14
Tovar-moddiy zaxiralar 4-sonli "Tovar-moddiy zaxiralar"
nomli BHMSga
muvofiq tashkilotlarda quyidagilar ko'rinishida bo'lishi mumkin:
1.
mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar
ko'rsatish, ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish, ma'muriy ehtiyojlar va
boshqa maqsadlar uchun mo'ljallangan xom ashyo
va materiallar, xarid
qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg'i, idish
va idishbop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va xo'jalik anjomlari,
boshqa materiallar
zaxiralari;
2.
boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi
hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan
yaroqsiz qilingan (boquvga qo'yilmasdan) katta yoshdagi qoramollar, sotish
uchun chetdan qabul qilingan qoramollar;
v) detallar, uzellar, buyumlarning tugallanmagan ishlov berilishi va yiqilishi
hamda tugallanmagan texnologik jarayonlar ko'rinishida tugallanmagan ishlab
chiqarish. Ishlarni bajaradigan va xizmatlar ko'rsatadigan tashkilotlarda
tugallanmagan ishlab chiqarish ular bo'yicha qabul qilish-topshirish hujjatlari
rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tegishli daromad tan olinmagan
tugallanmagan ishlar (xizmatlar)ni bajarishga doir
xarajatlardan tashkil topadi; g)
tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot (ishlab chiqarish siklining pirovard
natijasi - sotish uchun mo'ljallangan va qonun hujjatlari bilan belgilangan hollarda
shartnomada yoki boshqa hujjatlarning talablarida nazarda tutilgan texnik va sifat
tavsiflariga muvofiq keladigan ishlov berilishi (butlanishi) tugallangan aktiv);
d) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan xarid qilingan (olingan) va
tashkilotning odatdagi faoliyati davomida qo'shimcha ishlov berishsiz sotish yoki
qayta sotish uchun mo'ljallangan tovarlar. Bunda uzoq muddatli aktivlar ob'ektlari
(binolar, inshootlar, transport vositalari, mulkiy (mutlaq) huquqlar va boshqalar)
15
keyinchalik sotish yoki qayta sotish maqsadida xarid qilingan hollarda tovar bo'lib
hisoblanishi mumkin.
"Inventar va xo'jalik anjomlari tarkibiga quyidagi mezonlardan biriga
javob
beradigan aktivlar kiritiladi:"
2
1.
xizmat muddati bir yildan oshmaydigan;
2.
qiymati bir birlik (komplekt) uchun xizmat muddatidan
qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish
paytida) eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda bo'lgan
buyumlar. Tashkilot rahbari hisob siyosatida ularni inventar va xo'jalik
anjomlari tarkibida hisobga olish uchun buyumlar
qiymatining
bundan past chegarasini belgilash huquqiga egadir.
Dostları ilə paylaş: