Materik iqlimining shakllanishida okeanlar ustida hosil bo‘lgan tropik havo
massalari ham ishtirok etadi. Okeanlar ustidagi tropik antitsiklonlardan hosil
bo‘lgan tropik havo massalari materikka passat shamollari yordamida olib kelinadi.
Bu havo massalari o‘zining xususiyatlariga ko‘ra ekvatorial havo massalariga
ancha o‘xshash. Materikning tropik kengliklarida dengiz havo massalarining
transformatsiyalanish natijasida kontinental havo massasi shakllanadi.
U nisbatan
quruk va haroratining o‘zgarishi fasllarga qarab sezilib turadi. Materikning eng
janubiy qismini iqlimiga mo‘’tadil kenglik havo massalari ta’sir etadi.
Janubiy Amerikaning geografik joylashishi uning hududida fakat
subekvatorial iqlim mintaqasining ikki marta ekvatordan ham shimolda ham
janubda takrorlanishiga imkon beradi. Boshqa iqlim
mintaqalari esa ekvatordan
faqat janubga tomon almashinib boradi. Materikning g‘arbiy qismidagi And tog‘
tizimi uchun balandlik iqlim mintaqalari harakterli.
Materik yer yuzasining tuzilishi atmosfera sirkulyatsiyasiga hamda harorat
va yog‘inlarning notekis taqsimlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, eng ko‘p yog‘ingarchilik g‘arbiy Amazoniyada, Janubiy Chilida va
shimoli-g‘arbiy And tog‘larining g‘arbiy qismida bo‘ladi bu yerlarda yillik yog‘in
miqdori 5000-6000 mm ga yetadi. Hatto shimoli-g‘arbiy And tog‘larining g‘arbiy
qismidagi pasttekisliklarda 7000 mm gacha, Qirg‘oq Kordilerasining g‘arbiy yon
bag‘rida 10000 mm gacha yomg‘ir yog‘adi. Bu regionda yil davomida
yogingarchilik bo‘lmaydigan kunlar sanoqli.
Gviana va Braziliya yassi
tog‘liklarining sharqiy yon bag‘rlarida ham yog‘in juda ko‘p yog‘adi va uning
o‘rtacha yillik miqdori 2000-3000 mm ni tashkil etadi, Patagoniya bilan And
tog‘lari o‘rtasidagi zinapoyasimon platolar kontinental
tropik havo massalari
ta’sirida bo‘lganligi sababli qurg‘oqchil va bu yerga tushadigan yog‘in mikdori
150-250 mm dan oshmaydi. Tinch okeanning And tog‘lariga tutashgan sohilida,
Chilining shimoliy-qismidagi Atakama cho‘lida bir necha yillab muttasil yog‘in
yog‘maydi.
Janubiy Amerikaning katta qismida haroratning yuqori bo‘lishi namlikning
yetarli darajada bo‘lishi o‘simliklarning yil bo‘yi vegetatsiyasini davom etishiga
qulay sharoit yaratib beradi Materikda barcha madaniy tropik o‘simliklarni
yetishtirish va har yili bir necha marta hosil olish uchun qulay sharoit mavjud.
Dostları ilə paylaş: