okeani havzasiga quyilddi, Bu Tinch okean havzasiga quyiladigan daryolar suviga
nisbatan 12 hissa ko‘pdir. Materikning 5,5% maydoni ichki berk oqim havzasiga
qaraydi. Berk havzaga Gran-Chago tekisligining janubiy qismi va Markaziy
Andning ichki yassi tog‘liklari kiradi.
Janubiy Amerika yirik va sersuv daryolar tizimiga boy.
Uning hududidan
to‘lib oqadigan Amazonka, Parana, Orinoko daryolari faqat materikninggina emas,
balki Yer kurasining yirik daryolari qatoriga kiradi. Shuning uchun ham Yer
yuzidagi daryolar umumiy suv oqimining 20% i (7450 km3/yil) Janubiy Amerika
daryolariga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: