cho‘chqalari yashaydi. Baliqlarning 2000 turi bor. Ularning ko‘pchiligi ov
qilinadigan baliqlardir, bular orasida uzunligi 4 m ga yetadigan piraruka baliga
mavjud. Daryoda yirtqich baliqlar ham yashaydi. Jumladan piranya ana shunday
baliq turiga kiradi. Uzunligi 5 m keladigan timsohlar bor.
Parana daryosi uzunligi (4700 km) va havzasining maydoniga ko‘ra (4700
ming km2) Janubiy Amerika daryolari o‘rtasida
Amazonkadan keyin ikkinchi
o‘rinda turadi. U materikning janubi-sharqiy qismida joylashgan, And tog‘laridan
va Braziliya yassi tog‘ligidan boshlanadi. Sharqqa Atlantika okeanining ulkan La-
Plata estuariy-qo‘ltig‘iga quyiladi. Estuariyning uzunligi 320 km ni va eng keng
joyi 220 k.m ni tashkil etadi. O‘rtacha yillik suv sarfi 14880 m3/sek. ga teng.
Parana daryosining suv rejimi juda murakkab, unda ayniqsa fasliy farqlar
yaqqol aks etgan. U asosan yog‘inlardan to‘yinadi. Daryoning to‘yinishida
pasttekisliklardagi botqoqliklarning ham roli katta. Nam ekvatorial havo va
yomg‘irlar fasli kelishi bilan
Paranada toshqin boshlanadi, katta-katta tekisliklar
suv ostida qoladi. Keng maydonlarda botqoqliklar hosil bo‘ladi. Toshqinlar paytida
maksimal suv sarfi 30600 m3/sek. gacha yotgan. Qurg‘oqchil davrga kelib daryo
suvi ancha kamayadi va sayozlanib qoladi. Qurg‘oqchil paytlarda minimal suv
sarfi 6800 m3/sek. gacha kamaygan.
And tog‘lari va Braziliya yassi tog‘ligidan oqib tushadigan Parana
irmoqlarida ostona toshlar va sharsharalar juda ko‘p. Ana shunday sharsharalardan
biri Iguasu sharsharasi dunyoga mashhur. Uning balandligi. 80 m bo‘lib kuchli
gumburlagan ovozi 20-25 km dan eshitiladi. Bu yerda daryo 300
ta oqimga
bo‘lingan. Har qaysi oqim bir-biridan qalin o‘simlik qoplangan qoyali orollar bilan
ajralib turadi. Bu sharshara Yor yuzidaga eng ajoyib manzarali sharsharalardan biri
hisoblanad. Eng yirik sharsharalardan yana biri Seti-Kedas (Guayra)
sharsharasidir. Uning balandligi 114 m.
Orinoko daryosi materikning shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, kattaligi
jihatdan Amazonka va Parana daryolaridan keyin uchinchi o‘rinda turadi. U
Shimoliy And va Gviana yassi tog‘ligidan boshlanib, Atlantika okeaniga quyiladi.
Orinoko daryosining uzunligi 2730 km, havzasining maydoni 1086 mshi.km2.
O‘rtacha yillik suv sarfi 14000 m3/sek. Uning oqim rejimida ham Paranaga
o‘xshash fasliy farqlar ko‘zga aniq tashlanadi. Bu daryo mavsumiy yog‘inlardan
to‘yinganligi sababli uning suv sarfi yil davomida keskin o‘zgarib turadi. Kuchli
suv toshqinlari paytida suv sarfi 25000 m3/sek. gacha ko‘paygan, kam suvli
paytida suv sarfi 7000 m3/sek. gacha kamaygan. Orinoko daryosi Apure, Arauka,
Meta, Guavyare yirik irmoqlardan tashkil topgan.
Janubiy Amerikaning boshqa daryolariga o‘xshash
Orinoko daryosida ham
ostona toshlar, sharsharalar ko‘p uchraydi. Daryoning Gviana yassi tog‘ligidan
oqib tushuvchi irmoqlaridan biri Churun daryosida Yer yuzida eng baland
sharshara hisoblangan Anxel sharsharasi bor. Uning balandligi 1054 m ga teng. Bu
sharshara venesuelalik uchuvchi D.Anxel tomonidan 1935 yilda kashf etilgan.
Orinoko daryosi Amazonka va Parana daryolaridan farq qilib, okeanga
quyilish joyida juda katta delta hosil qiladi. Deltaning maydoni 18000 km2. U
Barrankas rayonidan boshlanib okeangacha 200 km masofaga cho‘zilgan. Kengligi
okean bilan tutashgan joyda 300 km ni tashkil etadi. Delta qismida daryo 36 ta
tarmoqqa bo‘lingan. Shulardan eng kattasi Boka-Grande tarmog‘i bo‘lib, uning
kengligi 15-20 km gacha boradi. Daryo har yili 45 mln. t loyqa oqizib keladi.
Deltada botqoqliklar yaxshi rivojlangan. Uning katta qismi mantra butazorlari va
nam tropik o‘rmonlar bilan qoplangan.
Bulardan tashqari Braziliya yassi tog‘ligidan
boshlanuvchi Urugvay, San-
Fransisku, Tokantins daryolari va Shimoliy Andsan boshlanuvchi Magdalena
daryosi ham asosan atmosfera yog‘inlaridan to‘yinib, o‘z suvini Atlantika okeani
havzasiga quyadi. Materikning janubiy kismidash daryolar Rio-Kolorado, Rio-
Negro, Chubut, Rio-Chika va boshqalar Chili-Argentina va Patagoniya Andidan
boshlanib, Patagoniya yassi tog‘ligini kesib o‘tadi va Atlantika okeani havzasiga
quyiladi. Bu daryolar tog‘lardagi qor va muzliklardan to‘yinadi.
Janubiy Amerika daryolari aholi hayotida juda katta rol o‘|naydi. Tekisliqda
oquvchi daryolar kemalar qatnovi uchun juda qulay. Hatto Amazonka o‘zanining
chuqur bo‘lganligi sababli (o‘rtacha chuqurligi 70 m gacha boradi) okean kemalari
daryoning yuqori oqimiga qarab 1700 km ga,
Manaus shahrigacha, kichikroq
kemalar 3680 km ga, Ikitos shahrigacha bemalol suzib bora oladi. Ko‘pchilik
daryolarda elektr stansiyalari qurilgan. Qurg‘oqchil o‘lkalarda daryo suvlaridan
yerlarni sug‘orishda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: