19
8.
tovar-moddiy zaxiralarining butligini ta'minlash, buning uchun ularni
belgilangan muddatlarda qayta ro'yxatdan o'tkazish (inventarizatsiya
qilish), uning natijalarini to'g'ri aniqlash va hisobga olish;
9.
mavjud tovar-moddiy zaxiralaridan unumli foydalanish, buning uchun
omborlarda me'yoridan ortiq zaxiralarni saqlamaslik, ularni qo'shimcha
nobudgarchiliklariga yo'l qo'ymaslik, keraksiz
materiallarni sotish va
uning natijalarini to'g'ri hisobga olish;
10.
tovar-moddiy zaxiralarini asosli ravishda qayta baholash va uning
natijalarini hisobda to'g'ri aks ettirish;
11.
arzon baholi buyumlarning eskirishini to'g'ri hisoblash, to'liq eskirgan
buyumlarni o'z vaqtida hisobdan chiqarish, ularni balans
qiymatini
hisobotda to'g'ri
aks ettirish;
12.
moddiy-texnika ta'minoti rejasining bajarilishi ustidan nazorat olib
borish;
13.
materiallarning ishlab chiqarishga to'g'ri berilishi va ularni sarflash
me'yoriga rioya qilish ustidan nazorat olib borish;
14.
mahsulot tannarxini hisoblashda sarflangan tmzlarni kalkulyasiya
ob'ektlarida to'g'ri taqsimlash.
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning xo'jalik
mulkiga egalik qilish,
ishlab
chiqariladigan mahsulotlariga qarab tovar-moddiy
zaxiralarini quyidagi
guruhlarga bo'lish mumkin:
1.
xom-ashyo
va asosiy materiallar;
2.
yordamchi materiallar;
20
3.
yoqilg'i
ehtiyot qismlar;
4.
idish va idish materiallari;
5.
sotib olingan tayyor
mahsulotlar;
6.
qaytariladigan ishlab chiqarish chiqindilari;
7.
boshqa materiallar.
Tovar-moddiy zaxiralarini holatini o'rganishda hisobni yuritilishiga alohida
e'tibor berish kerak. Qabul qilingan "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonun,
"Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida" Nizom hamda
buxgalteriya hisobida qabul qilingan xalqaro va milliy standartlarda tovar-
moddiy zaxiralariga bo'lgan savollar o'z yechimini topgan.
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar amaliyotida tovar-moddiy zaxiralarning
quyidagi guruhlari mavjud (4-chizma).