O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə233/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

O‘simligi 

Janubiy Amerikaning katta qismi flora kompleksiga nihoyatda boy. Buning boisi, 


birinchidan iqlim sharoiti o‘simliklar o‘sishi rivojlanishi uchun qulay bo‘lsa,
ikkinchidan materikning tropik florasi mezozoy erasinng bo‘r davridan boshlab, to 
hozirga qadar uzluksiz taraqqiy etib kelishidadir. Janubiy Amerika o‘simlik
qoplamining harakterli xususiyatlari shundaki, u o‘zining qadimiyligi, turlarining 
xilma-xilligi, reliktligi va endemik turlarga boyligi bilan boshqa materiklarning
o‘simliklaridan ajralib turadi. 
Materik florasining qadimiy va asosiy turlarining rivojlanishi mezozoyda
Gondvana materigi mavjud bo‘lgan paytda boshlangan edi. Bu Neotropik florasi 
bo‘lib Janubiy Amerikaning o‘rta va shimoliy qismlarini egallab olgan. Paleogen
davridan boshlab Gondvananing parchalanishi munosabati bilan materik o‘simlik 
qoplamining rivojlanishi boshqa yirik quruqliklardan ajralgan holda davom etadi.
Materikning eng janubiy qismida miotsenga qadar Janubiy Amerika, florasining 
ikkinchi elementa Antarktika florasi shakllangan. Bu tipdagi flora turlari hozirgi
vaqtda Patagoniyada va Olovli Yerda saqlanib qolgan. 
Janubiy Amerika o‘simliklari beqiyos tabiiy resurslar manbai hisoblanadi.
Bunga sabab uning hududida oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, sanoat xom 
ashyosi va qimmatbaho yog‘och beradigan o‘simlik turlari keng tarqalganligidir.
Materik florasining tarkibidan insoniyatga zarurat bo‘lgan madaniy o‘simliklarning 
bir necha turlari kelib chiqqan. Eng qadimdan mahalliy indeeslar foydalanib kelgan
kartoshka hozirgi kunda Yer yuziga tarqalgan. Kelib chiqishi Janubiy Amerika 
florasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va Yer yuzining barcha tropik o‘lkalarida keng
tarqalgan kauchuk beruvchi giveya, shokolad daraxti, kakao daraxti, xin daraxti, 
qizil daraxtlar sanoat ahamiyatiga ega.
Janubiy Amerika florasi kelib chiqishiga, shakllanish tarixiga ko‘ra va 
o‘simlik turlarining ichki farqlariga ko‘ra ikkita oblastga qaraydi. Materikning
shimoliy katta qismi Neotropik flora oblastiga va 40° j.k. dan janubiy qichik tor 
qismi Antarktika flora oblastiga qaraydi.
Janubiy Amerika Neotropik flora oblastining o‘simlik zonalari o‘zining 
ayrim xususiyatlari bilan Afrika o‘simlik zonalariga bir muncha o‘xshab ketadi.



Biroq ayrim o‘simlik tiplarining va turlarining nisbatida ancha farqlar seziladi.


Afrikada xududiy jihatdan savannalarga va cho‘llarga xos o‘simlik tiplari hukmron 
bo‘lsa, Janubiy Amerikada nam tropik o‘rmonlar asosiy o‘rin egallaydi va Yer
yuzida maydoni va turlariga boyligi jihatidan unga teng keladigan materik yo‘q. 
Xuddi shunday, materikning janubiy florasi bilan Antartika Avestraliya va Yangi
Zelandiya florasi o‘rtasida ham o‘xshashliklar mavjud. Bu o‘z navbatida geologik 
taraqqiyot tarixi davomida ularning Janubiy Amerika bilan o‘zaro aloqada
bo‘lganligidan darak beradi. 
Janubiy Amerikada doimiy yashil nam tropik o‘rmonlar juda keng tarqalgan.
A. Gumboldt bu tipdagi o‘rmonlarni gileya deb atagan. Gileyalar Amazonka 
pasttekisligining qariyb hamma qismini, Orinoko pasttekisligini, Gviana yassi
tog‘ligining katta qismini va Braziliyaning shimoliy qismini qoplar olgan. Nam 
tropik o‘rmonlar g‘arbda Kolumbiya va Ekvador mamlakatlarining Tinch okean
sohillari uchun ham harakterli. Bundan tashqari nam tropik o‘rmonlar Braziliya va 
Gviana yassi tog‘liklarining Atlantika okeani tomon qaragan sharqiy yon
bag‘rlarida ham o‘sadi. Bu yerda tropik o‘rmonlarining o‘sishi yil davomida 
Atlantika okeanidan keladigan passat yomg‘irlarining katta miqdorda yotib turishi
bilan bog‘liq. Braziliya yassi tog‘ligida iqlimning o‘zgarishi tufayli nam tropik 
o‘rmonlar palma o‘rmonlar polosasi bilan, so‘ngra savannalar bilan almashinadi.
Braziliyaning janubidagi savannalarda o‘t o‘simliklar bilan birgalikda siyrak 
hamda mimozalar, kaktuslar, sukkulent daraxtlar va butalar o‘sadi. Braziliyada
savannalar kampos deb atalsa, shimolda Venesuela va Gvianada lyanos deb 
ataladi. Bu yerda baland bo‘yli o‘tlar bilan qoplangan lyanoslarda palmalar ham
uchraydi. 
Braziliya yassi tog‘ligining yil davomida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan
eng janubi-sharqiy qismi subtropik araukariy o‘rmonlari bilan qoplangan. Bu 
o‘rmonlar tagida turli xil butalar o‘sadi. Shulardan biri paragvay choyi butasi
bo‘lib, mahalliy xalqlar undan issiq ichimlik tayyorlashda foydalanadi. Subtropik 
o‘simliklarning ikkinchi tipi dasht yoki pampa o‘t o‘simlik tiplari bo‘lib, ular La-
Plata pasttekisligining 30° j.k. dan janubdagi sharqiy rayonlari uchun harakterli. 
Pampada o‘sadigan boshoqli o‘t o‘simliklar chalov, suli, barodach va boshqalar
Yevrosiyoning mo‘’tadil mintaqasida o‘sadigan boshoqli o‘simliklarga o‘xshaydi. 
Pampadan shimolda va janubda yog‘ingarchilikning kamayishi munosabati bilan
nisbatan namroq pampa o‘simliklari quruq subtropik dasht va chalacho‘l 
o‘simliklari bilan almashinadi.
Janubiy Amerika mo‘’tadil iqlim mintakasining o‘simliklarn Antarktika 
flora oblastiga qarashli bo‘lib, ular bir-biridan keskin farq qiluvchi ikkita tipdan
tarkib toptan. Mo‘’tadil kengliklarning janubi-sharqiy qismidagi kontinental iqlimli 
Patagoniya o‘lkasi uchun quruq dasht va chalacho‘l o‘simliklari harakterli.
Ularning o‘simlik qoplamida kumush rang argentina qo‘ng‘ir boshi kabi 
boshoqlilar, turli xil kserofit butalar, kaktuslar, mimozalar hukmronlik qiladi.
Materikning janubi-g‘arbiy atmosfera yog‘inlari ko‘p yog‘adigan okean-
iqlimli qismi juda qadimiy, relikt va turlarga boy o‘simliklar bilan qoplangan. Bu
yerda o‘sadigan namgarchilikni sevuvchi doimiy yashp subantarktika o‘rmonlari 
ko‘p yarusli va tarkibiga ko‘ra nihoyatda xilma-xil. Subantarktika o‘rmonlari



turlarining boyligi va tanalarining balandligi jihatidan tropik o‘rmonlaridan


qolishmaydi. Bu o‘rmonlarda baland tanali igna bargli daraxtlardan tashqari 
doimiy yashil janub buki, magnoliya kabi keng bargli daraxtlar ham o‘sadi. Pastki
yarusda daraxsimon qirqquloqlar (paporotniklar) va bambuklar keng tarqalgan. 
Igna va keng bargli aralash o‘rmonlar tog‘ yon bag‘rla 2000 m balandlikkacha
ko‘tarilgan. O‘rmonlarda namgarchilikning ko‘pligi tufayli epifit o‘simliklar 
lianalar, moxlar, lishayniklar yaxshi rivojlangan. Bu o‘rmonlarga inson xo‘jalik
faoliyati kam ta’sir etganligi sababli ular hozirga qadar ham o‘zining bokiralik 
holatini yaxshi saqlagan.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin