O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə220/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Gviana yassi tog‘ligi platformaning shimoliy qismidagi ko‘tarilma bo‘lib, u
uncha katta bo‘lmagan Essekibo va yuqori Orinoko sineklizalari bilan uchta 
massivga bo‘lingan. Sharqiy massivda mezozoyda to‘plangan cho‘kindi jinslar
to‘liq yuvilib ketgan. Uning markaziy qismidagi bo‘ylama yoriqlarda vertikal 
ko‘tarilishlar va parchalanishlar yuz berib, baland massivlar va tektonik erozion
cho‘kmalar hosil bo‘lgan. Sharqiy massivning eng baland joyi uning shimoliy 
qismida joylashgan Vilgelmin tog‘idir. U okean sathidan 1281 m baland ko‘tarilib
turibdi. Kristalli qalqonning shimoliy qanoti Gviana pasttekisligining uchlamchi va 
to‘rtlamchi davr yotqiziklari tagida qolib ketgan. Janubiy kanoti Amazoniya
sineklizasi bilan tutashgan. 
Markaziy massivda to‘g‘ri chizikli tektonik yoriqlar va vertikal harakatlar
qalqonning shimoliy qanotini keskin tik ko‘tarilishiga va janubiy qanotini qiya 
bo‘lishiga ta’sir etgan. Ko‘tarilgan joylarida bo‘r davrining qizil rangli
qumtoshlari, konglomeratlari yaxshi saqlangan. Bu qatlamni intruziv jinslar yorib 
o‘tgan. Markaziy massiv Serra-Pakaraima kabi tik yon bag‘rli tizmalardan,
alohida-alohida qoldiqli tog‘ massivlaridan, jumladan Gviana yassi tog‘ligining 
baland nuqtalari bo‘lgan La-Neblina (3014 m), Rorayma (2810 m) tog‘laridan,
peneplenlashgan kristalli platolardan tarkib topgan. 
G‘arbiy massiv plita shaklida bo‘lib, uning kembriygacha bo‘lgan zamini
uchlamchi davrning kontinental yotqiziqlari bilan qoplangan. Balandligi 910 m 
gacha ko‘tarilgan Pardaos massivida bo‘r davrining kutoshlari orollar shaklida
ko‘tarilib turadi. Zinapoyasimon shaklga ega bo‘lgan g‘arbiy plato asta-sekin 
Orinoko va Amazonka sineklizalari tomon pasayib boradi.
Braziliya yassi tog‘ligi. Janubiy Amerika platformasining eng yirik
ko‘tarilmalaridan biri bo‘lgan Braziliya yassi tog‘ligi geostruktura jihatdan bir 
qator antekliza va sineklizalardan tarkib topgan. Bu morfostruktura oblastining
relefini shakllanishida xuddi Gviana yassi tog‘ligidagiga o‘xshash, uzoq davom 
etgan yemirilish, peneplenizatsiya, yotqiziq jinslarni yuvib ketish, yangi
ko‘tarilishlar kabi jarayonlar asosiy rol o‘ynagan. Bundan tashqari Braziliya yassi 
tog‘ligining relefini shakllanishida tektonik yoriqlar, ichki cho‘kmalarni dengiz,
vulkanik va parchalangan materiallar bilan to‘lish jarayoni ham ishtirok etgan. 
Parchalangan jinslarni yuvilib ketishi ko‘pincha yassi tog‘likning ancha ko‘tarilgan
va nam bo‘lgan shimoliy hamda sharqiy rayonlari uchun, materiallarni to‘planishi 
esa markaziy cho‘kma rayonlari uchun harakterli.



Braziliya yassi tog‘ligining Atlantika okeani tomon qaragan sharqiy va


janubi-sharqiy qismida baland ko‘tarilgan uzilmalar sohil bo‘ylab cho‘zilgan 
bo‘lib, ular kuchli parchalangan. Bu uzilmalar balandligi 2000-2800 m keladigan
bir necha tog‘ tizmalarini hosil kiladi. Bular Serra Jeral, Serra-du-Mar, Serra-da-
Mantikeyra, Serra-du-Yespinyasu tizmalari va Borborema platosidir. Tizmalarning
o‘ziga xos cho‘qkilari bo‘lib, shundan Bandeyra okean sathidan 2890 m, Itambe 
2033 m, Igreja 1808 m baland ko‘tarilib turibdi. Bandeyra tog‘i Braziliya yassi
tog‘ligining eng baland nuqtasi hisoblanadi. 
Braziliya yassi tog‘ligining markaziy, g‘arbiy va shimoliy qismlari uning
sharqiy va janubi-sharqiy qismiga nisbatan ancha past. Bu yerda o‘rtacha 
balandligi 500-800 m dan oshmaydigan Serra-Dorada, Serra-du-Ronnador, Serra-
dus-Paresis, Serra-Formoza, Serra-du-Kashimbu kabi tog‘lar va kristall zaminli 
Matu-Grosu platosi joylashgan.
Janubiy Amerika platformasining sinekliza morfostruktura oblastlari 
Orinoko, Amazonka va Markaziy pastteksiliklardan iborat.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin