Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati:
kurs ishida keltirilgan
ma’lumotlardan kitoblar, maqolalar, tezislar yozishda foydalanish mumkin.
Berilgan takliflardan xo‘jalik yurutuvchi subektlar foydalansa, korxonaning
kelgusida Tovar harakati faoliyati tartibga solinadi.
9
Kurs ishining predmeti va obekti:
kurs ishining predmeti bo‘lib korxonada
tovar harakati va hisobini o‘rganish, obekti esa masuliyati cheklangan
“SURXON
DORI-DARMON” MCHJ
qo‘shma korxonasi hisoblanadi.
Kurs ishining tarkibi:
kurs ishi kirish qismi 2 ta bob, xulosa va takliflar,
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati va korxona ma’lumotlari asosida tayyorlangan
ilovalar keltirilgan.
10
I-BOB.TOVAR MODDIY BOYLIKLAR INVENTARIZATSIYASINING MOHIYATI,
AHAMIYATI VA VAZIFALARI
1.1.Tovar moddiy zaxiralarining mohiyati, turkumlanishi va ularning korxona
xo’jalik faoliyatidagi roli.
Hozirgi kunda turli mulkchilik shakllangan asosiy korxonalarda asosiy
e'tiborni ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, mehnat unumdorligini oshirish,
korxonalarning rentabellik darajasini oshirish, tannarxni pasaytirish hamda
pirovardida yalpi daromad, sof tushum hamda sof foydani ko'paytirishga
qaratilgandir.
Hozirgi kunda kelib korxonalarda asosiy xarajatlar qismining oshishi,
xarajatlarning oshishi esa korxonalarning moliyaviy natijalariga salbiy ta'sir
ko'rsatmoqda.
Bizning vazifamiz ushbu yoziladigan bitiruv malakaviy ish orqali xo'jalik
yurituvchi sub'ektlarning xarajatlar qismida tovar-moddiy zaxiralarining tutgan
o'rni, tannarxga ta'siri, ulardan qay darajada foydalanishni tahlil qilib pirovardida
o'zimizning xulosa va takliflarni berishdan iborat.
11
Tovar-moddiy zaxiralarning ishlatilishi, ishlab chiqarish jarayonida yangi
mahsulotga o'tkazilib yuborilishi, ularning harakatini hisobda to'g'ri aks
ettirishimiz zarur.
Hozirgi kunga kelib tovar-moddiy zaxiralarining xo'jalik yurituvchi
sub'ektlarda oborot mablag'lari guruhida hisobga olib boriladi. Bularning aksi
buxgalteriya balansi aktiv tomonida yuritiladi.
Tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish korxonalarda xarajatlar qismini
asosini tashkil qiladi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tovar-moddiy zaxiralar holatini
tahlil etganda quyidagi ko'rinishdagi sxemalarda baho berish mumkin.
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar amaliyotida tovar-moddiy zaxiralarning uch
turi mavjud (1-chizma).
12
Tovar-moddiy zaxiralar iqtisodiy kategoriya sifatida ilmiy-uslubiy va
me'yoriy manbalarda turlicha ta'riflangan. Jumladan, 4-sonli "Tovar-moddiy
zaxiralar" nomli BHMSga muvofiq: "tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish
maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish
jarayonida mavjud bo'lgan, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni
bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va me'yoriy
manbalarda turlicha ta'riflangan. Jumladan, 4-sonli "Tovar-moddiy zaxiralar"
nomli BHMSga muvofiq: "tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida
normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida
mavjud bo'lgan, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki
xizmatlar ko'rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni
amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar"
1
.
1
O'zbekiston Respublikasining Buxgalteriya Hisobi Milliy standartlari O'zBAMA nashriyot-axborot
markazi, - Toshkent, 2007. - 198 b
|