O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə222/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Markaziy tekisliklar. Paragvay, Parana va Urugvay daryo havzalarida,
Janubiy Amerika platformasining bukilgan qismida, And tog‘lari bilan Braziliya 
yassi tog‘ligi oralig‘ida Markaziy tekisliklar joylashgan. Bu tekislik meridional
ravishda shimoldan janubga qarab katta masofaga cho‘zilgan. Uning 
morfostrukturasi Gran-Chako, Mamore-Boni tekisliklaridan hamda La-Plata
pasttekisligidan tarkib topgan. 
Markaziy tekisliklarning shimoli-g‘arbidagi Gran-Chako tog‘oldi tekisligi
o‘zining relef xususiyatlariga ko‘ra Shimoliy Amerikaning Buyuk tekisliklariga 
o‘xshaydi. Uning yer yuzasi okean sathidan 600-800 m baland ko‘tarilgan, daryo
vodiylari bilan chuqur kesilgan. Yuza qismi tog‘lardan keltirilgan kontinentel 
yotqizikdardan iborat. Janubiy pasaygan qismi to‘rtlamchi davr allyuvial,
flyuvioglyatsial va lyossimon jinslar bilan qoplangan. 
Shimolda Mamore-Paragvay daryolari oralig‘ida joylashgan baland tekislik
platformali zaminning ko‘tarilgan bir kismi bo‘lib, And sturukturasiga yaqin. 
Uning relef shakllari orasida baland nuqtasi 1400 m dan oshadigan balandliklar
uchrab turadi. 
La-Plata pasttekisligi Markaziy tekisliklarning eng pastqam, botqoqlangan
regaoni bo‘lib, u struktura jihatdan Janubiy Amerika platformasiga qarashli 
sineklizaning katta qismi hisoblanadi. Past-tekislik Braziliya yassi tog‘ligi, And
tog‘lari va Pampa Serralarida yemirilgan tog‘ jinslarini daryo suvlari yordamida 
oqizib kelib yotkizishi tufayli hosil bo‘lgan. Keltirilgan kontinental yotqiziqlarning
qalinligi Pampada ming metrdan, boshqa uchastkalarda bir necha ming metrgacha 
boradi. Pampaning janubi-sharqiy qismida qoldiqli tog‘ massivlari - Pampa
Serralari joylashgan bo‘lib, ular Buenos-Ayres Seralari deb ham ataladi. 


Prekordilera va Pampa Serralari. Argentinaning shimoli-g‘arbiy qismida
balandligi 2000 m dan 6000 m. gacha ko‘tarilgan Prekordilera tog‘lari va Pampa 
Serralari platformaning chekka qismida neogendagi vertikal harakatlar natijasida
vujudga kelgan. Ularning hosil bo‘lishida And geosinklinal zonasida sodir bo‘lgan 


alp burmalanishining roli katta. Tog‘ tizmalari oralig‘ida kontinental yotqiziqlar


bilan to‘lgan cho‘kmalar mavjud. Pampa Serralari va Prekordilera deb ataluvchi bu 
tog‘larning bir qismi And tizimi tarkibiga qaraydi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin