchikning oynachalariorasidagi raqamlar sarflangan energiyani necha gektovatt-soat ekanligini ko’rsatadi. Ko’pincha schyotchiklarda «kilovatt-soat» degan yozuv bo’ladi. Bunday schyotchiklar sarflanayotgan energiya miqdorini kilovatt – soat bilan hisoblaydi.
Bir fazali tok zanjiriga ulanadigan schyotchiklarning vattmetr kabi to’rtta klemmasi bor. Bulardan ikkitasi tok klemmasi va qolgan ikkitasi kuchlanish klemmasi deb ataladi. Schyotchik tok zanjiriga vattmetr kabi ulanadi.
Bir fazali tok energiyasi bir fazali induksion sistemasidagi schyotchik bilan ulanadi. Uch fazali tok zanjiridagi energiya zanjirining xususiyatiga qarab, bir hil usulda ulanadi. Fazada nagruzkalari bir xil bo’lgan to’rt simli sistemadagi inergiyaning miqdorini o’lchash uchun induksion sistemadagi schyotchikdan foydalanish mumkin. Bu holda schyotchik bita faza orqali sarflangan energiya mqdorini o’lchaydi. Uchala faza orqali sarflangan energiyaning umumiy miqdorni bilish uchun schyotchik hisoblagan energiya miqdorini uchga ko’paytirish kerak.
Faza yuklamalari xar xil bo’lgan uch fazali tokzanjiridagi uchta alohida schyotchik 1ki bita uch fazali schyotchik bilan ulchanadi. Aksari uch fazali schyotchik bir korpusga joylashgan bir fazali uchta schyotchikdan iborat bo’ladi.