O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə232/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Ko‘llari 

Materikda Shimoliy Amerikaga nisbatan ko‘llar uncha ko‘p tarqalmagan. 


Biroq, ko‘llar soni kam bo‘lishiga qaramasdan, ular kelib chiqishiga ko‘ra xilma-
xil. Jumladan tektonik, qoldiqli, muzlik, morenali, vulkanik, laguna va kayir 
ko‘llari uchraydi.
Tektonik ko‘llar Markaziy And tog‘laridagi tektonik cho‘kmalarda vujudga 
kelgan. Ular orasida yirik va dunyodagi eng balandda joylashgan Titikaka ko‘li
ajralib turadi. Uning maydoni 8300 km2, balandligi 3812 m va chuqurligi 270 m. 
Undan pastroqda pleystotsen suv havzasining qoldig‘i bo‘lgan Poopo ko‘li bor.
Uning maydoni 3000 km2, balandligi 3690 m va20 chuqurligi 3 m. 
Yog‘ingarchilik mo‘l bo‘lgan paytlarda ko‘lning chuqurligi 20 m gacha boradi.
Materikning shimoliy chekkasida, Karib dengizi sohilida maydoni 20000 
km2 ga teng bo‘lgan Marakaybo laguna ko‘li joylashgan. La-Platadan shimolroqda
esa Lagoa-Mirin, Mangeyra va Patus laguna ko‘llari bor. Patagoniya Andida kelib 
chiqishi muzliklar bilan bog‘liq bo‘lgan morenali ko‘llar bor. Bunga
Patagoniyaning Nauel-Uapi, Buenos-Ayres, San-Martin va Arxentino ko‘llari 
misol bo‘la oladi. And tog‘ tizimining vulkanli rayonlarida vulkanik ko‘llar ko‘p
uchraydi. Bulardan tashqari yirik daryolar vodiylarida, pasttekisliklarda uncha 
katta bo‘lmagan qoldiqli qayir ko‘llari uchraydi. Serras-de-Kordova tog‘i bilan
Parana daryosi oralig‘ida Mar-Chikita ko‘li joylashgan. 
Tuprog‘i 

Janubiy Amerika tuprog‘ining xilma-xilligi va hududiy geografik tarqalishi 


materikning relef, litologik tuzilish va iqlim xususiyatlariga bevosita bog‘liq.



Janubiy Amerikaning sharqiy qismida tuproq qoplami kenglik zonallik bo‘ylab,


g‘arbiy qismida esa balandlik mintaqa bo‘ylab tarqalgan. 
Materikning sharqiy qismida, nam subekvatorial va nam tropik iqlim
mintaqalarida joylashgan pasttekislik va yassi tog‘liklarda qizil, qizg‘ish-jigar 
rang, kizg‘ish-qo‘ng‘ir laterit tuproqlar, daryo qayirlarida allyuvial tuproqlar
yaxshi rivojlangan. Tipik laterit tuproqlar shu iqlim mintaqalarining atmosfera 
yog‘inlari nisbatan kamroq yog‘adigan va: qurg‘oqchil davr uzoqroq davom
etadigan rayonlarida podzollashgan laterit tuproqlarning xillari bilan: avvalo qizil, 
so‘ngra jigar rang-kizil va undan keyin qizg‘ish-qo‘ng‘ir tuproqlar bilan
almashinadi. Lyanos Orinakoning yuqori qismidagi qizil tuproqlar baland bo‘yli 
qalin o‘tlarning chirishi natijasida hosil bo‘lgan organik maddalar ta’sirida
qoramtir tus oladi. 
Braziliya yassi tog‘ligining shimoli-sharqiy qismidagi atmosfera
yog‘inlardam yog‘adigan siyrak o‘rmonli tropik cho‘llarda hosil bo‘lgan qizg‘ish-
jigar rang va kizg‘ish-qo‘ng‘ir laterit tuproqlar nam subekvatorial va nam tropik
iqlim mintaqalaridagi tuproqlardan yupqa qatlamligi, toshloqligi va skletligi bilan 
farq qiladi. Kuchli eroziya va defflyatsiyaga duch kelgan bu tuproqlarning
tarkibida mayda chang zarrachalari juda kam saqlangan. Braziliya yassi 
tog‘ligining baland massivlarida, salqinroq va mo‘’tadil nam iqlim sharoitida tog‘
qizil va sariq tuproqlari hosil bo‘lgan. 
Tropik iqlim mintaqasiga qarashli Gran-Chako tekisligining quruq va baland
g‘arbiy qismida qizg‘ish qo‘ng‘ir tuproqlar uchraydi. Bu mintaqaning daryo 
oralig‘idagi tekis joylarda laterit tuproqlarning qizil rangli va bo‘z jigar rang tiplari
tarqalgan.
Janubiy Amerikaning katta qismini egallab yotgan pasttekisliklarda, ayniqsa
yer osti suvlarining yer yuzasiga yaqin yotgan joylarda, daryo suvlari sekin 
oqadigan pastqam maydonlarda botqoqliklar va btqoq tuproqlar keng tarqalgan.
Ular materikning shimolida Orinako daryosining irmoqlari bo‘lgan Arauka va 
Meta daryolari oralig‘ida, Paragvay daryosining yuqori oqimidagi cho‘kmada va
undan janubda Paragvay-Parana hamda Parana-Urugvay daryolari oralig‘ida, And 
tog‘larining sharqiy yon bag‘ri tog‘ etaklarida, Serras-de-Kordova tog‘lari va
Parana daryosi oralig‘ida uchraydi. 
Subtropik mintaqasidagi Parana qiyalik platosining shimoliy qismi va
Braziliya janubiy qismini egallab olgan o‘rmonsiz o‘t o‘simliklari tipik savannalar 
bo‘lib kompos deb ataladi. Kamposlar bilan qoplangan bu yerlarda qizg‘ish-qora
subtropik tuproqlari rivojlangan. Subtropik iqlim mintaqasining 30° j.k. dan 
janubda joylashgan chalacho‘lda kseromorfik harakterga ega bo‘lgan siyrak
o‘simliklar tagida cho‘l bo‘z tuprog‘i hosil bo‘lgan. Bu tuproqlar ayrim 
uchaskalarda kisman sho‘rlangan. Sharqqa borgan sari atmosfera yog‘inlarining
orta borishi bilan chalacho‘l landshaftlari bo‘z jigar rang tuproqli quruq subtropik 
dashtlar bilan almashinadi.
Pamnaning sharqiy pastlik va nam qismlari unumdor qora va o‘tloq 
tuproqlar qadim davrda ko‘p yillik boshoqli va ikki pallali turli xil o‘tlar bilan
qoplangan bo‘lgan. Bu tipdagi subtropik dashtlar "pampa" deb atalib, uning 
g‘arbiy qismi to‘liq haydalgan, sharqiy qismi esa kuchli degradatsiyalashgan.



Materikning janubiy tor qismida, Patagoniya o‘lkasida, subtropi


chalacho‘llar mo‘’tadil chalacho‘llar bilan almashinadi. Patagoniyanin janubi-
g‘arbiy qismida namgarchilik miqdorining orta borishi natijasid kashtan tuproqlari
vujudga keladi. 
Janubiy Amerikaning tipik cho‘l tuproqlari Tinch okean sohilinig 5° va 28°
j.k. lar oralig‘ida joylashgan. Bu polosada yalong‘och qum uyumlar ham uchraydi. 
Materikning quruq iqlimli rayonlarida sho‘r tuproqlar ham bor. Lekin ularning
geografik tarqalishi boshqa tuproq tiplari bor bir muncha chegaralangan. Sho‘r 
tuproqlar tipiga Atakama cho‘lini Puna pastqamligida joylashgan va maydoni
10000 km2 ga teng bo‘lgan Uyuni sho‘rxogi, Kordilera oldi balandligidagi quruq 
botiqlarning biri hosil bo‘lgan maydoni 8500 km2 keladigan Salinas-Grandes
sho‘rxogi mis bo‘la oladi. 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin